Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor


Download 475.96 Kb.
bet36/71
Sana09.02.2023
Hajmi475.96 Kb.
#1180637
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71
Bog'liq
Пед. мах. мажмуа

Moddiy qadriyatlar –

Insoniyatning yashashi, mehnat qilishi uchun zarur bo‘lgan, ijtimoiy, iqtisodiy talabini qondiradigan barcha turdagi narsalar va ashyolar yig‘indisi.

Muallim –

Muayyan fan yuzasidan ta’lim berishga vakolatli, ta’lim – tarbiya bo‘yicha oliy, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, pedagogik va psixologik bilim, ko‘nikma, malakalarni va talab darajasidagi mahoratni egallagan, ta’lim-tarbiya, usul, vosita uslubi asosida o‘z metodikasi, ishlash qobiliyatiga ega ma’naviy etuk shaxs.

Muammo



Ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’ektiv shaklidir. U muammoli vaziyatning, ya’ni jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida ob’ektiv ravishda vujudga keladigan ziddiyat.

Muammoli vaziyat



Talabaning ma’lum psixik holatidir. Bunday holat ma’lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi.

Muomala -

Yaxshilikka sabab bo‘lgan ishlarda mayinlik, shirinso‘zliq, yoqimtoylik asosidagi munosabat.

Murakkab malaka -

Kasb mahoratining asosini tashkil etib, bilim, boshlang‘ich malaka hamda ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi va ular asosida shakllanadi. Murakkab malaka shakllanishi shaxsda kasb mahoratini paydo bo‘lishiga imkon yaratadi.

Muhit

Kishiga ta’sir etadigan tashqi voqelik.

Nutq qobiliyati

Nutq yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati

Ogohlantirish



Noma’qul xatti – harakatlarning oldini olish uchun qo‘llaniladigan vosita

Odat

Xalqlarning ichki munosabatlarini tartibga soluvchi mezon va an’analar majmuasi. «Odat» so‘zi udum, urf, an’ana va marosim tushunchalari o‘rnida qo‘llaniladi

Odob –

Xulq-atvor, yurish-turish madaniyatining tashqi jihatini ifodalaydi.

Odob - axloq -

Shaxsdan o‘ziga va dunyoga munosabatlariga olib boruvchi hatti – harakatlarning belgilangan, aniqlangan usuli bo‘lib, sababiyat, tasavvurlar va qarashlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni shaxs shakllanadigan manba hisoblanadi.

Oila



Kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik hujayrasi, ijtimoiy – madaniy organizm.

Omil-

Bir guruhga kiruvchi kamida ikkita ilk mahsul boisdan tashkil topgan ahamiyatli sababdir


Download 475.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling