6. Kommunikativ madaniyatni shakllantirish
Maqsad: o‘zini tutish me’yorlarini aniqlash, qadriyatlarni yuksaltirish me’yor qoidalarini ko‘ rsatish, muomala madaniyatini shakllantirish, aloqalar o‘rnatish, ularni rivojlantirish, ijodiy
faoliyatini, o‘z fikrini individual ravishda bayon qilishni yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish,
7. Ekologik tarbiya
Maqsad: inson ongida tabiatga bo‘lgan axloqiy munosabatlarni shakllantirishda, tabiiy
resurslar holati uchun shaxsan javobgarlik tuyg‘usini va odamlar bilan o‘zaro ta’sirini tarbiyalash.
8. Estetik tarbiya
Maqsad: axloqiy-ma’naviy qadriyatlarni badiiy madaniyat orqali, jahon xalqlarining madaniy
qadriyatlari orqali, insonparvarlik orqali shakllantirish, insonning yangi - undan ham
yuqori darajadagi o‘zini anglash sa’nati, konseptual fikrlash qobiliyatini, hayotni to‘la ravishda
ko‘ra oladigan, o‘zining ijodiy faoliyatidagi qadriyatlarni gavdalantirish, jamoa bilan birga bo‘lishni, muloqot chog‘ida o‘zini tuta bilishni shakllantirish odamlar zamonaviy rivojlanish bosqichida asosiy masala hisoblanadi.
9. Jismoniy tarbiya, sog‘lom himoya muhitini va sog‘lom hayot tarzini shakllantirish
Maqsad: sog‘lom hayot tarzini, shaxsiy sifatlarni shakllantirish, yosh insonga shaxsiy
faoliyati uchun kerakli bo‘lgan psixologik turg‘unlikni shakllantirish; ma’rifiy ishlarni tushuntirish jarayonida sog‘lom hayot tarzini, inson organizmi haqida tushuncha beradigan, uning ishlash
xususiyatlari,jismoniy uyg‘unligi,insonning psixologik va ruhiy holatini hamda tarbiyalanuvchilarni turli xil sport mashg‘ulotlariga jalb qilishni shakllantirish.
10. Mehnat va iqtisodiy tarbiya
Maqsad: O‘quvchilarda, o‘sib kelayotgan yosh avlodda o‘z-o‘ziga xizmat korsatish malakasini, vijdonan javobgarlikni his qilgan holda va turli xil mehnat faoliyatiga moddiy tomondan yondashgan holda jamoa bilan ishlash mahoratini shakllantirish; insonning mustaqil, faol va javobgarlikni his qilgan holda harakat qilishini, kerakli resurslarni safarbar qilishini, o‘zining xatti- harakatini baholashni va uning natijasini tushuna bilishni shakllantirish, yoshlarda mehnatga bo‘lgan layoqatni birinchi hayotiy zaruriyat sifatida yuksak qadriyat va hayotdagi asosiy muvaffaqiyatlarga yetishishni shakllantirish.
11. Kasbiy tarbiya
Do'stlaringiz bilan baham: |