Tasdiqlayma n” Toshkent davlat transport universiteti


-BOB. KIBERSPORT KLUBINING


Download 87 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi87 Kb.
#1378965
1   2   3
Bog'liq
Киберспорт клуби Низоми

3-BOB. KIBERSPORT KLUBINING HUQUQ
VA MAJBURIYATLARI
5. Kibersport klubi quyidagi huquqlarga ega:
o‘z a’zolari va qatnashchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
kibersport klubi tuzilgan hududda kibersport masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, universitet Kengashiga takliflar kiritish;
o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;
o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazish;
belgilangan tartibda pullik xizmatlarni ko‘rsatish.
Kibersport klubi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
6. Kibersport klubi quyidagilarga majbur:
Qonun hujjatlari va ta’sis hujjatlariga rioya etish;
o‘z mol-mulki foydalanish, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi axborot bilan klub a’zolarining tanishishi erkinligini ta’minlash;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan tadbirlar o‘tkazishni kelishib olish va uning vakiliga o‘tkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish;
kibersport klubi vakillarining chet mamlakatlarga bog‘liq tashriflari uyushtirilishi haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni o‘z vaqtida xabardor qilish.
Kibersport klubiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

4-BOB. KIBERSPORT KLUBI FAOLIYATINI
TASHKIL ETISH
7. Kibersport klubini tashkil etish uchun universitetning kibersport inshooti (kibersport tadbirlarini, kibersport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga qo‘yiladigan norma va talablarga javob beradigan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot) mavjud bo‘lishi, shuningdek, zarur kibersport anjomlari va uskunalar bilan ta’minlanishi lozim.
Kibersport klubi universitetning kibersport inshootlarida darsdan tashqari vaqtlarda tekinga foydalanadi.
8. Kibersport klubi rahbarligiga jamoatchilik asosida universitetning faol xodimlari yoki talabalaridan saylanishi mumkin.
9. Kibersport klubi faoliyati samaradorligini oshirishga universitetning rektori bevosita javobgardir.
10. Kibersport klubida kibersport to‘garagi ishlari kibersport klubi tashkil etilgan universitetning talabalari tomonidan jamoatchilik asosida olib borilishi, kibersport to‘garagi ishlarini samarali tashkil etgan kibersport klubi rahbari moddiy rag‘batlantirilishi mumkin.
11. Kibersport klubi tomonidan o‘quv yilining boshlangan (sentyabr) oyida ushbu o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan musobaqa va turnirlar rejasi ishlab chiqiladi.
12. Kibersport klubi o‘z a’zolarining talablariga ko‘ra kibersport turlari bo‘yicha trener jalb qilgan holda pullik kibersport to‘garaklari tashkil etishi mumkin.


Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling