«tasdiqlayman» Angren shahar “Nishbosh” maxalla fuqarolar yig‘ini kengashi raisi R. R. Karabashov


Download 185.5 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi185.5 Kb.
#1119657
1   2   3   4
Bog'liq
Нишбош МФЙ Мўътабар аёл1

Qaror qiladi:

  1. Angren shahar “Nishbosh” maxalla fuqarolar yig‘inida 2023-yil uchun “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladigan nomzodlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi vakillar yig‘ilishi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Angren shahar “Nishbosh” maxalla fuqarolar yig‘inida 2023- yil uchun “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladigan nomzodni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya a’zolariga kengash raisi R.Karabashov, komissiya raisining o‘rinbosari Z.Muratov komissiya a’zolari SH.Abdurasulova, J.Barkinov, M.Urunbaeva U.YUsupov, M.Kazieva, R.Abduqayumovlar komissiya a’zolari etib tayinlansin.

  3. Angren shahar “Nishbosh” maxalla fuqarolar yig‘ini 2023- yil uchun “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladigan nomzodni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishini o‘tkazib yig‘ilish qarori va ko‘rsatilgan nomzod to‘g‘risidagi xujjatlar to‘plamini o‘rnatilgan tartibda Angren shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limiga yuborilsin.

Bayonnoma tuzuvchi: SH.Abduroxatov


Angren shaxar “Nishbosh” maxalla fuqarolar yig‘inida 2023-yilda “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladigan nomzodni ko‘rib chiqish bo‘yicha tuzilgan komissiyaning yig‘ilish
BAYONI:
2023- yil “23” yanvar
Raislik kiluvchi : R.R.Karabashov – Angren shaxar “Nishbosh” maxalla fuqarolar yig‘ini raisi
Taklif etilganlar: Komissiya va Kengash a’zolari.

Yig‘ilishni Angren shahar “Nishbosh” maxalla fuqarolar yig‘ini kengashi raisi R.Karabashov olib bordi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 2 fevraldagi PF -5325-sonli “Xotin- qizlarni qo‘llab quvvatlash va oila inistitutni mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tug‘risida”gi xamda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 2 apreldagi №257-sonli qaroriga ko‘ra “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga nomzodlar ko‘rsatish xaqida gapirib davlatimiz tomonidan ayollarga oid davlat siyosatini mutloqa yangi bosqichga ko‘tarish bilan bir qatorda jamiyatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchayganligi xaqida tushuncha berdi.


“Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga maxallaga mexnati singan, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda faol qatnashgan, na’munali oila boshlig‘i, tashabbuskor fuqaroni tanlab olish lozimligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
So‘zga maxalla kengash a’zosi komissiya ishtirokchisi U.YUsupov o‘z so‘zida maxallada ko‘p yillardan buyon beminnat xizmat qilib kelayotgan na’munali oila bekasi, xayotiy tajribaga ega bo‘lgan,ta’limda 38 yil faoliyat olib borib,19 yil raxbarlik lavozimida,15 yil maktab direktori bo‘lib ishlagan, xozirgi kunda Nishbosh MFY yig‘inida xotin-qizlar faoli lavozimida ishlayotgan Ganieva Urazgul Mamadalievnaning nomzodini tavsiya etdi. Yig‘ilgan komissiya a’zolari bir ovozdan ma’qullashib 2023- yil “Nishbosh” maxallasidan “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga nomzod etib kengash a’zolari Ganieva Urazgul Mamadalievnani nomzodini tasdiqlashdi.
Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng kengash a’zolari
KAROR KILADI:
1.Angren shahar “Nishbosh” maxalla fuqarolar yig‘inidan 2023- yil uchun “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga Ganieva Urazgul Mamadalievnaning nomzodi tasdiqlansin.
2. O‘rnatilgan tartibda xujjatlar to‘plamini Angren shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limiga yuborilsin.

“Nishbosh” maxalla kengashi raisi: R.Karabashov.


Angren shahar “Nishbosh” maxalla fuqarolar yig‘inidan 2023- yil uchun
“Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga nomzod
Ganieva Urazgul Mamadalievnaga

Download 185.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling