Milliy manfaatlar -
|
Millatga, milliy davlatga moddiy, ma’naviy, ruhiy va jismoniy foyda, naf keltiruvchi omillar.
|
Milliy ong -
|
Bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning bevosita ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi.
|
Milliy ruhiyat –
|
Millatning ichki holati, kechinmalari, his – tuyg‘ulari, ma’naviy dunyosi, o‘y – fikrlari, maqsad va malakalari hamda kayfiyatlari bilan bog‘liq mulohazalar majmui.
|
Milliy qadriyatlar –
|
Millatning g‘oyalari, qadriyatlari, e’tiqodlari, ma’naviy turmush tarzi, orzu-istaklari, kelajak maqsadini ifoda etadigan urf odatlar majmui.
|
Milliy ruhiyat –
|
Millatning ichki holati, his – tuyg‘ulari, ma’naviy dunyosi, o‘y – fikrlari, maqsad va maslaklari hamda kayfiyatlari bilan bog‘liq mulohazalar majmui.
|
Milliy til –
|
Kishilarning tarixan tashkil topgan barqaror birligi – millatning, elatning umumiy tili. O‘zaro fikr almashish, muloqot vositasi.
|
Milliy g‘urur -
|
Har bir millatning o‘z – o‘zini anglashi natijasida sodir bo‘ladigan ichki ruhiy kayfiyati. Milliy g‘urur mustahkam bo‘lsa, millat vakillari orasidagi birlik ham kuchli bo‘ladi.
|
Mimika -
|
O‘z fikri kayfiyati, sezgisini yuz muskullari harakati orqali aks ettirish san’ati.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |