«tasdiqlandi»


Download 338 Kb.
bet1/4
Sana08.05.2020
Hajmi338 Kb.
#104157
  1   2   3   4
Bog'liq
2.02. AT Maktabgacha 171 tayyor



O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI






«TASDIQLANDI»

O`quv ishlari bo`yicha prorektor

__________ dots.S.U.Xodjaniyazov

«___» _________ 2017 yil



«TA`LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI»

FANINING ISHCHI O’QUV DASTURI

Оliy ta’limning

Bilim sоhasi: 100000 – Gumanitar.

Ta’lim sоhasi: 110000 – Pedagogika.

Ta’lim yo’nalishi: - «5111800-Maktabgacha ta’lim».
Umumiy o’quv saoti – 274 soat.

Shu jumladan:

Ma’ruza – 48 soat( 3-semestr -24 soat, 4-semestrda -24 soat).

Amaliy – 38 soat (3-semestr -18 soat, 4-semestrda -20 soat).

Tajriba – 70 soat (3-semestr -34 soat, 4-semestrda -36 soat).

Muctaqil ta’lim- 118 soat (3-semestr -58 soat, 4-semestrda -60 soat)



URGANCH – 2017y

Fаnning ishchi dasturi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2017-yildagi 04.08 “603”-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan bilan (burug’ining ____-ilovasi) tasdiqlangan “Ta`limda axborot texnologiyalari” fani dasturi asosida tayyorlangan.


Fan dasturi Urganch davlat Universiteti Kengashining 201__ yil “___”_____________dagi “___” –sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:

Matkarimov S.A.

Urganch davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchishi

Mo`minov S. Y.

Urganch davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchishi


Taqrizchilar:

Rahimbayeva M.

t.f.n. Urganch davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi dosenti



«Axborot texnologiyalari» kafеdrasi mudiri

28.08.2019.___________________________________________dоts. Madatov H.


Fizika-matematika fakulteti dekani

29.08.2019.___________________________________________-f.-m.f.n. dots. J. Xo’jamov

I.O’quv fani bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.


Ta’lim sohasidagi tub islohatlarning asosiy maqsadi jahon andozalari asosida bilimlar berish va raqobatdosh kadrlar tayyorlashdir. Ushbu ishchi dastur bugungi kunning zamonaviy bilimlari bilan yangilangan va qayta ishlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan bo’lib, unda fanning nazariy va amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi.Talaba:

- “«Ta’limda axborot texnologiyalari»” fanini obekti, predmeti, o’rganilish tarixi, haqida tushuncha hosil qilishi kerak;

- “«Ta’limda axborot texnologiyalari»” fanining asosiy qoidalari, qonunlari,kategoryalari va organizmni umumiy tuzulishi va unda kechadigan jarayonlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

-talaba organizmda kechadigan xodisa va jarayonlarni tahlil qilishi usullarini qo’llash,kelib chiqadigan muammolarni echimini toppish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

«Ta’limda axborot texnologiyalari» fani insonlarda axborot muhitida ma’lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatlarini oshiradi.


2.fanining maqsad va vazifalari

Fanni o‘qitish maqsadi - zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy komp’yuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikasion texnologiyalar, Web- dizayn asoslari, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.

Ta’limda axborot texnologiyalari fanining vazifasi:


  • Axborot texnologiyalari haqida bir butun tasavvur hosil qilish;

  • Axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish;

  • informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib berish;

  • axborot tizimlari va texnologiyalarini nima maqsadida va qanday qo`llash haqida tushuncha hosil qilishdan iborat.


Talabalarning bilim, malaka va ko`nikmalariga qo`yiladigan talablar

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quydagi talablar qo’yiladi:



  • zamonaviy axborot texnologiyalari, zamonaviy dasturlash texnologiyalari kompyuter tarmoqlari, axborot tizimlari va ularning turli sohalarda qo`llanilishi, axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash, elektron tijoratga doir bilimga;

  • axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`chovlari, axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, algoritmlash va dasturlash, vizual dasturlash texnologiyalari, amaliy dasturlar bilan ishlash texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, tarmoq resruslari, axborot tizimlari, ularning mohiyati, qo`llanilishi va vazifalari, elektron hujjat aylanishi tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, zamonaviy multimedia tizimlari, axborot xavfsizligining tashkiliy va huquqiy asoslari, axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalaridan, elektron tijoratlardan foydalanish ko‘nikmasiga;

  • axborotlarga ishlov berish qurilmalari, axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, operasion tizimlar, xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar bilan ishlash, dasturlash tillari va vizual dasturlash orqali dastur tuzish, amaliy dasturlar bilan ishlash (matnli, elektron jadval, taqdimotlar, grafik, ma’lumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari), kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, turli veb sahifalar yaratish dasturlari bilan ishlash, elektron hujjat aylanishi tizimi, zamonaviy multimedia tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lishi kerak.


Fanning o`quv rejadagi bоshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi, uslubiy jihatdan

uzviyligi va ketma-ketligi
“Ta’limda axborot texnologiyalari” fani III,IV- sеmеstrlarda o`qitiladi. Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida rejalashtirilgan matematika fanidan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.

Fanning ta`limdagi o`rni

Ta’limda axborot texnologiyalari fani insonlarda axborot muhitida ma`lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o`ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki dasturlash tillarini o`rgatish orqali yangi dasturlar yaratishlariga zamin bo`ladi. Umumta`lim maktablari va akademik liseylardagi kasbiy faoliyatlaridan yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularni o`qitilayotgan fanlariga tadbiq etishga katta yordam beradi.


Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy aхbоrоt va pеdagоgik

tехnоlоgiyalar

Fanni o`qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish ko`zda tutiladi. Nazariy ma`lumotlar amaliyot va ko`rgazmalilik bilan mustahkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo`lish mumkin. Shuning uchun dasturda amaliy-laboratoriya ishlariga katta e`tibor qaratilgan.

Fanni o`qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llashda ta`lim jarayonini optimallashtirish uchun omil bo`ladigan pedagogik texnologiyalardan «Fikrlar xujumi», «Klaster» metodi, «Bumerang», «Skorobey», «Tarozi», «Yelpig`ich» texnologiyasi va boshqalardan foydalaniladi.

Talabalarning “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o`zlashtirishda darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalar, elektron materiallar, tarqatma materiallar, virtual kartochkalar foydalaniladi. Nazariy ma`lumotlar amaliyot va ko`rgazmalilik bilan mastahkamlashi kerak. Amaliy-laboratoriya ishlari kompyuter yordamida o`tkaziladi.


Umumiy va o`quv ishlari turlari bo`yicha hajmi.


Kurs

Semestr

Jami sоat

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulotlar

Tajriba

Mustaqil ish

2

3

137

24

19

34

58

4

139

24

19

36

60

Jami

276

48

38

70

118

Download 338 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling