«AZIMOV MUXSINJON MUMIN O‘G‘LI» — 2 500 000.00 UZS, ya’ni 50.00%;
«XALIMOV KARIM MUMINOVICH» — 2 500 000.00 UZS, ya’ni 50.00%;
III. USTAV FONDIGA ULUSH KIRITISH TARTIBI, MIQDORI VA USULLARI
3.1. Ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, boshqa mol-mulk, shu jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki o‘zga shaxsga o‘tkaziladigan boshqa huquqlar ko‘rinishda kiritilishi mumkin.
Korxonaning ustav fondi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar taqdim etiladigan sanadagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.
3.2. Korxonaning ustav fondiga ishtirokchilar tomonidan o‘zlari kiritadigan mol-mulkni mustaqil ravishda belgilaydi. Ustav fondining miqdori o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi qaror korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Ishtirokchilarning korxona tarkibidan chiqishida korxona mol-mulki qiymatining bir qismi ustav fondiga o‘zi kiritgan mol-mulk miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib berilishi yoki shunday qiymatdagi mol-mulk natura holda o‘ziga ajratib berilishi mumkin. Korxona ta’sis shartnomasiga tegishli o‘zgartirish kiritishni ro‘yxatga olish vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan ustav fondining minimal miqdoridan kam bo‘lsa, korxona ustav fondini kamaytirishga haqli emas.
3.3. Korxona moliya-xo‘jalik faoliyati davomida olingan sof foyda ishtirokchilar o‘rtasida ularning ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
3.4. Korxona tugatilgan taqdirda mol-mulkni taqsimlash tartibi ishtirokchilar o‘rtasida kelishilgan holda, qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3.5. Korxona ishtirokchilarining oilaviy korxona foydalanishiga berilayotgan mol-mulki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va o‘zlariga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan tarkib topadi.
IV. KORXONANING ASOSIY VA QO‘SHIMCHA FAOLIYAT TURLARI, MOL-MULKIGA DOIR YIRIK BITIMLARI
4.1. Korxonaning asosiy faoliyat turi
Do'stlaringiz bilan baham: |