Madaniy meros -
|
Avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, axloqiy, ilmiy, tafakkuriy, diniy va ruhiy qarashlar, xalq madaniyati va ijodi kabi moddiy hamda ma’naviy boyliklar majmui.
|
Malaka –
|
Ongli ravishda bajariladigan ishning bir xil mehnati, ko‘p marta takrorlanadigan, avtomatlashib ketgan tarkibiy elementidir.
|
Maorif –
|
Ta’lim sohasidagi ming yillik madaniyatimiz xazinalarini jamlagan eski yozuvni o‘rganish ham didaktik ta’lim mazmunidagi yangilikdir
|
Mafkura -
|
(arabcha “mafkura”- nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui.
|
Mashg‘ulot o‘tkazishning faol shakllari –
|
Talaba va o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro ta’sir etishini muhokama qilishiga mo‘ljallangan ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari.
|
Ma’lumot -
|
O‘qitish jarayoni va uning natijasi hisoblanib, talabada bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilganligi, bilish qobiliyatining o‘sganligi va ular asosida ilmiy dunyoqarash, shaxsiy sifatlari shakllanganligi, ularning ijobiy kuchlari va qobiliyatlarini qay darajada rivojlanganligini anglatadi. U ikki ma’noda ishlatilib, ikkisi ham pedagogikaga tegishli:
1. Xabar – o‘qitish jarayonini amalga oshiruvchi vosita. Bilimli kishilarning unga talabdor bo‘lganlarga bilim berishi, etkazishi. Ma’lum qilish deb, til va ko‘rgazmalar yordamida uni boshqalarga bildirishdir. 2. Bilim darajasi. O‘qish, bilish, borliqdan ob’ektiv mavjud qonuniyatlarni his qilish natijasida olingan bilimlar yig‘indisi – past ma’lumotli, o‘rta va yuqori ma’lumotli va hokazo.
|
Ma’naviyat –
|
Arabcha “ma’naviyat” – ma’nolar majmui, “ma’no” yoki “ma’naviyatun”, “ma’naviy g‘oya” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “ruhiy holat” degan ma’noni anglatadi. Kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy tasavvurlar, tushunchalari yaqin va ular bir-birlarini taqozo etadilar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |