«tasdiqlayman» Kafedra mudiri professor Nazarov A. A. 2022 yil
Harakat miqdorini o‘sishini hisoblash
Download 1,32 Mb.
|
YHBTV kurs loyihasi
Harakat miqdorini o‘sishini hisoblash.
SNiP 2.05.02 – 85 talabiga ko‘ra, avtomobil yo‘llarining kategoriyasini kelajakdagi harakat miqdori qiymatiga asosan belgilanadi. Bu muddat o‘z navbatida 20 yil qilib belgilangan. Ya’ni loyihalash boshlangan yildan hisoblab 20 yildagi harakat miqdori qiymatiga ko‘ra, yo‘lning ko‘ndalang va bo‘ylama kesimdagi unsurlari (elementlari) qiymatlari hisoblab topiladi yoki belgilanadi. Shuning uchun kelajakdagi harakat miqdorini xisoblab topish muxim axamiyatga egadir. O‘z navbatida harakat miqdori quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi: Nn=N1(1+α)n-1 bu еrda: N1- mazkur yildagi yil bo‘yicha bir sutkalik harakat miqdori α- harakat miqdorining yillik o‘sish sur’ati koeffitsienti n- hisobiy yil ko’rsatkichi (20 yil uchun n=20). “α”ning qiymati loyixalash bajarilayotgan hududda iqtisodiy izlanishlarni bajarib aniqlanadi. Ya’ni loyixalash hududidagi iqtisodiy rivojlanish, sanoat korxonalari va turli ob’ektlarni qurilish suratlari maxsulotlar ishlab chiqarish xajmlari va turli yuklarni hamda yo‘lovchilarni tashish miqdorini o‘sishini xisbga olgan xolda belgilanadi. “α”ning o‘rtacha qiymatlari quyidagi jadvaldagidek belgilanishi mumkin.
Download 1,32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling