Tasdiqlangan: “Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati Kuzatuv kengashi tomonidan “30” noyabr 2015 yil Tasdiqlangan


Download 280.5 Kb.
bet9/9
Sana19.06.2023
Hajmi280.5 Kb.
#1609290
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
business-plan-2016-uzb

11. Ob’yektlar joylashgan manzillari

Korxona tarkibida O’zbekiston Respublikasi hududlarida joylashgan ustaxonalarni ko’rish mumkin:


Muborak gazni qayta ishlash zavodi № 1-Ustaxonasi


Buxoro, Gazli № 2-Ustaxonasi
Muborak № 3-Ustaxonasi
Sho’rtan № 4-Ustaxonasi
Oqtosh № 5-Ustaxonasi.
Toshkent № 6-Ustaxonasi

Loyihada qurilish-o’rnatish ishlarning hajmi bajarilishi uchun Buyurtmachi tomonidan o’z mablag’lari hisobida sotib olingan zarurli mahalliy xom-ashyo va materiallar ishlatilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha uchun ishlatiladigan barcha turdagi yordamchi materiallar mahalliy bozorlarda sotib olinadi. Qurilish-o’rnatish ishlar hajmining bajarilishi ichki bozorlarda shartnomalar asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi hududlari joylashuvi bo’yicha umum foydalaniladigan mavjud yo’l tarmoqlarini hisobga olgan holda, xomashyo bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida Pudratchi korxona transport avtomobillaridan foydalanadi.




12.Loyihani amalga oshirish byudjeti

“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati aktiv tuzilmasi qiymati quyidagi jadvalda ko’rsatilgan;






01.01.2015 yilda “Elektrogaz” AJ qayta baholash hisobga olgan holda asosiy vositalar qiymati (ming so’m)

JAMI
(ming so’m)

%

Jami asosiy aktivlar

3871378

3871378

66,3%

Bino

285605

285605

5%

Tuzilma

51813

51813

0,9%

Elektr mashinalari

876

876

0,02%

Ishchi mashinalar va uskunalar

1657006

1657006

28%

o'lchov va tartibga soluvchi qurilmalar

1251

1251

0,02%

Hisoblash texnikasi

149922

149922

2,7%

Transport vositalari

1686015

1686015

29 %

Меbel jihozlari

23481

23481

0,4%

Boshqa asosiy vositalar

15409

15409

0,3%

Ishchi kapital, shu jumladan

1966463

1966463

33,7%

Tovar-material boyliklar

1966463

1966463




























Loyihaning umumiy qiymati

5837841

5837841

100,0%

O'z sarmoyasi ishtirokida

100%

100%






13.Moliyaviy baho


13.1.Loyihani moliyalashtirish: moliyalashtirish mexanizmi va manbalari

Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, Korxona ishlab chiqarilishi barqaror rivojlangani, doimiy biznes hamkoriga egaligi, talabga moyil va bajariladigan ishlar ro’yxatini amalga oshirishda deyarli raqobatchilari bo’lmagani bilan o'z-o'zini moliyalashtiradigan tashkilot hisoblanadi.


“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati O’zbekiston gaz sanoatida elektr texnik uskunalarni o’rnatish, ishga tushirish-sozlash, ta’mirlash, elektr uzatish tarmoqlarini ta’mirlash va qurilishi, yer osti va yer usti tuzilmalarida elektr-kimyo bo’yicha kompleksli ishlar bajarilishida yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi.


13.2. Davlat iqtisodiyotida ta’sir ko’rsatadigan moliyaviy ko’rsatkichlar bahosi
Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Bu quyidagi ko’rsatkichlarda aks ettiriladi:

1. O’zbekiston Respublikasi aholisini, 255 dan ortiq ishchilarni doimiy bandligini ta’minlash.


2. Gaz sanoati sohasida elektr texnik uskunalarni o’rnatish, ishga tushirish-sozlash, ta’mirlash, elektr uzatish tarmoqlarini ta’mirlash va qurilishi, yer osti va yer usti tuzilmalarida elektr-kimyo bo’yicha kompleksli ishlarni yuqori sifatda bajarilishi.
3. Byudjetga bir yilda 2500000,0 ming so’mdan 3000000,0 ming so’mgacha soliqlar tushishi.


13.3.O’z-o’zini qoplashni hisobga olgan holda iqtisodiy samaradorligini hisoblash
Foyda va zararlar hisobi
Foyda va zarar soliqlarining hisoblari va boshqa ajratmalari bo’yicha ularni qo’llaydigan bo’limlar tomonidan hisobga olinadi.
“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati tomonidan 2016 yilda amalga oshiriladigan qurilish-o’rnatish ishlari hajmi rejalariga muvofiq tushumlar va pul oqimlari hisobga olingan.
Foyda va zarar hisobotini tuzishda korxona barcha turdagi soliq to’lovchisi ekanligi belgilanildi.
Korxonaning keyingi faoliyatida rejalashtirilgan gorizontda zararlar kuzatilmagan.
Sof ishchi kapital prognozi
Funksiyali biznesni olib borishda, umuman har qanday ishlab chiqarishda aylanma vositalari – ishchi kapitali zarur bo’ladi.
Pul mablag’larini ortiqcha sarflanilishida, hamda har qanday Korxona faoliyati to’xtatilishida sabab bo’ladigan pul mablag’larining tanqisligi oldini olish uchun ishchi kapitali optimal rejalashtiriladi.
Aylanma vositalarni optimal rejalashtiruvi faoliyat mobaynidagi pul mablag’lari tushumlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi: qancha ko’p ishchi kapital aylanmasi bo’lsa, shuncha tez korxona rajalashtirgan daromadlarni oladi.
14. Xulosa

“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati o’tkazilgan texnik-iqtisodiy tadqiqot natijalari bo’yicha 2016 yilda rejalashtiriladigan davrda korxonaning iqtisodiy samarali ishlashini ta'minlash imkoniyatiga ega.


Boshqaruv, korxona boshqaruvi professional ish tajribasi, malakali kadrlar mavjudligi loyihani samarali amalga oshirishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Moliyaviy natijalar bo’yicha ko’rsatilgan ma’lumotlar asosida hamda loyiha bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlarda ko’rsatiladigan ichki bozordagi mavjud vaziyatdan, shunga o'xshash korxonalar orasida bo'ladigan raqobatdan, sezilarli xavflar va boshqa omillardagi gaz sanoati sohasida qurilish-o’rnatish ishlari bajarilishi, elektr-texnik uskunalarni o’rnatish, ishga tushirish-sozlash, ta’mirlash, elektr uzatish tarmoqlarini ta’mirlash va qurilish, yer osti elelkt-kimyo bo’yicha kompleks ishlarni bajarilishi, mazkur loyihani amalga oshirishda taqdim etiladigan va belgilanadigan g’oyalar va tadbirlarning samaradorligi va hayotiy barqarorligi haqida xulosa qilsa bo’ladi.
Mazkur loyihani amalga oshirilishi O’zbekistonda, bu bosqichda bo’ladigan chuqur iqtisodiy o’zgarishlari jarayonida ishtirok etish imkoniyatini beradi.
15. “Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati – ishonchli biznes hamkor

“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati “Uzbekneftgaz” MXK tizimida katta ish tajribasiga ega bo’lgan holda, o’rnatish, ishga tushirish-sozlash ishlari sohasida muvaffaqiyatli yangi texnologiyalarni qo’llash, yuqori malakali jamoa tomonidan murakkab texnik ishlarining amalga oshirilishi hozirgi kundagi Aksiyadorlik Jamiyatining asosiy barqaror ishlashining natijasi hisoblanadi.


“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati har qaysi biznes hamkorini ma’qullaydi va elektr uskunalarda ishlarning bajarilishida o’zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ishonchli biznes hamkor hisoblanadi.
“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati
Boshqarmasi Raisi Orziqulov B.O.
Bosh buxgalter Кlishina L.I.
ОКP bo’limi boshlig’i Каmоlov N.V.

Iqtisodchi Маmaradjabov S.Sh.





Download 280.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling