«Tasdiqlayma n» Bag’dod tumani 32-umum ta`lim maktabi direktori: K. Yuldashova


Download 55.33 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi55.33 Kb.
#1571632
1   2   3   4   5
Bog'liq
МЧС мактабда чумилиш баён ва маълумоти

Cho‘kish deb – nafas olish organlarining turli suyuqliklar, asosan suv bilan to‘lishiga aytiladi. Cho‘kish oqibatida xayotiy muhim organlarning (nafas olish, qon aylanish organlari, markaziy asab tizimi) funksiyasi buziladi va ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.
Bunday hodisalarning yuz bermasligi uchun avvalambor cho‘milish qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim. Buning uchun birinchi navbatda ob-havo quyoshli va shamol bo‘lmagan paytda, havo harorati +250Cdan yuqori bo‘lganda cho‘milish tavsiya etiladi.
Cho‘milish uchun faqat ruxsat etilgan, qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari navbatchiligi tashkil etilgan suv havzalariga (basseyn, plyaj, suv sporti majmualari) borish lozim.
Quyidagi hollarda esa cho‘milish umuman mumkin emas:

  • och qorin bo‘lganda;

  • charchaganda;

  • chanqagan paytda;

  • yaqinda kasaldan tuzalganda;

  • spirtli ichimlik iste’mol qilinganda;

  • yolg‘iz bo‘lganda;

  • oftob urish hollarida.

Cho‘milish paytida quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

  • ruxsat etilmagan joylarda, ya’ni kanal, daryo, soy, katta anhorlarda cho‘milish;

  • yosh bolalarni suvda qarovsiz qoldirish;

  • ko‘prik, damba va kemalardan suvga sakrash;

  • notanish joylarga sho‘ng‘ish.

Qayiqlarda sayr qilishda quyidagilar taqiqlanadi:

  • egasiz va texnik nosoz qayiqlardan foydalanish;

  • sayrga qutqaruv va suv chiqarish moslamalarisiz chiqish;

  • shamol va yomg‘irli ob-havoda chiqish;

  • qayiqqa ruxsat etilgandan ortiqcha odam va yuk olish;

  • spirtli ichimlik ichgan holda sayrga chiqish;

  • qayiq bortiga va old tomoniga o‘tirish;

  • suzish vaqtida bir qayiqdan ikkinchi qayiqqa o‘tish;

  • qayiqdan suvga sho‘ng‘ish;

  • qorong‘u tushganda suzish moslamalaridan foydalanish;

  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kattalar nazoratisiz suzish moslamalaridan foydalanishga ruxsat berish.

Quyidagilarni doimo yodda tuting!

  • cho‘milayotgan paytingizda muzlashning birinchi belgilari (ko‘karish, qaltirash, kuchsizlanish) sezilishi bilan darhol suvdan qirg‘oqqa chiqing;

  • oyoq muskullari tortishib qolsa, tortishgan oyoqni qo‘l bilan ushlab o‘zingizga tortib-qaytaring va shu tarzda harakatga keltiring;

  • suv o‘ramiga tushib qolsangiz, o‘pkaga imkoni boricha ko‘proq havo tortib oling va suv ostida oqim bo‘yicha suzishga, so‘ngra esa suv yuzasiga chiqishga harakat qiling;

  • suv o‘tlariga o‘ralib qolganingizda keskin harakatlar qilmang, yaxshisi osmonga qarab yotgan holda sekin astalik bilan toza tomonga qarab suzing. Agar bu ham yordam bermasa, oyoqlarga tiralib turib, qo‘l bilan sekin-asta suv o‘tlarni tozalang.



Download 55.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling