Tasdiqlangan: “Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati Kuzatuv kengashi tomonidan “30” noyabr 2015 yil Tasdiqlangan


Mavjud ish aloqalari va ish munosabatlarda bozordagi vaziyati


Download 280.5 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi280.5 Kb.
#1609290
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
business-plan-2016-uzb

2. Mavjud ish aloqalari va ish munosabatlarda bozordagi vaziyati
Hozirgi kunda Korxona Ustav fond hajmi 595566400 so’mni tashkil etadi.
Oddiy nomlangan aksiya miqdori - 572660 ta
Aksiyaning nominal qiymati - 1040 so’m.
“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati Ustav fondini tashkil etishida ishtirok etgan ta’sischilari:



Jami - 100%


572660 ta
595 566 400 so’m

26% - “Uztransgaz” AK
- 148 880 ta



154 835 200 so’m



25% - “Urganchtransgaz” ShK
- 143 170 ta

148 896 800 so’m



10% - “PARKENT YANGI ELEKTR LOYIHALARI” MCHJ - 57270 ta

59 560 800 so’m



10% - “FOYKON” AJ - 57270 ta

59 560 800 so’m



29% - jismoniy shaxs ulushi - 166 070

172 712 800 so’m

Hozirgi kunda Aksiyadorlik Jamiyati faoliyatining asosiy ish turlari quyidagilardan iborat:



  • Quvurlarda elektr uzatish tarmoqlarni qurish va ta’mirlash

  • Buyurtmachi hududlarida 110,35,10,6,0,4 kVli kuchlanishidagi elektr tarmoqlarida havo tarmoqlarining mukammal ta’mirlanishi

  • Yangi o’rnatilgan uskunalarda ishga tushirish-sozlash ishlari

  • Stansiya osti va kompressor stansiyalari elektr uskunalarida mukammal ta’mirlash ishlari

  • Stansiya osti va kompressor stansiyalari elektr uskunalari avtomatikasi, himoyasi o’rnida profilaktik sinov va ishga tushirish ishlari

  • Elektr-kimyo ta’minot bo’yicha qurilish va ishga tushirish ishlari

Yuqoridagi ishlarning amalga oshirilishi neft va gaz sanoatidagi gaz qazib chiqarish va gazni qayta ishlash korxonalarida elektr ta’minoti bilan uzluksiz ta’minlash imkonini beradi.


O’rnatish-ishga tushirish ustaxonalari Respublika gaz sanoatining asosiy markazlashgan hududlarida joylashgan. Ustaxonalarning manzilli joylashuv tamoyili buyurtmachilarning ob’yektlarida ishlarni qisqa muddatda va kam sarf-xarajat bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi.


Ustaxonalar joylashgan manzillari:
Muborak gazni qayta ishlash zavodi № 1-Ustaxonasi
Buxoro, Gazli № 2-Ustaxonasi
Muborak № 3-Ustaxonasi
Sho’rtan № 4-Ustaxonasi
Oqtosh № 5-Ustaxonasi.
Toshkent № 6-Ustaxonasi

Ustaxonalar tarmoqlarning tashkiliy tuzilmalari ishlab chiqarish masalalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, qayta ta’mirlash dasturlari va hududlarning modernizatsiyasi, xarajatlar, shu jumladan o’z ehtiyojlari va zarar xarajatlarining kamayishini ta’minlaydi.


“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati har bir Buyurtmachi uchun ishonchli biznes hamkori hisoblanadi.


Tashkilot mustaqilligi, boshqaruvdagi operativlik, ishlab chiqarish va ishlarning sifati va samaradorligini oshirishda “Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati har bir xodimning mehnat ishtirokidagi daraja miqdorini qo’llagan holda jamoaviy shakli bo’yicha mehnat ish haqi to’lovini amalga oshiradi. Korxona xizmat usullari yoki vaqtlarni ro’yxatga olish sarhisobi sharoitlarida 123 nafar xodim ishlab kelmoqda.
Aksiyadorlik Jamiyati xodimlariga to’lanadigan ish haqi (soatbay ish haqi miqdorlari) “Uzbekneftgaz” MXK tizimida ish haqi to’lovi bo’yicha Yagona tarif tizimiga muvofiq faoliyat turlaridagi darajalari orqali farqliklarga asoslangan holda belgilanadi.
Boshqaruv xodimlari 12 birlikdagi tarkibni tashkil etadi.



Nomi

Soni

Ma’muriyat:




Boshqaruv

3

Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo'limi

2

Buxgalteriya

3

Mehnat tashkiloti va iqtisodiy tahlil bo'limi

1

Bosh mexanik xizmati

1

Kadrlar bo’yicha menejer

1

Ofis-menejer xizmati

1

Jami

12

Boshqaruv apparatining o’ziga xosligi Aksiyadorlik Jamiyati funksiya va vazifalarining birligi hamda ishlab chiqarish jarayonini bevosita nazorat qilishdan belgilanadi.


Boshqaruv apparatining qayta tashkil etilishi - boshqaruvda tegishli vazifalarni almashtirilishini ta’minlash, qayta tayyorlash va xodimlar minimal tarkibini har tomonlama qarorlarini ko’rib chiqish maqsadida ijrochilar va bo’linmalarni birlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.



Download 280.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling