Tasdiqlayman” Buxoro davlat universiteti


-Mavzu: Chidamlilikning fiziologik asoslari


Download 39.21 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi39.21 Kb.
#1554977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SpFizDasturTayyori2021

5-Mavzu: Chidamlilikning fiziologik asoslari.
Chidamlilik tushunchasi kundalik hayotda, insonning muayyan aqliy yoki jismoniy (mushak) faoliyati davomida bajarishi mumkin bo‘lgan ish qobiliyatidir. Odamning jismoniy harakati (qobiliyati) sifatida chidamlilikni tavsiflash nisbiydir: u, faqatgina ma’lum bir faoliyat turiga mansubdir. Boshqacha aytganda, chidamlilik o‘ziga xos (spetsifikdir) — u, har bir inson ma’lum bir, o‘ziga xos (spetsifik) faoliyatni bajarish paytida namoyon bo‘ladi.
6-Mavzu: Harakat ko'nikmalarini shakllantirish
Harakatlarni boshqarish paytida, markaziy asab tizimi juda murakkab faoliyatni amalga oshiradi. Bu, sportda dinamik harakatlarni boshqarishda va gavdaning ma’lum bir holatlarini ushlab turishda, bitta emas va ayrim paytlarda bir nechta ham emas, balki o‘nlab turli mushaklar ishtirok etishi bilan bog‘liq. Ishlayotgan mushaklarning tarkibi va ulardagi qisqaruvchan harakat birliklarining soni shu bilan birga, harakat aktining bitta fazasidan boshqasiga o‘tish paytida emas, balki o‘sha fazaning o‘z doirasida uzluksiz o‘zgarib turishi mumkin. Undan tashqari, ushbu harakatlarda ishtirok etayotgan mushaklarning tarkibi ham, ishga jalb qilingan harakat birliklarining soni ham, harakat tezlik, kuchlanishning darajasi, toliqish va bir qator boshqa omillarning o‘zgarishi paytida o‘rin almashib turadi
7-Mavzu: Bolalarda jismoniy va aqliy shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri.
Bolalar va o‘spirin yoshdagi sportchi sifatida mukammallashtirishning xarakterli o‘ziga xosligi shundan iboratki, ularda harakat va vegetativ funksiyalarning rivojlanishi, ishchanlik qobiliyatining oshishi, organizmning o‘sishi va shakllanishi jarayonlari hali tugallanmagan fonda sodir bo‘ladi. Shuning uchun, yosh sportchi tayyorgarligini juda tezlashtirish, tor doiradagi jismoniy mashqlarni qo‘llash, trenirovka yuklamalarini erta va o‘ta kuchaytirib yuborish alohida xavf tug‘diradi
8-Mavzu: Rivojlanishdagi kritik davrlar. Odam organizmining rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo bo'ladi. Bu davrlarda organizm ketma-ket morfologik biokimyoviy va fiziologik o'zgarishlarga uchraydi. Bu o'zgarishlar o'sish varivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog'langan.

Download 39.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling