Ishning maqsadi: “Raqobat va yakka xokimlik. Monopolistik va oligopolistik bozorlar” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Topshiriq shakli: tushunchalar glossariysini tuzish, masalalarni yechish, keys tuzish.
Bajarish vaqti: 6 soat
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 12
1-Topshiriq. “Raqobat va yakka xokimlik. Monopolistik va oligopolistik bozorlar” mavzusi bo’yicha tushunchalar glossariysini tuzish.
Tushunchalar glossariysini tuzish bo’yicha metodik tavsiyalar:
1) mavzuni diqqat bilan o'qish;
2) eng keng tarqalgan tushunchalarni aniqlash;
3) umumiy mavzu bilan birlashtirilgan tushunchalar ro'yxatini tuzish
4) tushunchalarni alifbo tartibida joylashtirish;
5) tayanch tushunchalarga izoh yozish:
- tushunchaning aniq ta’rifini berish;
- tushunchaning ma'nosini kengaytirish.
2-Topshiriq. “Raqobat va yakka xokimlik. Monopolistik va oligopolistik bozorlar” mavzusi bo’yicha berilgan masalalarni yechish.
3-Topshiriq. Mavzuga oid keys tuzib kelish.
Keys tuzish bo’yicha metodik tavsiyalar:
1. Keysning mohiyati va uni qo’llash shartlari bilan tanishib chiqish.
2. Muammoni taqdim etish (muammoli vaziyat).
3. Keys savollarini tuzish va savollariga javob topishga harakat qilish.
4. Muammo bo’yicha ikkinchi darajali masalalarni ajratish, shakllantirish, asoslash.
5. Tadqiqot metodini tanlash va vaziyatni tahlil qilish.
6. Taqdim etilgan muammoning amaliy jihatlarini o’rganish.
7. Muammoni yechishning usul va vositalarini aniqlash.
8. Keys yechimni asoslash va bayon etish.
Baholash mezonlari:
1. Berilgan tavsif tushunchalar mazmuning aniqligi.
2. Tavsif va tushunchalar mazmuning to’liqligi (xususiyati, o’ziga xosliklarining ifodalanganligi)
3. Tushunchaning aniq ta’rifini berish.
4 Berilgan masalalrni yechimi topilganligi va rasmiylashtirilganligi
5. Keys yuzasidan muammoning to’g’ri shakllantirilganligi
6. Keys yechimning asoslanganligi.
7. Nutqga ishonch, materialga yo'naltirilganlik, uni tinglovchilarga taqdim etishning ochiqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |