Tasdiqlayma n” Toshkent davlat transport universiteti


-BOB. KIBERSPORT KLUBIGA A’ZO BO‘LISH


Download 87 Kb.
bet3/3
Sana22.04.2023
Hajmi87 Kb.
#1378965
1   2   3
Bog'liq
Киберспорт клуби Низоми

5-BOB. KIBERSPORT KLUBIGA A’ZO BO‘LISH
HAMDA A’ZOLARNING HUQUQ VA
MAJBURIYATLARI
13. Kibersport klubiga kibersport klubi tashkil etilgan universitetda ta’lim olayotgan talabalar va faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ixtiyoriy a’zo bo‘lishi mumkin.
14. Kibersport klubiga a’zo bo‘lish voyaga yetgan jismoniy shaxslarning yozma arizalariga asosan amalga oshiriladi.
15. Kibersport klubi a’zolari teng huquqli bo‘lib, ular quyidagi huquqlarga ega:
o‘z xohishiga ko‘ra kibersport klubi a’zoligidan chiqish;
kibersport klubi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlari va musobaqalarida, shuningdek, xalqaro kibersport tadbirlari va musobaqalarida kibersport klubi nomi bilan qatnashish.
16. Kibersport klubi a’zolari quyidagilarga majbur:
kibersport klubi faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu Nizomda belgilangan talablarga amal qilish;
kibersport klubi tomonidan o‘tkaziladigan turli kibersport tadbirlari, ko‘rgazmalarda faol ishtirok etish.


6-BOB. KIBERSPORT KLUBI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
HISOBOT TUZISH VA TAQDIM ETISH TARTIBI
17. Kibersport klubi rahbari kibersport klubi faoliyatining natijalari hisobini yuritadi hamda universitet rektoriga (har oyda), kibersport Assotsiatsiyaga har chorakda bir marta taqdim etib boradi.


18. Kibersport Assotsiatsiya kibersport klublari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotn har yarim yilda bir marta tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritib boradi.

7-BOB. KLUB FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH
19. Klub faoliyatini tashkil qilish va uni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar o‘rnatilgan tartibda universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
7-BOB. YAKUNIY QOIDA
20. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling