Tasdiqlayman” Angor tuman -son kasb-hunar maktabi direktori Z. Mamatov yanvar 2023 yil


Download 1.53 Mb.
Sana17.02.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1204888
Bog'liq
9 мактаб пластик карта Баённомаси



TASDIQLAYMAN”
Angor tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori ________Z.Mamatov
9 yanvar 2023 yil

Surxondaryo viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Angor tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Kasb-hunar maktabi rahbariyati va o‘qituvchilar bilan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish va plastik kartadan to‘g‘ri ishlatish firibgarlik jinoyati qurboni bo‘lmasliklariga ” to‘g‘irisidagi yig‘ilish


B A YO N I №

2023 yil 9 yanvar

"Yu.Talimaron" mahallasi



Yig‘ilish raisi:

Z.Mamatov - maktab direktori



Ishtirok etdi:

Kasb-hunar maktabining barcha o’qituvchi va ishchi xodimlari.

KUN TARTIBIDA:

  1. Kasb-hunar maktab rahbariyati va o‘qituvchilar bilan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish to‘g‘risida

  2. Plastik kartadan to‘g‘ri ishlatish firibgarlik jinoyati qurboni bo‘lmasliklari to‘g‘risida.

________________________________________________________________
Z.Mamatov,D.Abrayev,Ch.Umbarov,L.Xo’jaqulov
Yig‘ilishni kasb-hunar maktab direktori Z.Mamatov so‘zni ochib berdi va kun tartibidagi masalalar bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirdi. So’ngi paytlarda ineternet ijtimoiy tarmoqlar (“Telegram”, “Instagram”, “Facebook”) va undagi ilovalar (“Ozon”,“Olx”, liExpress”,“ZoodPay”)orqali savdo-sodiq munosabatlari rivojlanishi fonida mazkur sohada fuqarolarning mol-mulkiga nisbatan sodir etilayotgan firibgarlik jinoyatlari ham avj olib bormoqda.
Xususan, firibgalar tomonidan yashirin akkauntlar oqrali fuqarolarga “Yutuq chiqqanligi”, muayyan bir mahsulotni internet orqali xarid qilish uchun “Oldindan to‘lov qilish”, “Plastik kartaga hujum bo‘lganliginiqoblari ostida, ularning bank plastik kartalari kodlari va unga ulangan telefon raqamiga keladigan SMS kodlarni firibgarlik yo‘li bilan olishib, undagi mablag‘larni yechib olinishiga erishish orqali fuqarolarga ko‘b miqdorda moddiy zarar yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar avj olib bormoqda.
Birgina o‘tgan yilning 6 oyi davomida, respublika miqyosida bank platik kartalari bilan bog‘liq 3881 ta jinoyatlar hisobga olingan bo‘lib, manfaatdor tashkilotlar bilan bilan hamkorlikda olib borilgan samarali ishlar natijasida 2700 nafardan ortiq fuqarolar jabrlangan 600 dan ortiq jinotyalar fosh etilishiga erishilgan.


Joriy yilning mart-aprel oylarida birgina viloyat markazi hisoblangan Termiz shaharida joylashgan tashkilotlarda “Bank plastik kartalari bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatlari va ularni oldini olish” bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilib, mazkur tashkilotlarda seminarlar o‘tkazilib, manzilli targ‘ibot va tashviqot ishlar olib borilishi natijasida mazkur toifadagi jinoyatlar salmog‘i keskin kamayganligi kuzatilgan bo‘lsa, keyinchalik mazkur yo‘nalishdagi ishlar, viloyatning boshqa tumanlari miqiyosida muntazam davom ettirilmaganligi tufayli hozirgi kunga kelib ushbu yo‘nalishdagi jinoyatlar sodir etilishi kun sayin ko‘payib bormoqda.
Tushuntirish ishlari borish jarayonida bank plastik kartalari bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatlarining sodir etish usuli va turlari (bank platsik kartasi raqamlari, amal qilish muddati, unga ulangan telefon raqami plastkik) haqida atroflicha o‘qituvchilarga yo‘riqnomalar berildi.


QAROR QILINDI:

1.Kasb-hunar maktabda faoliyat olib boruvchi barcha o‘qituvchi va tex xodimlarga plastik kartalaridan foydalanuvchilar bilan alohida tushuntirish ishlari olib borilsin va ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Kasb-hunar maktabda har dushanba kunlari jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar kuchaytirilsin.

Qaror ijrosini ta’minlash YoIBD o’rinbosari Sh.Nomozov zimmasiga yuklatilsin.



Yig‘ilish kotibi: G'.Ko'charov
Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling