Tasdiqlayman” Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha prorektori, f-m f. b f. d. (PhD): dosent I. A. Karimjanov


Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) U.Usmanova


Download 386.5 Kb.
bet19/20
Sana30.04.2023
Hajmi386.5 Kb.
#1404428
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
кафедра мухокамаси Ф Халилов 2 Восстановлен

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) U.Usmanova:
Mavzu har jihatdan dolzarb va mavzu aynan hozirgi ta’lim tizimidagi islohotlarga xizmat qiladi. Mavzuni muvaffaqiyatli tanlanganligi va samarali tadqiq qilinganligi bilan tadqiqotchi va ilmiy rahbari, pedagogika fanlari doktori, dotsent F.Xalilovni tabriklayman, keyingi bosqichlarda muvaffaqiyatlar tilayman. Shu o‘rinda yana bir mulohazali fikrni aytib o‘tmoqchiman. Tadqiqot ishining muammoning o‘rganilganlik darajasi qismidagi “Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)” jumlasi bayon etilgan bo‘lib, bosh harflardan iborat qisqartmadan ham foydalanilgan. Ushbu qisqartmadan foydalanilmasa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Rais (PhD), dotsent F.M.Qo‘chqarova: boshqa so‘zga chiquvchilar bo‘lmasa so‘zni tadqiqotchi M.R.To‘raboevaga beramiz. Marhamat!
Tadqiqotchi F.: rahmat! Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari, bugun bizning ishimizni muhokama etish uchun qimmatli vaqtlaringizni ajratganingiz uchun kafedrasi jamoasiga va taqrizchilarga katta minnatdorchiligimni bildiraman. Muhokama jarayonida bildirilgan fikr va mulohazalarni albatta, inobatga olamiz. Hammangizga rahmat!
Rais pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent F.M.Qo‘chqarova: rahmat! Menimcha ham tadqiqotning mavzusi juda dolzarb, ish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ishning yanada sifatining oshishiga qaratilgan o‘rinli fikr va mulohazalar bildirildi, deb o‘ylayman.
Taqrizchilarning hamda ilmiy munozarada so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilarning fikr-mulohozalariga tayangan holda bugungi “Umumiy pedagogika” kafedrasi yig‘ilishi quyidagi xulosaga keldi:


X U L O S A
1. Andijon davlat universiteti Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti To‘raboeva Madinaxon Raxmonjon qizining “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligiga mos keladi. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasi yuqori va ilmiy tilda yozilgan.
2. Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy qiymati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1) tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati “kreativlik”, “kompetensiya”, “kreativ kompetensiya”, “shaxsiy-kreativ kompetensiya” tushunchalarining mazmun-mohiyati ochib berilganligi, talabalarda shaxsiy-kreativ kompetensiya komponentlari, mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalarining aniqlashtirilganligi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi ahamiyati, fanlarni kreativlikka yo‘naltirib o‘qitish jarayoniga doir metodologik yondashuvlarning yoritib berilganligi, shaxsiy-kreativ kompetensiyani rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-nazariy asoslanganligi bilan izohlanadi;
2) tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyani rivojlantirishda o‘quv loyihalaridan foydalanishning o‘ziga xos samarali xususiyatlarini aniqlanganligi, “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya” fanini kreativlikka yo‘naltirib o‘qitishga asoslangan texnologiyasi ishlab chiqilganligi, o‘quv jarayoniga tatbiq etilganlishi, ta’lim jarayonida ijobiy natija ko‘rsatganligi va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida shaxsiy-kreativ kompetensiyani rivojlantirish modeli takomillashtirilganligi bilan izohlanadi.
3. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: 1) ishda qo‘llanilgan yondashuv, usullar va nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, milliy va xorijiy tajribalarga asoslangan empirik o‘rganishlar asosida keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlarining samaradorligi hamda olingan natijalarning matematik-statistik metodlar vositasida asoslanganligi, xulosa va tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi; 2) muammo Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamlari, OAK e’tirof etgan maxsus va xorijiy jurnallarda chop etilgan maqolalar e’lon qilinganligi; 3) tajriba-sinov ishlari natijalarini qiyosiy tahlil qilinganligi, to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, aniqligi; 4) olingan natijalar matematik-statistik metodlari orqali asoslanligi; 5) olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan asoslanadi.
4. Nashr ishlarida tadqiqot natijalari to‘liq aks etgan bo‘lib, xususan , O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan respublika va xorijiy jurnallarda maqolalar nashr etilgan.
5. Avtoreferat dissertatsiya mazmuniga to‘la mos keladi. Tadqiqotchi tomonidan olingan natijalarni ishonchli, xulosa va tavsiyalarni asosli, deb baholash mumkin.
6. To‘raboeva Madinaxon Raxmonjon qizining “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya va avtoreferati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalariga qo‘yilgan talablar asosida bajarilgan bo‘lib, uni navbatdagi bosqich muhokamalariga tavsiya etish mumkin.

Download 386.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling