Topshiriq shakli: masala yechish, keys tuzish.
Bajarish vaqti: 6 soat
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 11
1-Topshiriq. “Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanati va tarmoqning taklifi” mavzusi bo’yicha berilgan masalalarni yechish.
2-Topshiriq. Mavzuga oid keys tuzib kelish.
Keys tuzish bo’yicha metodik tavsiyalar:
1. Keysning mohiyati va uni qo’llash shartlari bilan tanishib chiqish.
2. Muammoni taqdim etish (muammoli vaziyat).
3. Keys savollarini tuzish va savollariga javob topishga harakat qilish.
4. Muammo bo’yicha ikkinchi darajali masalalarni ajratish, shakllantirish, asoslash.
5. Tadqiqot metodini tanlash va vaziyatni tahlil qilish.
6. Taqdim etilgan muammoning amaliy jihatlarini o’rganish.
7. Muammoni yechishning usul va vositalarini aniqlash.
8. Keys yechimni asoslash va bayon etish.
Baholash mezonlari:
1. Berilgan masalalrni yechimi topilganligi va rasmiylashtirilganligi
2. Keys yuzasidan muammoning to’g’ri shakllantirilganligi
3. Keys yechimning asoslanganligi.
4. Nutqga ishonch, materialga yo'naltirilganlik, uni tinglovchilarga taqdim etishning ochiqligi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. Pindyck, Robert S. Microeconomics. - Copyright 2013, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.
2. Olimova N.X., Ergashev A.X. “Mikroiqtisodiyot” o‘quv-uslubiy ko‘rsatma. – F.: FDU, 2010. 91-99 betlar.
3. Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.
4. Salimov V.T., Mustafakulov Sh.I., Yuldashev G'.T., Sultanov B.T. Mikroiqtisodiyot: Masalalar to'plami -T.: TDIU, 2018. - 210 b.
MUSTAQIL TA’LIM № 12.
Mavzu № 12. Raqobat va yakka xokimlik. Monopolistik va oligopolistik bozorlar
Do'stlaringiz bilan baham: |