Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan Konimex tuman “Lider” yoshlar markazi rahbari G.Kuvatova so’zga chiqib quyidagilarni bayon qildi.
O’zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy asotsotsiyasi tomonidan moliyalshtirilgan “Ijodkorlar maktabi” loyihasi quyidagi amalga oshiriladi.
Faol yoshlarimizdan biri Umida Sulaymonovaning “Zulfiya ayamga o‘xshasam deyman”, “Diyorim-iftixorim”, “Shoira qiz bo‘laman” nomli to‘plamlari chop etildi va mehnatlari natijasi o‘laroq “Adabiyot” yo‘nalishi bo‘yicha “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi.
Vaholanki Konimex tumanida bu kabi sovrinlarga munosib yoshlar juda ko‘p. Jumladan: Shoxsanam Yuldoshova, Zulxumor Yulshoshova, Begoyim Mustafoeva, Zoxid Malikov, Sevinch Amanbaeva, Tinishova Umida, Baymuxammedova Aydana, Maxmanazarova Aziza, Qayumov Shuxrat, Shiramov Azamat, Zikirova Nigina, Tairova Sevinch ning jami 300 dan ortiq ijod na'munalarining qo‘l yozma shakli mavjud. Ammo ushbu yoshlarning ijod na'munalarni hech qaerda chop etilmagan.
Birinchidan ularda professional bilim va malaka yo‘q.
Ikkinchidan ijod na'munalarini chop etish uchun yetarlicha moddiy mablag‘ mavjud emas.
Uchinchidan iqtidorli va ijodkor yoshlarni ayni shu sohada malakali ustoz va mutaxassislardan bilim hamda ko‘nikma olishlariga qaratilgan tizim yoki aynan klub mavjud emas.
Amalga oshirish mehanizmi.
Hamkor tashkilotlar bilan “Qo‘shma reja” tasdiqlab olish.Ijodkorlikka, sheriyatga va publisistikaga qiziquvchi yoshlar bilan suxbatlar o‘tkazilib, ularning ro‘yxatlari shakllantiriladi.
“Mening birinchi maqolam”, “Jurnalistikaga ilk qadam”, “Ijodkorlar va yoshlar”, “Ijodim-ilxomim” “Kamera yoshlar nigoxida”, “Bloger va yoshlar” , “Ijod kvadrati” kabi mavzularda master klasslar tashkil etilib o‘z ishining ustalari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Uchrashuvlardan saralangan va tajriba olgan yoshlarning badiiy ijod na'munalari to‘plam shaklida chop ettiriladi. “Salohiyatingni namoyon qil va iqtidoringni kashf et” mavzusida konferensiya o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |