Tasdiqlayman” 28-dmtt direktori D. M. Xatamova Sana


Buvi: Barakalla, bobo va buvijonlarni hurmat qilish haqida nimalarni bilasiz? 7-qizcha


Download 1.04 Mb.
bet4/5
Sana07.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1437280
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buvijonim o`gitlari (2)

Buvi: Barakalla, bobo va buvijonlarni hurmat qilish haqida nimalarni bilasiz?
7-qizcha: Derlar qari bilganin,
Parilar bilmaydilar.
Qariyalar hech kimni,
Xafahol qilmaydilar.
Ular zukko, donodir.
Nasihatgo`y, mehribon.
Xuddi ular aytganday,
To`g`riso`zbo`l, o`rtoqjon.
8-qizcha: Chorlasalar, “Labbay” deb,
So`zlariga quloq sol.
Agar ish buyursalar,
“Xo`p bo`ladi”, de darhol.
Ularning har bir so`zi,
Duru gavhar, tillodir.
Yo`q, tillomas, aslida,
Tillodan ham a’lodir.
9-qizcha: Bobo-buvijonlarning,
Duosini olaylik.
Choy ichsalar, choyiga,
Shakar, novvot solaylik.
Bizni chorlab yoniga,
Aytsalar gar nasihat.
Nasihatga hamisha,
Amal qilaylik albat.
10-qizcha: Bobojonlar pir bo`lar,
Buvijonlar farishta.
Nabiralarga ular,
O`rnak bo`lar har ishda.
Buvijonim juda ko`p,
Aytar ertak, rivoyat.
Bobojonim oqshomlar,
O`rgatar hadis, oyat.
11-qizcha:Yod olsak so`zlarini,
Aqlimiz ko`p bo`ladi.
Shunda barcha bolalar,
Bizga havas qiladi.
Buvi: Qizlarim, sizlar bilan suhbatlashish menga juda ham qiziqarli bo`layapti. Sizlarni yana bir sinab ko`raman.
“Salat tayyorlash” bellashuvi o`tkaziladi.
Buvi: Barakalla. Qani aytinglarchi:
(Buvi va qizaloq suhbati)

  • Oila qanday dargoh?

  • Oila muqaddasdir.

Yashasak bizlar inoq,
Bu barchaga havasdir.

  • Xonadonda kim katta?

  • Kattalar buvim bobom.

Ota – onam ularga,
Ko`rsatarlar ehtirom.

  • Ota – ona qanday so`z?

  • Ota – ona mo`tabar.

Kamol topsin bolam, deb
Mehnat qilar shom – sahar.
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling