1-Mavzu: Sport fiziologiyasi fanining predmeti, ahamiyati va fanlar tizimidagi o’rni.
Fiziologiya fanining maqsadi, vazifalari. Asosiy fiziologik tushunchalar, fiziologik funksiyalarining boshqarilish yollari (mexanizmi). Organizm va tashqi muhit. Organizmning yashash sharoitida moslashishi,ozgarilishni yuzaga kelishida xujayra qobigining ahamiyati. Mushak faoliyatida fiziologik funksiyalarning boshqarilishi.
2-Mavzu: Jismoniy mashg'ulotlarning fiziologik tasnifi (klassifikatsiyasi)
Jismoniy mashqlarning umumiy tasnifini, mos ravishdagi mashqlarni amalga oshiradigan mushaklar faolligining uchta asosiy tavsiflarga ajratish mumkin: 1) faol mushak massasining hajmi; 2) mushak qisqarishlarining tiplari (statik yoki dinamik); 3) qisqarishlarning kuchi yoki quvvati.
3-Mavzu: Sport faoliyati vaqtida organizmda yuzaga keladigan funksional holatlar.
Mashq qilish yoki musobaqada mashqlarni bajarish paytida, sportchining funksional holatida ancha katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ushbu mashqlarning uzluksiz dinamikasida uchta asosiy: startoldi, asosiy (ishchi) va qayta tiklash davrlarini ajratish mumkin. tartoldi holati, ishni (mashqni bajarishni) boshlashdan oldingi funksional o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi. Ishchi davrida, ishning eng dastlabki davrida funksiyalarning tez o‘zgarishi — ishga kirishish holati va uning ketidan keladigan, asosiy fiziologik funksiyalarning o‘zgarmas (aniqrog‘i, sekin o‘zgaradigan) holati, ya’ni turg‘un holat farqlanadi. Mashqni bajarish jarayonida charchash rivojlanadi va u, ishchanlik qobiliyatining pasayishida, ya’ni mashqni talab darajasida jadal bajarishni davom ettirish imkoniyatining bo‘lmasligida, yoki ushbu mashqni bajarishdan to‘liq voz kechishda namoyon bo‘ladi.
4-Mavzu: Mushak kuchi va tezlik -kuch sifatlarining fiziologik asoslari
Mushak kuchi, harakatning tezligiga teskari bog‘liq ekanligi, harakatning tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, namoyon bo‘ladigan kuch shunchalik kichkina bo‘ladi va aksincha. Turli sport mashqlari, «kuch-tezlik» egri chizig‘ining har xil nuqtalariga mos keladi. Mushakning maksimal izometrik kuchiga yaqin yoki teng bo‘lgan tashqi yuklamalik mashqlar — xususan — kuchli mashqlar hisoblanadi. Masalan, «qo‘llarda turish», «krest» kabi gimnastik mashqlar, halqalarda «oldingi muvozanat», maksimalga yaqin yoki maksimal og‘irlikdagi shtanga bilan bajariladigan og‘ir atletika mashqlari, shular jumlasidandir
Do'stlaringiz bilan baham: |