«Tasdiqlayman» Kafedra mudiri " " 2021 yul Ma’ruza mazmuni va unung hajmi


Download 35.55 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi35.55 Kb.
#1472754
Bog'liq
21792 Календар режа магистр


«Tasdiqlayman»
Kafedra mudiri ____________
"_____"___________ 2021 yul


Ma’ruza mazmuni va unung hajmi
«Agranomiyada ilmiy tadqiqot usullari» fanidan dastur bajarilishining calendar tematik rejasi 181-Agranomiya



T/r

Mavzu nomi

Mavzu rejasi

Sana

1

Fanning maqsadi va vazifalari. Ilmiy agronomiyaning usullari

1.Fanning maqsadi va vazifalari. Respublikadagi ilmiy tadqiqot muassasalari.
2.Ilmiy agronomiyaning usullari. 3.Eksperiment, kuzatuvlar. Ilmiy tajribaning asosiy xususiyatlari. 4.Standart, etalon va tajriba variantlari.
5.Tajriba sxemasi. Sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha variantlar. 6.Takroriylik va takrorlashlar. 7.Eksperimentlarning laboratoriya, vegetatsion, lizimetrik, vegetatsion- dala va dala tajribasi usullari




2

Dala tajribasi va unish xususiyatlari.

Dala tajribasiga qo`yiladigan talablar. Dala tajribasining tipikligi. Dala tajribasi ma’lumotlarining ishonchligi. Dala tajribasida bir xillik omili. Dala tajribasida uchraydigan xatolar. Tasodifiy, sistematik va qo`pol xatolar. Dala tajribasining turlari. Agrotexnik tajribalar. Nav sinash tajribalari. Bir omilli va ko‘p omilli dala tajribalari. Yagona va yalpi (geografik) tajribalar. Qisqa muddatli, ko`p yillik va uzoq muddatli tajribalar.






3

Dala tajribasini o‘tkazish sharoitlarining xususiyatlari. Yer tanlash va tajribaga tayyorlash.



Dala tajribasi o`tkazish sharoitlarining xususiyatlari. Yer tanlash va tajribaga tayyorlash. Yer uchastkasiga qo`yiladigin talablar. Yer uchastkasining tarixi. Yer uchastkasining tuprog`i, relefi. Yer uchastkasini o`rganish va tayyorlash. Tuproq sharoitini(fonni) baravarlashtiruvchi va tekshirish ekinlarini ekish (rekognotsirovka qilish).




4

Dala tajribasi uslubiyatining asosiy elementlari

Dala tajriba uslubiyatining asosiy elementlari. Variantlar soni, takrorlash va takroriylik, bo`laklarning shakli va yo`nalishi. Himoya qatorlari va zonalari. Variantlar va takrorlashlar sonining tajribaning ishonchliligiga ta’siri. Tajribani vaqt bo`yicha takrorlash. Qisqa muddatli, ko‘p yillik va uzoq muddatli tajribalar




5

Tajribada variantlarni joylashtirish usullari.



Tajribada variantlarni joylashtirish usullari. Variantlarni joylashtirishning standart usuli. Variantlarni joylashtirishning sistematik usuli. Variantlarni joylashtirishning rendomizatsiya usuli va uning samaradorligi. Rendomizatsiya texnikasi. Lotin kvadrati va to‘g`ri to‘rtburchak. Tarqoq bo`laklar usuli. Aralashtirish usuli




6

Eksperimentni rejalashtirish.

Eksperimentni rejalashtirishning uch bosqichi: I) rejalashtirish; 2) dala tajribalarida kuzatish va hisobga olishlarni o‘tkazish; 3) olingan ma’lumotlarni umumlashtirish va ularga ishlov berish. Mavzu tanlash. Masalaning xozirgi xolatini o‘rganish. Ishchi gipotezalarni olga surish. Eksperimentning uslubiyatini, sxemasini ishlab chiqish va rejalashtirish. Bir omilli tajribalarni rejalashtirish. Ko‘p omilli tajribalarni rejalashtirish. Ko‘p yillik statsionar tajribalarni rejalashtirish. Kuzatish va hisobga olishlarni rejalashtirish




7

Dala tajribasini qo‘yish va o‘tkazish texnikasi

Tajriba uchastkasininig sxematik planini chizish. Tajriba uchastkasini bo`lish. Tajribani dalaga joylashtirish. Tajriba dalasida o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar. O`g`itlarni solish. Tuproqqa ishlov berish. Ekish. Tajriba dalasida o‘simliklarni parvarish qilish. G‘o‘zada, donli va dukkakli don, qator oralari ishlanadigan, bir yillik va ko`p yillik o`tlar va boshqa ekinlarda hosilni hisobga olish




8

Fenologik kuzatuvlar va xisob-kitoblar.



Asosiy kuzatuv belgilarini aniqlash, dala kuzatuvlari dasturini ishlab chiqish. Kuzatuvlarni o‘tkazish muddatlari va sonini belgilash. O‘simlik turlariga qarab kuzatuv turlarini belgilash. Hosilni hisobga olish. Birlamchi ma’lumotlarga ishlov berish. Ishlov berishning dastlabki yo`llari. Hisobga olishlarni o`tkazish tartibi. Rivojlanish fazalari bo`yicha xisobga olish. Ko`chat qalinligini aniqlash, hosildorlikni aniqlash, begona o'tlar sonini aniqlash, zararkunandalar va kasalliklar miqdorini aniqlash




9

Dala tajribasida xosilni yig‘ishtirish va taxlil qilish.



Dala tajribasida hosilni yig`ishtirish oldidan dalani ko‘zdan kechirish va hosilni to`g`ri hisoblashning ahamiyati. Ko`chat yetishmasligi va dala tajribasida o‘rganilayotgan uslubiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘lgan omillarning ta’siri tufayli xatoliklarga ega bo‘lgan
bo‘laklarni brak qilish. Hosildorlik ma’lumotlariga ishlov berish, bo`lakdan olingan hosildorlikni gektariga/sentnerda aylantirib hisoblash, hosildorlik ma’lumotlari asosida jadval tuzish




10

Tuproqqa ishlov berish va ekish usullari bo`yicha dala tajribalari.



Tuproqqa ishlov berish usullari bo`yicha dala tajribalari. Bo‘laklar o‘lchami. Bo‘laklar uzunligi. Variantlarni joylashtirish va ularning takroriyligi. Dala tajribalarida tuproqqa ishlov berish muddatlari. Ekish oldidan tuproqqa ishlov berish muddatlari. Tuproqning agrofizik xossalarini o`rganish. Tuproq va o‘simliklarning agrokimyoviy tahlili.Tuproq mikroflorasini kuzatish. Kultivatsiya va egat chuqurligini o‘lchash. Ekish usullari bo‘yicha dala tajribalari. Ekishning qulay muddatlari, me’yorlari va chuqurligini aniqlash bo‘yicha dala tajribalari. Urug`larni ekish oldidan tayyorlash usullari. Urug`likning sifatini aniqlash. Bo‘laklar o‘lchami va ularni joylashtirish. Ekish usullari. Nihollarni sanash maydonchalari. Nihollarni sanash muddatlari. Nihollar sonini hisobga olish ma’lumotlari bo‘yicha yig`ma jadval tuzish




11

Ekinlarii sug`orish bo‘yicha tajribalarni o`tkazish uslublari.



Sug`orish bo‘yicha tajriba dalasiga qo‘yiladigan talablar. Qator oralari ishlanadigan ekinlarni sug`orish bo`yicha tajribalarda variantlar o‘lchami. Sug`orish bo‘yicha o‘tkaziladigan tajribalarda agrotexnik tadbirlarni rejalashtirish va bajarish. O`g`itlash, sug`orish va qator oralariga ishlov berish. Ekinlarni sug`orish muddatlarini belgilash. Ekinlarni tuproq namligi bo`yicha sug`orish. Tuproqning cheklangan dala nam sig`imini aniqlash. Sug`orishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha o`tkaziladigan tajribalarning xususiyatlari. Egatlar va bo‘laklar bo`yicha sug‘orishni mexanizatsiyalashtirish: 1) naycha-sifonlar; 2)egiluvchan quvurlar (shlanglar); 3) qo‘lda ko‘chiriladigan yarim qattiq va qattiq quvurlar; 4) yopiq sug‘orish shaxobchasidan suv oladigan doimiy sug`orish quvurlari; 5) avtomatlashtirilgan sug`orish novlari; 6) er osti quvurlaridan suvni egatlarga chiqarib beruvchi avtomatlashtirilgan shaxobcha va b.q. Tomchilatib sug‘orish. Quvurlar orqali tuproq ichidan va ustidan tomchilatib sug‘orish




12

O`g`itlar, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlar bilan tajribalarni o‘tkazish uslublari.



Dehqonchilikda o`g`itlar bilan bajariladigan tajribalarni joylashtirish va o`tkazish. Dala va ishlab chiqarish tajribalarida variantlar soni va bo`laklar o`lchami. Tuproqning afokimyoviy tarkibi va agrofizik xususiyatlarini aniqlash uchun namunalar olish tartibi. O`g`itlarning solish me’yorlari, muddatlari va usullari. Mikroo`g‘itlar bilan tajriba qo`yish va o‘tkazish xususiyatlari. O‘gitlar bilan olib boriladigan tajribaparda barqaror va radioaktiv izotoplardan foydalanish






13

Almashlab ekish bo‘yicha dala tajribalarini o‘tkazish uslublari.



muddatli, ko‘p yillik va uzoq muddatli tajribalarni o‘tkazish uslublari. Bug‘doy g‘o‘za almashlab ekish bo`yicha tajribalarni o‘tkazish uslublari. Takroriy va orapiq ekinlar bo`yicha tajribalarni olib borish uslublari. Tajriba uchun dala tanlash. Tajriba variantlari joylashtiriladigan bo‘laklarning o‘lchami. Tajriba variantlari va takrorlashlarni joylashtirish




14

Dala tajribasida xujjatlar va ilmiy hisobot.



Dala tajribasi hujjatlariga qo`yiladigan talablar. Dala tajribasining ishchi dasturi. Birlamchi xujjatlar. Dala ishlari va kuzatuvlarning kundalik daftari va unga yoziladigan ma’lumotlar. Ishchi daftar va unga yoziladigan ma’lumotlar. Tajriba jurnali va unga yoziladigan ma’lumotlar. Ilmiy hisobot va uni tayyorlash tartibi. Ilmiy maqolani tayyorlash va chop ettirish tartibi. Dissertatsiyaning bo`limlari uni tayyorlash tartibi




15

Tajriba natijalarni statistik taxlil qilish usullari.



Matematik statistikaning ahamiyati va vazifalari statistik usullarning ehtimollar nazariyasiga bog`liqligi. Shartli birliklarni bir-biridan farq qilish xususiyatlari – o`zgaruvchanlik. Statistik o`rganishda tanlash usullarining asosiy hisoblanishi. Variant, variatsiya farqlanishi. Variatsion qator. Miqdoriy o‘zgaruvchanlik. Sifat o`zgaruvchanlik. Dispersion tahlil uslubining asoslari. O`rtacha kvadratlarning nisbatini taqsimlanish qonuni. Dispersion taxlilni qo‘llash sohalari. Tajribalarni statistik rejalashtirish. Dispersion taxlilning mohiyati. O`rtachalar orasidagi farqlarni baholash. Eng kam muxim farq bilan o‘rtachaning orasidagi farq. O`zgarishlar. Dispersion taxlil usulining o`ziga xos xususiyatlari. Vegetatsion tajribalarda gipotezalarni tekshirish. Bir omilli vegetatsion tajribalar natijalari ma’lumotlarini dispersion tahlil etish. Ko`p omilli vegetatsion tajribalar natijalarini dispersion taxlil etish. Bir yillik va ko`p yillik ekinlarda bir omilli dala tajribalarining natijalarini dispersion taxlil etish. Rendomizatsiya usulida o`tkazilgan tajribalar ma’lumotlarini ishlash. Bir yillik ekinlar bo`yicha tajriba natijalariga ishlov berish. Ko`p yillik ekinlar bo`yicha tajriba natijalariga ishlov berish. Standart usulida o`tkazilgan tajriba natijalariga ishlov berish. Rendomizatsiyalangan takrorlashlar usulida o`tkazilgan tajriba natijalariga ishlov berish.






Tuzuvchi: dots. Kamolov P.
Download 35.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling