«tasdiqlayman» Angren shahar “Nishbosh” maxalla fuqarolar yig‘ini kengashi raisi R. R. Karabashov


Download 185.5 Kb.
bet3/4
Sana25.01.2023
Hajmi185.5 Kb.
#1119657
1   2   3   4
Bog'liq
Нишбош МФЙ Мўътабар аёл1

T A V S I F N O M A
Fuqaro Ganieva Urazgul Mamadalievna 5-mart 1962 yilda Toshkent viloyati Angren shahrida tug‘ilgan.Angren shaxar “Nishbosh” maxallasi Nishbosh ko‘chasi 210-xonadonda doimiy ruyxatdan o‘tgan xolda oilasi bilan yashab kelmokda. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. Xozirgi kunda Angren shahar “Nishbosh” MFY da xotin-qizlar faoli bo‘lib faoliyat olib bormoqda.
Fuqaro Ganieva Urazgul Mamadalievna maxallada, odob –axlokli, jonkuyar, samimiy, xaqiqatguy, e’tiborli va talabchan inson sanaladi. U shu kunga qadar qo‘ni –qo‘shnilari va boshqa begona insonlar bilan xam yaxshi munosabatda bo‘lib kelgan. U 44 yillik mexnat faoliyatida 1994- yildan- 2002 yilgacha o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2002 -yildan boshlab 2017 yilga qadar Angren shaxar 30 -umumta’lim maktabida direktor lavozimida ishlab kelgan. SHu davr moboyinida 2008 yil 30 maktab kapital rekonstruksiya qilinib qaytadan qurildi. Usha yili sentyabr oyida ishga tushirildi.Toshkent viloyati bo‘yicha “Eng yaxshi quruvchi – direktor” naminasiyasi 1-o‘rinni egalladi. 2016 yil maktabga zamon talablariga javob bera oladigan asbob usukunalariga ega bo‘lgan “Sport zali” qurildi va ishga tushurildi. Maktabning obodonlashtirilishi maqsadida 1200 metr masofadan shlangi quvr asosida ichimlik suvi olib kelindi. Raxbarlik faoliyati davrida o‘zining bilim va ko‘nikmalariga tayangan xolda ko‘l-ostidagi o‘qituvchilariga amaliy va ma’naviy tomondan xam o‘rnak bo‘lib kelgan, o‘ziga ishonib topshirilgan xar qanday ishga mas’uliyat bilan yondashib, bajarishga xarakat qiladi. Xushyor, o‘zining prinsiplarga ega, oshkor bo‘lmagan xolda ish yurita oladi, ishonchni oqlaydi.
Fuqaro Ganieva Urazgul Mamadalievna Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha xamda YArashtirish, xotin –qizlar faoli, Ma’naviyat va ma’rifat komissiyalari,Angren shaxar ”Oqila ayollar” komissiyasining a’zosi hisoblanadi. Xonadonlarga tashrif buyurib oiladagi ijtimoiy ma’naviy muxitni o‘rganib aniqlangan muammolarni xal qilishda o‘zining tajribasidan kelib chiqgan holda tug‘ri yo‘nalishlar berib boradi.Xamda yordamga muxtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan ayollarga , yosh oilalarning turmush tarzini yaxshilash xamda oila muqaddas dargoxligi to‘g‘risida misollar bilan tushuntirishni natijasida ajrimlarning oldini olishda hissasini qo‘shib kelmoqda.”Nishbosh” maxallasi 3 yildan buyon axoli o‘rtasida jinoyatchilik va ajrimlardan xoli xudud hisoblanadi.
Fuqaro Ganieva Urazgul Mamadalievna davlatimizning iqtisodiy,ma’naviy rivojlanishida qo‘shgan xissalari uchun Angren xokimi,Oila va xotin-qizlar bo‘limi tamonidan “Faxriy yorliqlar”bilan taqdirlandi.2022-yil 7-dekabrda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” ga atab esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Axolining xavfsizligini ta’minlash, jinoyatning oldini olishda ayniksa xotin-qizlar o‘rtasida salbiy ko‘rsatkichini oldini olish xamda yongin xavfsizlikgini oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishlarda faol ishtirok etib keladi, ayniksa, tuy va marakalarni o‘tkazishda isrofgarchilikga yul quymaslik xamda yosh oilalarni o‘z mehnati bilan oilasini tebratish lozimligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib boradi. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok etadi, maxalla xududida maxalla idorasini barpo etish yo‘lida xam amaliy yordamlar ko‘rsatib kelgan. Maxallada boshqalarga ibratli bo‘la oladigan oila bekasidan biri bo‘lib besh nafar qizni voyaga etkazib, turmushga uzatgan va bir nafar o‘g‘lini uyli-joyli qilgan onaxondir.O‘n etti nafar nabiralarning suyukli buvijonisi bo‘lib ularni tarbiyasiga katta e’tibor qaratib, Vataniga xizmat kiladigan solix- solixa inson bo‘lishga aloxida e’tibor qilib keladi.
Fuqaro Ganieva Urazgul Mamadalievna insonparvarligi va jonkuyarligi bilan boshqalardan ajralib turadi. SHu kunga qadar uning ustidan arz va shikoyatlar tushmagan xech qanday diniy oqimlarga aralashmagan.
Tavsifnoma tavsiya etish uchun berildi.

Angren shaxar “Nishbosh”


MFY raisi: R.R.Karabashov.

“TASDIQLAYMAN”


Angren shahar “Nishbosh”
maxalla fuqarolar yig‘ini raisi
__________R.R.Karabashov.
2023- yil ­­_23- yanvardagi


Download 185.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling