Tasdiqlayman” Andijon shahar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori


Download 24.69 Kb.
Sana23.06.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1652205
Bog'liq
15-maktab karupsiya








TASDIQLAYMAN”
Andijon shahar 15-umumiy
o‘rta ta’lim maktabi direktori


__________________D.Mo’minova
«2» «iyun» 2023-yil

Andijon shahar maktabgacha va maktab bo’limining “Korrupsiyagа qаrshi birgа kurаshаmiz!mavzusida umumta'lim maktab direktorlariga o'tkazilgan yig'ilishi




B A YO N I


2023 yil 2-iyun Andijon shahar


Raislik qiluvchi: D.Mo’minova – Andijon shahar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori.


Ishtirokchilar: B.Karimov Andijon shahar prokurori yordamchisi
Qatnashdilar: Andijon shahar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyat xodimlar va barcha o‘qituvchilari.


K U N T A R T I B I :


1.  Korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytirayotgani to'g'risida.
_____________________________________________________________________


Andijon shahar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori D.Mo’minova so'zga chiqib barcha topshiriqlarni va amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan vazifalarni belgilab, Andijon shahar prokurori yordamchisi B.Karimov, kun tartibidagi masala bo’yicha; So’z olib, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilayotganligi. Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʼnaltirilgan tizimli choralar koʼrilmoqda.

Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini taʼminlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilinayotganligi barchangizga ma’lum.


Shunga ko’ra, korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada oʼstirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda korrupsiya koʼrinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish boʼyicha bugun davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yig‘lilish ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda yig‘ilish.
QAROR QILADI:


Kun tartibidagi masala bo'yicha Andijon shahar Andijon shahar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati hamda barcha o‘qituvchilariga;
-Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati xodimlar orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida ta’lim muassasalarining yuqori axhloqiy meʼyorlarga sodiqligini, shuningdek, xodimlar faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik ishlari amalga oshirilsin.
Nazoratini; O’z zimmamda qoldiraman.
Bayon tuzuvchi: F.Abdullaeva
Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling