№
|
Tadbirlar nomi
|
Bajarish muddati
|
1.
|
Biriktirilgan talabalarini mavjud shart-sharoitga koʻniktirish, moslashtirish jarayonini samarali tashkil etish boʻyicha:
— Tashkil etilgan “Birinchi kurs maktabi” tadbirlarida ishtirokini ta’minlash (darsdan tashqari vaqtlarda);
— talabalarga ijtimoiy-maʼnaviy va psixologik yordam koʻrsatgan holda oʻzini yanada yaxshiroq anglash, oʻqish va hayotda toʻgʻri qaror qabul qilish, tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishda ishtirok etish;
— “Odob axloq qoidalari” ning mazmun mohiyati bilan barcha kurs talabalarini tanishtirish va OTMning taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi qonun -qoidalariga rioya qilish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
|
2022/2023-oʻquv yili davomida
|
2.
|
Biriktirilgan OTM talabalarining yashash sharoitlarini o‘rganish:
— talabalar turar joylarida, ijarada va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash manzillariga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlarni oʻrganib borish va mutasaddilarga taklif kiritish;
— TTJ va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini nazorat qilish maqsadida tyutor va talaba oʻrtasida oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyish;
|
2022-2023-oʻquv yili davomida
|
3.
|
“Vatan boʻylab sayohat” mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, yoshlar orasida keng targʻib etish, shuningdek, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini mustahkamlash maqsadida “Vatanparvarlik oʻlka tarixini oʻrganishdan boshlanadi» (tarixiy joylarga), “Ajdodlar xotirasi yodimizda” (muqaddas qadamjolarga) mavzularida biriktirilgan talablarning madaniyat maskanlari (teatr, muzey, tasviriy va ijodiy koʻrgazmalar h.k.) va muqaddas tarixiy qadamjolarga tashriflarini uyushtirishda ishtirok etish.
|
2022-2023-oʻquv yili davomida
|
4.
|
Taʼlim jarayonida biriktirilgan talabalarning darslari, davomati va dars sifatining monitoringini olib borishi boʻyicha:
— oʻquv-tarbiyaviy sohalardagi muammolarini bartaraf etish boʻyicha fakultet dekanati bilan hamkorlikda ishlash;
— talabaning darslariga qatnashishi, oʻzlashtirish va ijtimoiy hayotidagi o‘rnini aniqlashda amaliy yordam berish;
— oʻzlashtirish koʻrsatgichi past hamda tarbiyasi ogʻir talabalar bilan tizimli ishlarni olib borish;
— talabalarning psixologik va oʻziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan shaxslarni oʻqitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga eʼtibor qaratish;
— taʼlim muassasasidagi taʼlim-tarbiya sifatini oʻrganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
— talabalarning darslarni oʻzlashtirish darajalarini nazorat qilib borish, innovatsion taʼlim texnologiyalari va oʻquv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan taʼminlashga hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishga koʻmaklashish;
|
2022-2023-oʻquv yili davomida
|
5.
|
Ilm-fan, innovatsiya va tadqiqotlar sohasida biriktirilgan talabalarni maqsadli yoʻnaltirish boʻyicha:
— isteʼdodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash hamda ilmiy toʻgaraklar, innovatsion startaplarga va klublarga jalb etishda ishtirok etish;
— talabalarni turli ilmiy tadbirlar: konferensiyalar, seminarlar, respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiadalar va forumlarda ishtirok etishlarida ishtirok etish;
— iqtidorli talabalarga ilmiy maqolalar yozishda maslahatlar berish va chop etishda yordam koʻrsatish, ularni kelgusida ilmiy faoliyat olib borishlariga yaqindan yordam berish;
|
2022-2023-oʻquv yili davomida
|
6.
|
Biriktirilgan talabalarning ota-onalarini talabalar hayoti va taʼlim-tarbiya jarayonidagi mavjud muammolari bilan tanishtirish, mazkur muammolarni oʻrganish, aniqlash va oʻzaro hamkorlik asosida mazkur muammolarni hal qilishga erishish, shuningdek ota-onalar va ustoz-murabbiylar oʻrtasida doimiy hamkorlikni taʼminlash maqsadida barcha akademik guruhlarda tashkil etilgan “Ota-onalar kuni” tadbirlarida ishtirok etish.
|
2022-2023-oʻquv yili davomida
|
7.
|
“Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida tashkil etilgan seminar va davra suhbatlarida ishtirok etish
|
2023-yil
iyun
|
8.
|
Ichki ijtimoiy tarmoqlar orqali talabalar tomonidan oʻz fikrlarini, taklif va istaklarini berishlari uchun ochilgan maxsus sahifalar va soʻrovnomalarda biriktirilgan talabalarni ishtirok etishini ta’minlash
|
2022-2023-oʻquv yili davomida
|