«tasdiqlayman» Kafedra mudiri professor Nazarov A. A. 2022 yil


-rasm. To‘rtinchi turdagi svetofor


Download 1.32 Mb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1500175
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YHBTV kurs loyihasi

6-rasm. To‘rtinchi turdagi svetofor
To‘rtinchi turdagi svetoforlar birinchi turdagi svetoforlar bilan birgalikda qo‘llanilib, reversiv harakatlanish qatnov qismining butun kengligida tashkil etilmagan bo‘lsa, birinchi turdagi svetoforlarning ta’sir doirasi, reversiv bo‘lakga ta’sir etmaydi. Ikki tomonidan qo‘shaloq uzuq-uzuq (yotiq chiziq 1.9) bilan ajratilgan bo‘lakdagi to‘rtinchi turdagi svetofor ishlamaganida, shu bo‘lakga kirish taqiqlanadi. Aks holda harakatga qarshi yo‘nalishga chiqish xavfi paydo bo‘ladi (masalan, bo‘lakdagi svetoforning qizil chirog‘i kuyib ishlamay qolganida).
Beshinchi turdagi transport svetofori 100 mm diametrli, dumaloq shakldagi, to‘rtta oq rangli ishorali bo‘ladi. Bu turdagi svetoforlar maxsus bo‘lakda harakatlanuvchi jamoat transportlarini (tramvay, yo‘nalishli avtobus, trolleybus) ziddiyatsiz harakatni tashkil etish uchun qo‘llaniladi. Bunday svetoforlarni o‘rnatish o‘zini oqlaydi, chunki beshinchi turdagi svetoforlar chorrahalarda o‘rnatiladigan birinchi va ikkinchi turdagi svetoforlarning vazifasini takrorlaydi, 7-rasm.

7-rasm. Beshinchi turdagi svetofor


Oltinchi turdagi transport svetoforlari 200 yoki 300 mm diametrli, dumaloq shakldagi, qizil rangli, ikkita (kamdan-kam hollarda bitta)ishorali bo‘lib, gorizontal holatda joylashtiriladi va galma-galdan miltillovchi rejimda ishlaydi. Transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat berish uchun ishoralar o‘chadi. Bu turdagi svetoforlar temir-yo‘l kesishmalari, ko‘tarma ko‘priklar, sol (parom) va shunga o‘xshash xavfli xududlaroldida o‘rnatiladi, I. 8-rasm.



8-rasm. Oltinchi turdagi svetoforlar

Yettinchi turdagi svetofor bitta sariq rangli ishoraga ega bo‘lib, doimiy miltillovchi rejimda ishlaydi. Bu turdagi svetoforlar o‘ta xavfli tartibga solinmagan chorrahalarda qo‘llaniladi, 9-rasm.






9-rasm. Yettinchi turdagi svetofor
Sakkizinchi turdagi transport svetoforlari 200 yoki 300 mm diametrli, dumaloq shaklda, vertikal joylashgan, ikkita qizil va yashil ishorali bo‘ladi. Bu turdagi svetoforlarni qatnov qismining vaqtincha toraygan bitta bo‘lagida, ko‘rinish cheklanganligi tufayli imtiyoz belgilarini qo‘llash qiyinlashganida, galma-galdan harakatni tashkil etishda qo‘llaniladi,10-rasm.



Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling