Tasdiqlayman konimex tumani “Lider” yoshlar markazi rahbari Gulbonu Kuvatova “ ” 2022 yil


Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Konimex tuman “Lider” yoshlar markazi rahbari G.Kuvatova so’zga chiqib quyidagilarni bayon qildi


Download 41.92 Kb.
bet3/12
Sana10.10.2023
Hajmi41.92 Kb.
#1696957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
protokol

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Konimex tuman “Lider” yoshlar markazi rahbari G.Kuvatova so’zga chiqib quyidagilarni bayon qildi.
O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi timonidan moliyalashtirilgan “Bugungi e’tibor – ertangi natija” loyihasi quyidagicha amalga oshiriladi.
Aholining umumiy soni 36 179 nafar bo‘lib, yoshlar 6022nafar (30 yoshgacha bo‘lgan ayol-qizlar 3089 nafar)ni tashkil qiladi.
Hozirgi davrda axborot texnologiyalariga bo‘lgan talab ortib bormoqda va simsiz WiFi lar qo‘llanilayotgan zamonda, ming afsuslar bo‘lsinki tumanning eng olis ovullarida hatto internet tarmog‘i bo‘lmaganligi achinarli hol.
Prezidentimiz aytganlaridek “Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish degani emas. Buning uchun eng avvalo aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarga tadbirkorlik hissini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarni o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak”.
Loyihani amalga oshirish mexanizmi.
100 nafar ishsiz “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va “Аyollar daftari”ga kiritilgan yosh ayol-qizlarning roʼyhati shakllantiriladi.
Har bir guruh 40 soatlik bepul oʼquv kursida “Kompyuter texnologiyalari” va “SMM” sohalarida maxsus bilimga ega boʼlishadi. Oʼquv kurslari jami 6 oy davom etadi.
Xamkorlar bilan yoʼl xarita tasdiqlanadi, oʼquv kurslar rejalari ishlab chiqiladi va turli xil loyihalar oʼtkaziladi.
Kutilayotgan natija
Loyiha natijasida davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyiladi va shu orqali yanada yoshlar siyosati boʼyicha amalga oshirilayotgan jarayonlarga oʼz munosabatini kuchaytiriladi
Tumandagi 30 yoshacha boʼlgan ishsiz ayol-qizlar oʼqib sertifikat olishi orqali 100 nafar oilaning maʼlum bir qismining moddiy sharoyiti yaxshilanadi.
Loyiha davomida kredit olgan, ishga kirgan yoshlar faoliyati taxlil qilinib boriladi va loyihadan keyin ham taxlil davom etadi.
Eng muximi: Loyihamiz tumandagi 100 nafar ayollarning kasb egallab, dunyoqarashi kengayishiga sabab boʼladi.

Download 41.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling