a) sovuq mijoz b) yarim avtomat s) kula yozdi d) bug’doy rang
19.Qaysi qatordagi so’zlarda «o» unlisi «a» singari talaffuz qilinadi?
a)dekoratsiya, omonim, monitoring b)savol, bahor, zamon
s) okulist, tonna, tort d)dekoratsiya, bola
20.Imlo qoidasiga ko’ra noto’g’ri yozilgan so’zlarni toping.
1)yutiq; 2) badiiy; 3) ukrayin; 4)
tassurot; 5) mone; 6) ehtirom
a) 1, 3, 4 b) 2, 5, 6 s) 1, 2, 5 D) 1, 3, 4, 5
21.«Muxbirimiz voqea ro’y bergan joydan xabar beradi», «voqeaga guvoh
bo’lganlarning so’ziga ko’ra», «muxbirimizning xabar berishicha» kabi iboralar
qaysi uslubda qo’llaniladi?
a) publitsistik uslub b) rasmiy uslub s) badiiy uslub d) ilmiy uslub
22.Quyidagi hujjatlarning qaysi biri rasmiy uslubning diplomatik uslub turida
yoziladi?
a) bildirgi b) jinoiy aktlar s) konvensiya d) qonun
23.Lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidasiga ko’ra Is’hoq so’zida ishlatiladigan
tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi?
a)unli tovushning cho’ziqroq aytilishini ifodalaydi
b)unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi
s)oldin va keyin kelgan tovushlar alohida tovushlar ekanligini ifodalaydi
d)so’z urg’usini ifodalaydi
24.Berilgan qaysi so’zda tutuq belgisi noto’g’ri qo’yilgan?
a) ma‘sul b) ma‘sum s) ma‘mur d) ma‘qul
25.Atamalar faqat bir ma‘noda qo’llanib, o’zi ifodalayotgan tushunchaning tub
mohiyatini ko’rsatishga xizmat qiladigan uslubni aniqlang.
a) rasmiy uslub b) ommabop uslub s)badiiy uslub d) ilmiy uslub