Yangi mavzuni o`rganish.
Amaliyotda hujjatlarda rsamlar bilan birga turli jadvallar ham joylashtiriladi. Jadvallar turli-tuman bo`lgani bilan ularning hammasi ham ma’lum bir sondagi ustunlar va satrlardan tashkil topadi. Jadval haqida tushuncha. Ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat bo'ladi. Ular, o'z navbatida, kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi — bu katak. Wordda katakni o'ziga xos mikrohujjat deyish mumkin. Katakka matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlar ham joylashtirsa bo'ladi. Misol sifatida Wordda hosil qilingan quyidagi 3 ta ustunli va 4 ta satrli, kataklar soni 12 ta (34=12) bo'lgan jadvalni keltiramiz:
T/r
|
Rasmi
|
Vazifasi
|
1.
|
|
ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat, uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi
|
2.
|
|
qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo`lib boradi
|
3.
|
|
kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun mo'ljallangan qurilma
|
Do'stlaringiz bilan baham: |