«tasdiqlayman» Fakultet dekani A. Q. Aymatov


Download 56.66 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi56.66 Kb.
#1596752
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 Hisobot yillik (2021-2022 o\'quv yili uchin)

Asosiy shtatda




1

Fayziyev Mirzaali Asfandiyorovich

Kafedra mudiri, p.f.n., dots.

2

Shodiyev Narziqul XXX

p.f.d., professor

3

Xolboyeva Sitorabonu Zohirovna

Assistent

4

Tirkashev Nodir Ilxomovich

Assistent

5

Mirzoyeva Nigora Shavkatjonovna

Assistent







1

Kiyamov Nishon Sadikovich

p.f.d., dots.

Kafedrada ilmiy salohiyatga ega bo’lgan fan doktori, professorlarning o’rtacha yoshi 74 yosh, fan nomzodining o’rtacha yoshi 49 yoshni tashkil etadi. Kafedra ilmiy salohiyati 40% .


O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yilni “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla” yili deb e’lon qilinganligi hamda hozirgi kunda eng dolzarb vazifazifalardan kelib chiqib kafedra bosh mavzusini “Xorijiy va mahalliy ilgʻor tajribalar hamda texnologiyalardan foydalanib, uzluksiz ta’lim samaradorligini oshirish” nomlandi hamda kafedraning bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi yuzasidan tadqiqot ishlari olib borildi.
Unga prof. N.Shodiyev, dots. M.Fayziyev rahbarlik qilib, kafedraning barcha professor-o’qituvchilari, magistrant va bakalavriyatning iqtidorli talabalari jalb qilingan.
Barcha tayyorlangan o’quv qo’llanma, uslubiy qo’llanma, risola va uslubiy tavsiyanomalar, ilmiy maqolalarda «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli me’yoriy hujjatlarida va kafedraning bosh mavzusi asosidagi g’oyalar o’z aksini topgan.
Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish uchun ilmiy salohiyatni belgilangan reja asosida olib borishini ta’minlash maqsadida mustaqil tadqiqotchilik asosida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalarning faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda ilmiy seminarlarda, kafedra yig’ilishlari va Fakultet Kengashlarida muhokama etib borilmoqda.
Kafedra yig’ilishining qaroriga binoan kafedrada tasdiqlangan jadval asosida, 2021-2022 yilida ilmiy-tadqiqotchilik sohasida erishilgan yutuqlar va ilmiy natijalar kafedra a’zolari va magistrantlarni jalb qilgan holda muhokama etilmoqda hamda bu sohada kelgusi yilda bajariladigan ishlar rejalashtirildi.
Bundan tashqari kafedrada 3 nafar assistentlat mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Kafedrada 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo’yicha) mutaxassislik bo’yicha jami 16 nafar magistrantlar tahsil olishmoqda.
Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish uchun doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishni rivojlantirish maqsadida 2022 yilda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, doktorlik dissertatsiya ishlarini boshlash uchun mustaqil tadqiqotchi o’qituvchilar Tirkashev Nodir, Xolboyeva Sitora, Mirzoyeva Nigoralarga muayyan shart-sharoitlar yaratildi.
Ilmiy salohiyatni belgilangan reja asosida olib borishini ta’minlash maqsadida mustaqil tadqiqotchilik asosida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan professor-o’qituvchilar, magistrantlarning faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda ilmiy seminarlarda, kafedra yig’ilishlari va fakultet Ilmiy kengashlarida muhokama etib borildi.
Kafedra yig’ilishining qaroriga binoan kafedrada tasdiqlangan jadval asosida, 2022 yilda ilmiy-tadqiqotchilik sohasida erishilgan yutuqlar va ilmiy natijalar kafedra a’zolari, mustaqil tadqiqotchilar magistrantlar jalb qilgan holda muhokama etildi hamda bu sohada kelgusi yilda bajariladigan ishlar rejalashtirildi.
Kafedrada mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy kadrlar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan: o’qituvchi N.Mirzoyeva “Mahmudxo‘ja Behbudiy ilmiy-pedagogik merosidan o‘quv jarayonida foydalanish tizimini takomillashtirish (amaliy ta’lim pedagogik ta’lim yo‘nalishlari misolida)”, S.Xolboyeva “Совершенствование подготовки студентов к восточным семейным отношениям в условиях третьего Ренессанса” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini kafedra yig’ilish va fakultet kengashlarida tasdiqlatdilar.
Kafedra professor-o’qituvchilari asosan ko’p fakultetlarda “Umumiy pedagogika” fanidan talabalarga dars mashg’ulotlarini olib borishadi.
O’quv jarayonini samarali tashkil etish uchun kafedraga biriktirilgan o’quv va yordamchi xonalar tegishli devoriy stendlar, turli o’quv-uslubiy ko’rsatmalar bilan jihozlangan. Kafedrada 1 ta Pentium IV kompyuter va 1 ta printer mavjud bo’lib, kafedra faoliyatini samarali tashkil etishda foydalanilmoqda.
Kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan “Pedagogik mahorat” (rahbar S.Xolboyeva), “Yosh pedagog” (rahbar N.Mirzoyeva), “Zakovat inteliktual klubi” (rahbar N.Tirkashev) to’garaklari tashkil etilgan.
2021-2022 o’quv yilida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 44 dan ortiq ilmiy maqolalar, mahalliy, Respublika va chet el jurnallarida nashr qilindi. Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 1 ta o’quv qo’llanma, 1 ta uslubiy qo’llanma, xalqaro jurnallarda 13 ta, Respublika ilmiy jurnallarda 13 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 6 ta, ilmiy maqolalar pedagogika yo’nalishidagi respublika konferensiyalarida 3 ta tezislar chop etildi.



Download 56.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling