Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2023 yil “_02__”__05__dagi _2__ -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga ilova
«Tasdiqlayman»
42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
____________R.Mamajonova
|
«Kelishildi»
Maktab kasaba uyushmasi
ko‘mita raisi
_______________D.Raxmatova
|
Yangiyo`l tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishlayotgan xodimlar uchun “Ichki mehnat tartib qoidalari”
I. Umumiy qoidalari.
1.1.Ichki mehnat tartibining ushbu qoidalari Mehnat kodeksiga, mehnat to‘g‘risidagi boshqa konun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni, mehnat intizomini hamda ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlar masalalarni tartibga soladigan asosiy qatiy me’yoriy xujjat hisoblanadi.
1.2.Qoidalar muassasaning kasaba uyushma ko‘mitasi bilan kelishib tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va muassasada qo‘llaniladi.
1.3.Qoidalarga rioya qilish ish beruvchilar va xodimlar uchun majburiy hisoblanadi, uni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
1.4.Ish beruvchining asosiy majburiyatlari.
1.4.1. Xodimlarning mehnatini tashkil etish.
1.4.2.Qonun xujjatlari va boshqa meьyoriy xujjatlarda, mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan mehnat shart- sharoitlarini yaratish;
1.4.3. Xodimga u bajargan ish uchun muassasada belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq uz vaqtida va to‘liq hajmda hak to‘lash.
1.4.4.Mehnat va ishlab chiqarish intizomini, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitlarini ta’minlash.
1.4.5.Qonunchilikka jamoa va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar tomonidan dam olish huquqini amalga oshirishni, ularga kafolat va badal to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash.
1.4.6.Mehnat majburiyatlarni bajarilishi munosabati bilan unga yetkazilgan zarar uchun xodimga haq to‘lash.
1.4.7.Xodimlarning vakolatli organlari hisoblangan kasaba uyushma qo‘mitasi xuquqlariga rioya qilish, ulariing faoliyatiga ko‘maklashish, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borish;
1.4.8.Mehnat Kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzish.
1.5.Xodimning majburiyatlari:
1.5.1.O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
1.5.2.Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq keladigan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda aniq bajarish;
1.5.3.Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;
1.5.4.Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish;
1.5.5. Mehnat jamoasining a’zolari, o‘qituvchi, o‘quvchi va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar ota-onalar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |