«tasdiqlayman» Kafedra mudiri professor Nazarov A. A. 2022 yil
Svetofor haqida tushuncha
Download 1.32 Mb.
|
YHBTV kurs loyihasi
Svetofor haqida tushuncha
O‘tgan asrning 20-yillarining boshida svetoforlarning chiroqlarini avtomatik ravishda almashlab yoqadigan – kontrollerlar paydo bo‘lib, hozirgi paytda qo‘l mexnatini siqib chiqardi. Kontrollerlar transport vositalarining jadalligini (intensivligini) o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda. svetofor chiroqlarini doimiy muddatda yonishini ta’minlaydigan o‘zgarmas vaqtli dasturda ishlagan. Bunday dasturda ishlaydigan svetoforlar kunning qisqa muddatida (asosan tig‘iz vaqtda) o‘zini oqlab, boshqa paytlarda, harakat qatnashchilarini asossiz ushlanib qolishlariga sabab bo‘ladi. Harakatni tartibga solishda o‘zgaruvchan rostlash ikki yo‘nalish: Ko‘p dasturli kontrollerni yaratish va moslashtirish Moslashtirilgan (adaptatsiyalangan) rostlash tizimlarini yaratish bo‘yicha olib borildi. Moslashtirilgan rostlashda svetofor chiroqlarining yonish vaqtini aniq bir paytdagi harakat jadalligini katta-kichikligiga qarab o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘linadi. Moslashtirilgan rostlash tizimlarini yaratish bo‘yicha urinishlar XX-asrning 20-yillar ohiriga to‘g‘ri keladi. Transport vositalarining miqdorini aniqlash uchun, tepki turidagi datchik bilan jixozlangan birinchi avtomatik qurilma, yo‘l harakatini tartibga solish maqsadida ishga tushirilgan. Svetofor chiroqlarining yonib turish vaqti, chorrahaga yaqinlashib kelgan transport vositalarining jadalligiga mos ravishda o‘zgarib turgan. 1929 yili Los-Anjeles shahrida piyodalar chaqiruvi bo‘yicha ishlaydigan birinchi svetoforlar o‘rnatilgan. Svetoforlarning ishini boshqarish uchun o‘tgan asrning 60-yillarida elektron kontrollerlar va sanash - xisoblash (schetno-reshayuщix) uskunalaridan foydalanishni boshlanishiga asos yaratildi. Shu yillarda yana magistral va umumshaharlar tizimida yo‘l harakatini boshqarish uchun EXMdan foydalanish bo‘yicha loyixalash va tadbiq etish ishlari boshlanib, xozirgi kunda geoinformatsion tizimlardan keng ko‘lamda amalda tadbiq etilib kelinmoqda. Harakatni boshqarishdan maqsad, haydovchi va piyodalar harakatini taqiqlash yoki boshqa harakatlarga tavsiya berish orqali tezlik va xavfsizlikni ta’minlashdan iboratdir. Buni ro‘yobga chiqarish uchun yo‘l harakati qoidalarining talablarini tadbiq etish yana texnik vositalarining jamlanmasini va yo‘l harakatini tartibga soluvchilarning xatti-harakatidan foydalaniladi. Boshqarish ob’ekti, bu texnik vositalar va odamlar jamoasining jamlanmasi bo‘lib, harakatni boshqarishning texnologik jarayonida ishtirok etib, boshqarish konturini tashkil etadi, 1-rasm. 1-rasm. Boshqarish konturining struktura sxemasi Avtomatik boshqaruv inson ishtirokisiz oldindan berilgan dastur bo‘yicha amalga oshirilib, avtomatlashtirilgan tizimda inson va operator ishtirok etadi. Operator texnik vositalar jamlanmasidan foydalangan holda kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va muqobil yechimga kelish uchun avtomat qurilmalarning ishini o‘zgartirishi mumkin.Avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruvlarda EHM va geoinfarmatsion tizimlardan foydalanish mumkin. Qo‘lda boshqarishda, operator kuzatish orqali transportlar vaziyatini aniqlab,o‘zining tajribasidan va sezgirligidan kelib chiqqan holda boshqarishga ta’sir ko‘rsatadi. Avtomatik boshqaruv konturi tutashgan (zamknutыy)yoki ajralgan (razomknutыy) bo‘lishi mumkin. Tutashgan konturda texnik vositalar bilan boshqaruv ob’ekti xisoblangan transport oqimi orasida qaytuvchi aloqa mavjud bo‘ladi. Qaytar aloqani avtomatik tarzda hosil qilish uchun, ma’lumotlarni yig‘uvchi maxsus transport detektorlaridan foydalaniladi. Bunda ma’lumotlar avtomatik qurilmaga kiritiladi va bu qurilma hisoblangan natijalarga asosan svetaforlarning ish rejimlarini o‘zgartiradi. Bunday jarayon moslashgan (adabtivnыy) boshqaruv deyiladi. Ajralgan konturda qaytar aloqa bo‘lmaganligi tufayli, svetaforlarni boshqaruchi qurilma hisoblangan yo‘l kontrollerlari, svetafor ishoralarini oldindan o‘rnatilgan dasturga asosan o‘zgartiradi. Birinchi rasmda ko‘rsatilgan uzuq-uzuq chiziq qaytar aloqa zanjiri bo‘lib avtomatik boshqarish konturini ulaydi. Bu ulanish mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Qo‘lda boshqarilganida qaytar aloqa doimo mavjud bo‘ladi (operator harakatlanish sharoitini kuzatib baholagani uchun), shuning uchun 1-rasmda zanjir sidirg‘a chiziq bilan ko‘rsatilgan. Markazlashtirish darajasiga mos ravishda ikki turdagi boshqarishni ko‘rsatish mumkin: ajratilgan (lokal) va tizimli. Ajratilgan boshqarishda chorrahada o‘rnatilgan svetafor ishoralarini kontrollerlar bajaradi. Tizimli boshqarishda chorrahalardagi kontrollerlar maxsus aloqa tarmog‘i orqali boshqaruv punktidan keladigan topshiriqni uzatish funksiyasini bajaradi. Kontrollerlar ma’lum vaqtga boshqarish punktidan o‘chirib qo‘yilganida, tizimli boshqarish ajratilgan boshqaruvda ishlashi mumkin. Boshqarish punktidan tashqari joylashgan uskunalar periferiyali (svetaforlar,kontrollerlar,transport detektorlari), boshqarish punktida joylashganlari esa markaziy deb nomlanadi(EXM, dispetcherlik boshqaruv, telemexanik va geoinformatsion qurilmalari). Amaliyotda ajratilgan kontrollerlar va tizimi kontrollerlar atamalar ishlatiladi. Ajratilgan kontrollerlar boshqarish punkti bilan bog‘lanmagan bo‘lib mustaqil ishlaydi. Tizimli kontrollerlar boshqarish punkti bilan bog‘langan holda ajratilgan va tizimli boshqarishda ishlashi mumkin. Ajratilgan qo‘l bilan boshqarishda operator chorrahaning o‘zida bo‘lib, transport vositalari va piyodalarning harakatini kuzatadi. Tizimli boshqarishda operator boshqarish ob’ektidan uzoqda joylashgan boshqarish punktida joylashadi. Boshqarish punktida nazorat qilinayotgan xududni kuzatish uchun shahar xaritasi, televizion va geoinformatsion tizimlar, EXMlar bilan jixozlanadi. Ajratilgan boshqarish asosan aloxida chorrahada o‘rnatiladi va qo‘shni chorrahalardagi boshqarish va transport oqimlari bilan bog‘lanishda bo‘lmaydi. Bunday chorrahalarda svetafor ishoralarining o‘zgarishi, qo‘shni chorrahalardagi harakat sharoitidan qat’iy nazar yagona dastur asosida ishlashni ta’minlaydi. Bunday chorrahalarga yaqinlashib kelgan transport vositalari tasodifiy sodir bo‘ladi. Bir gurux chorrahalarda svetafor ishoralarini o‘zgarishini kelishuvli o‘zgartirishni tashkillashtirishda, transport vositalarining shu xududdan o‘tish vaqti qisqarganligi sababli, (“yashil to‘lqin”) koordinatsiyalangan boshqaruv deb nomlanadi. Harakatni tashkil etishda ishlatiladigan texnik vositalarning vazifasiga ko‘ra ikkita turga ajratish mumkin. Birinchi gurux texnik vositalari transport va piyodalar oqimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi va bular yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari, svetaforlar va yo‘naltiruvchi chiziqlar kiradi. Ikkinchi guruhga berilgan algoritm bo‘yichabirinchi guruh vositalarini ishlashini ta’minlovchi vositalar hisoblangan transport kontrollerlari, detektorlari, ma’lumotlarini xisoblovchi va uzatuvchi vositalar, yo‘l harakatini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ASUD)ni boshqaruvchi qurilma punktlari, dispetcherlik aloqa vositalari va shunga o‘xshashlar kiradi. Birinchi gurux texnik vositalarini boshqarish ob’ektiga ta’siri ikki xil bo‘lishi mumkin. Boshqarilmaydigan yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari va yo‘naltiruvchi qurilmalar o‘zgarmas harakat tartibini belgilaydi, ya’ni harakat tartibini o‘zgartirish uchun bu vositalarni o‘zgartirish talab etiladi. Aksincha svetafor va boshqariladigan belgilar o‘zgaruvchan harakatlanish tartibini belgilaydi. (Masalan, svetafor signallari yordamida chorrahadan transport oqimini galma-galdan o‘tishi). Harakatni tashkil etish texnik vositalarining umumiy tasnifi 2-rasmda keltirilgan. 2-rasm.Harakatni tashkil etish texnik vositalarining umumiy tasnifi Svetaforlar yo‘lning ma’lum bir qismida harakat qatnashchilarini navbatma-navbat o‘tkazish hamda yo‘lning xavfli hududlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Svetaforlar sharoitga qarab harakatni ma’lum bir yo‘nalishda yoki aloxida bo‘laklarda boshqarish uchun ishlatiladi: a) transportlar hamda transport va piyodalar oqimlari orasida sodir bo‘ladigan ziddiyatli xolatlarda (chorrahalarda, piyodalar o‘tish joylarida); b) yo‘l bo‘laklarida harakat yo‘nalishlari qarama qarshi o‘zgarganda (reversiv xarakatlanish); v) temir yo‘l kesishmalari, ko‘tarma ko‘priklar, parom, kechuv, va shunga o‘xshash joylarda; g) jamoat transportini harakatini boshqarishda. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan (GOST 25695-83) svetafor ishoralarining almashinishi, ularning shakli va axamiyati, yo‘l belgilari va ishoralari haqidagi halqaro konvensiyaga mos keladi. Svetafor ishoralari quyidagi ketma-ketlikda: qizil-qizil sariq bilan bir vaqtda – yashil-sariq-qizil... takrorlanadi. Qo‘shimcha bo‘limi (seksiyasi) mavjud bo‘lmagan svetaforning miltillamagan qizil ishorasi qatnov qismining barcha kengligida harakatni taqiqlaydi qizil ishoraning boshqa turlari maxsus vazifalarni bajaradi: a) dumaloq shaklda qizil fonga tushirilgan konturli qora strelka ko‘rsatgan tarzda harakatlanishni taqiqlaydi; b) kvadrat shaklda qora fonga tushirilgan qiya qizil hoj (krest); v) qizil rangda to‘xtab turgan odam shakli tushirilgan ishora piyodalarning harakatini taqiqlaydi; g) miltillovchi qizil ishora yoki galma-galdan yonib o‘chuvchi qizil ishora temir yo‘l kesishmasiga, ko‘tarma ko‘prik va shunga o‘xshash harakatlani uchun havfli joylarga kirishni taqiqlaydi. Miltillamaydigan (yonib turgan) sariq ishora barcha haydovchilarni to‘xtash chizig‘i oldida to‘xtashga majburlaydi.Harakat xavfsizligi sharoitlarini ta’minlash maqsadida to‘xtay olmagan xaydovchilarning xarakatlanishiga ruxsat beradi. Sariq va qizil ishoralarning bir vaqtda yonishi, zudlik bilan yashil ishora yonishi haqida ogoxlantiradi. Sariq miltillovchi ishora xarakatni taqiqlamaydi va transport vosita xaydovchisi chorrahani uzoq masofadan ko‘rib, zarurat bo‘lganida to‘xtatish imkoniyatini yaratish uchun qo‘llaniladi. Miltillamaydigan (yonib turgan) yashil ishora, qo‘shimcha boshqa cheklovlar xamda svetaforning qo‘shimcha bo‘limi (seksiyasi) bo‘lmaganida, qatnov qismining butun kengligida, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat beradi. Miltillovchi yashil ishora ruxsat etilgani taktni(yashil ishoraning ta’sir etish davri) tugashi haqida ogoxlantiradi. Yashil ishora turlari va vazifasi quyidagicha: a) dumaloq shakldagi yashil fonga tushirilgan konturli qora strelka hamda dumaloq shakldagi qora fonga tushirilgan yashil strelka ko‘rsatilgan tarafga xarakatlanishga ruxsat beradi; b) kvadrat shakldagi qora fonga, pastga yo‘naltirib tushirilgan yashil strelka svetafor o‘rnatilgan xarakat bo‘ylab xarakatlanishga ruxsat beriladi; g) svetaforning qo‘shimcha bo‘limi (seksiyasi)ning yashil strelkasi,asosiy svetoforning ishoralaridan qatiy nazar strelka ko‘rsatgan tomonga xarakatlanishga ruxsat beradi,bunday xolatda asosiy svetoforning qizil ishora bilan qo‘shimcha bo‘limning yashil ishorasi yonib turganida,qo‘shimcha bo‘lim ko‘rsatkichi yo‘nalishida xarakatlanayotgan transport vositalari, boshqa transport vositalariga yo‘l berib o‘tishlari zarur. Qo‘shimcha bo‘limning ishorasi o‘chirilganida, asosiy svetoforning yashil ishorasi yonganida ham qo‘shimcha bo‘lim strelkasi yo‘nalishida harakatlanishni taqiqlaydi. Jamoat transportlarining ruxsat etilgan yo‘nalishlarda harakatlanishi uchun svetoforning yuqoridagi va pastidagi ishoralar yonishi kerak. Pastki ishora o‘chirilganida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Svetoforlarni quyidagicha tavsiflash mumkin: funksional vazifasi bo‘yicha - transport va piyodalarga mo‘ljallangan va konstruktiv tayyorlanishi bo‘yicha. Konstruktiv tayyorlanishi bo‘yicha - bir, ikki yoki uch bo‘limli (seksiyali); qo‘shimcha bo‘limi bo‘lgan uch bo‘limli. Harakatni boshqarish jarayonida bajaradigan o‘rni bo‘yicha – asosiy, bir joyda takrorlanuvchi (dubler) va takrorlovchi (ketma – ket o‘rnatiladigan). Yo‘l svetoforlari umumiy texnik shartlar bo‘yicha ikki guruxga, transport va piyodalarga mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi. Har-bir gurux svetoforlari o‘z navbatida yetti xil transport va ikki xil piyodalarga mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi. Har-bir svetofor o‘z tartib raqamiga (nomeriga) ega. Nomerning birinchi raqami – guruhni (1 – transport svetoforlari, 2 – piyodalar svetoforlari), ikkinchi raqam – svetofor turini, uchinchi raqam – tayyorlanishdagi farqini bildiradi. Birinchi va ikkinchi turdagi transport svetoforlari (qo‘shimcha bo‘limlarni hisobga olmaganda) diametri 200 va 300 mm bo‘lgan, dumaloq shakldagi, uchta ishorali, tik (vertikal) joylashgan qilib o‘rnatiladi. Mustasno tariqasida birinchi turdagi svetoforlarni gorizontal holatda o‘rnatish mumkin, (3-rasm.) Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling