«tasdiqlangan» «pattern status» oilaviy korxonasining


VI. KORXONA ISHTIROKCHILARINING UMUMIY YIG‘ILISHI


Download 23.83 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi23.83 Kb.
#1529015
1   2   3   4
Bog'liq
963451 memorandum

VI. KORXONA ISHTIROKCHILARINING UMUMIY YIG‘ILISHI
6.1. Korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi korxonaning yuqori boshqaruv organidir.
6.2. Korxona ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
korxonaning ta’sis shartnomasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
korxona boshlig‘ini saylash;
korxona faoliyatining turlarini belgilash;
korxonaning ustav fondini belgilash va uning miqdoriga o‘zgartishlar kiritish;
korxona boshlig‘ining korxona moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotini ko‘rib chiqish;
ta’sis shartnomasiga muvofiq korxonaning foydasini taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
6.3. Korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar bir ovozdan qabul qilinishi lozim.

VII. KORXONANI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH


7.1. Korxonani qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Korxonani tugatish uning ishtirokchilarining yoki sudning qaroriga ko‘ra, shuningdek agar unda korxonaning yagona ishtirokchisi qolgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Korxona tugatilayotganda bo‘shatilayotgan ishtirokchilar va yollanma xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
7.2. Korxona uning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan hisoblanadi.
7.3. Korxonani tugatish ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

VIII. YAKUNLOVCHI QOIDALAR


8.1. Ta’sis shartnoma ishtirokchilar tomonidan imzolanganidan so‘ng kuchga kiradi.
8.2. Ta’sis shartnomada o‘z ifodasini topmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bo‘yicha tartibga solinadi.
8.3. Korxona boshlig‘i o‘zgargan, ishtirokchi oilaviy korxona tarkibiga ixtiyoriy ravishda kirgan (undan chiqib ketgan), er va xotin o‘rtasidagi nikoh bekor qilingan yoki oilaviy korxona ishtirokchisi vafot etgan va bu hollar oilaviy korxona balansiga berilgan oilaviy korxona ishtirokchilarining mol-mulki ro‘yxatida o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan taqdirda, ta’sis shartnomaga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Ishtirokchilar


Azimov Muxsinjon Mumin o’g’li
—————————


Xalimov Karim Muminovich
—————————
Download 23.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling