«tasdiqlayman» Fakultet dekani A. Q. Aymatov


Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar


Download 56.66 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi56.66 Kb.
#1596752
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 Hisobot yillik (2021-2022 o\'quv yili uchin)

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar:
Hozircha yo’q.


V. USTOZ-SHOGIRD ISHLARI
Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida bo’lg’usi mutaxassis o’qituvchilarga tarbiyaviy ta’sir qiluvchi ustoz-shogird an’analari tajribasi amaliy tasdiqlangan omil sifatida ifodalanadi. Tez sur’atda ilmiy-texnik rivojlanish jarayonini amalga oshirilib borishi natijasida ta’lim jarayonining qirralari mukammallashib borayotganligi, ularning tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni, innovatsion uslublarni keng doirada kirib kelishi kabi hollar bo’lg’usi mutaxassislarni kasbiy taalluqliligi masalalarini aniqlash, ularga o’z vaqtida yordam berish kabi masalalarga e’tibor qaratish, ustoz-shogirdlik an’analaridan o’rinli foydalanish zarurligini keltirib chiqarmoqda. Uning asosida har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetkazish masalalari o’z ifodasini topdi.
Bugungi kunda yosh mutaxassislarni har tomonlama shakllantirishga e’tibor har qachongiga nisbatan tezlashtirish ehtiyoji zamon talabiga aylandi, ularning kasbiy faoliyatini oshirishga qaratildi. Tarixiy sharoitlarining o’zgarishi borasida to’plangan tajribalarni yoshlar ongiga yetkazish shakllari ham o’zgarib bormoqda. Shu munosabat yuzasidan kafedrada Ustoz-shogird an’anasi yo’lga qo’yilgan bo’lib, bunda kafedra tajribali professor-o`qituvchilari yosh assistent-o`qituvchilarga o’quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha metodik yordam ko’rsatishmoqda. Jumladan, 2021-2022 o’quv yili hisobidan prof. N.Qiyamov, kafedra mudiri, dots. M.Fayziyev kafedra o’qituvchisi N.Tirkashev bilan birgalikda SCOPUS bazasidagi Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry nomli jurnalda ilmiy maqola chop ettirishdi. Shuningdek, o’quv jarayoniga metodik yordam sifatida semestr davomida professor-o’qituvchilar yosh o’qituvchilarga amaliy yordam ko’rsatib kelishdi.


VI. MAKTABLAR BILAN ALOQALAR
Davlatimiz rahbarining shu yil 6 noyabrdagi “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ta’lim sohasidagi keng ko’lamli islohotlarni yangi bosqichga ko’tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o’rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jarayon munosabati bilan pedagogika kafedrasi professor-o’qituvchilari o’quv yili davomida o’zlariga biriktirilgan Samarqand tumanidagi 29-umumta’lim maktabida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- мaktabning 11-sinf bitiruvchilari o’rtasida ularning maktabdan keyingi faoliyati haqida so’rovnoma o’tkazildi. So’rovnoma natijalariga ko’ra OTM ga topshiradigan (yo’nalishlar kesimida) va ishga kirish istagida bo’lgan (sohalar kesimida) o’quvchilar kontengenti monitoring jadvali shakllantirildi.
- pedagogika kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Samarqand tumanidagi 29-umuta’lim maktabi pedagogik jamoasi sifat tarkibini o’rganish maqsadida 2022 yil 20- va 29-yanvar kunlarida maktab o’qituvchilaridan diktant hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini aniqlash uchun test olindi.
- oliy ta’lim bilan maktab o’rtasida hamkorlik bo’lishi va tajriba oshirib borilishi haqida davra suhbatlar tashkil etildi. Maktab o’qituvchilariga kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bir necha marta mahorat darslari o’tib berildi va tajribalar almashildi.
- o’qituvchilarni erishgan yutuqlari va yo’l qo’ygan kamchiliklari bo’yicha oyida bir marta navbatdan tashqari pedagogik kengashda muhokama etish va o’quv yili oxirida o’qituvchilar reytingini aniqlash bo’yicha kasbiy va pedagogik nazorat ishlari tashkil etilishi maktab pedagogik jamoasiga ma’lum qilindi.
- nazorat ishlari natijalari hamda o’qituvchilarni ikki o’quv yilida erishgan yutuqlariga qarab (eng namunali, o’rta, qoniqarsiz o’qituvchi) toifalariga ajratish bo’yicha tahlil olib borildi.
- ajratilgan toifalariga qarab o’qituvchilarga o’z ustida ishlashlari uchun vazifalar (haftalik, oylik, choraklik, yillik) yuklatildi.
- Kafedrada faqat pedagogika fanlari mavjudligi sababli, kafedra professor-o’qituvchilariga bazaviy ma’lumotlariga asosan maktabda ko’rsatkichlari past bo’lgan o’qituvchilarni Ustoz-shogird an’analariga asosan biriktirish ishlari olib borildi.
- maktab pedagogik jamoasining pedagogik mahoratini oshirish maqsadida kafedra-professor o’qituvchilari tomonidan bir nechta elektron ta’lim resurslari maktab axborot-resurs markaziga taqdim etildi.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan maktab pedagogik jamoasiga AKT vositalaridan keng foydalanish hamda fanlarga oid internet tarmog’idagi saytlarga kirib, kerakli ma’lumotlar olishi bo’yicha masahatlar berib borildi.



Download 56.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling