“Tasdiqlayman” Maktab direktori: A. Ergashev Oltinko’l tumani tumani xtb tasarrufidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Qoidalarning joriy etishdan maqsad
Download 151.5 Kb.
|
22-маънавий кенгаш и
- Bu sahifa navigatsiya:
- K u n t a r t i b i d a g i m a sa l a
- Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy- ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash
- 2022 yil 10 oktyabrga qadar
- 2022-yil 20-dekabrga qadar
- qarorning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlanganligi haqida gapirib
- “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”
- Ma’ruzachi N.Abduhalilova o‘z so‘zini davom ettirib
Qoidalarning joriy etishdan maqsad ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, o‘quvchilar sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim muassasasi mulki, o‘quv jihozlari va xodimlar xavfsizligini ta’minlashga imkon beradigan do‘stona muhitni yaratishdan iborat. Mazkur qoidalar jamoa a’zolari va o‘quvchilar uchun ta’lim muassasasi hududida majburiy hisoblanadi”.
Yig’ilishda pedagoglarga qoidalarga amal qilish yuzasidan jamoatchilik, ota-onalar, ta’lim muassasalari pedagog xodimlari orasida ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibot qilish vazifasi berildi. Yiglish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1.Yglishda kun tartibidagi masala yuzasidan berilgan topshiriqlar ma’lumot o’rnida qabul qilinsin.. 2.Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosarlari N.Abduhalilova va M.Omonovlarga: -“Umumiy o’rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-ahloq qoidalarini yangi taxrida tasdiqlash to’g’risida”gi 246-sonli buyruq pannosini ko’zga ko’rinarli joyga ilish: -pedagoglarni qoidalar bilan tanishganlik bo’yicha reestrini tayyorlash: Maktabda ichki tartib va odob ahloq qoidalariga amal qilininshi ustidan qat’y nazorat o’rnatish vazifalari yuklatilsin 3.Sinf raxbarlariga o’quvchi yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyasi bilan bog’liq holda qabul qlinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek zamon talablari asosida ichki tartib va odob ahloq qoidalarini targ’ib qilish vazifalari yuklatilsin. . 4.Mazkur buyruq ijrosi nazoratini o’z zimmamda qoldiraman. Maktab direktori; A.Ergashev O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 558 -son qarori “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish” to‘g‘risidagi konsepsiyasiвф belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish BAYONI 09.10.2022 yl Erkin MFY Yig‘ilish raisi : A.Ergashev - maktab direktori Yig‘ilish kotibi: N.Abduhalilova - ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Qatnashdilar: X.Turg’unov – Mahalla yoshlar yetakchisi. maktab o‘qituvchi va xodimlari. K u n t a r t i b i d a g i m a sa l a : O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘grisida”gi 558-sonli qarorida o‘rganib, ishlab chiqish. ___________________________________________________________________ Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori A.Ergashev so‘zga chiqib, yig‘ilish qatnashchilariga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ayniqsa yoshlarning intellektual saloxiyati, ongu tafakkuri va dunyokarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustaxkamlash, vatanparvarlik, xalkda muxabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘grisida”gi 558-sonli qarori qabul qilinganligi va ushbu qarorda belgilab berilgan maqsad va vazifalari to‘g‘risida to‘xtaliib o‘tdi. A.Ergashev o‘z so‘zidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalk ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 11-maydagi PQ-241-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisiga muvofik Vazirlar Mahkamasi tomonidan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy- ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash belgilanganganligi, maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish, o‘quvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik, maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishlarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishi nazarda tutuvchi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan “yo‘l xaritasi” qarorning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlanligi, 2022 yil 10 oktyabrga qadar Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etish, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2022-yil 20-dekabrga qadar xalq ta’limi boshqaruv organlarining ma’naviy-ma’rifiy soxaga mas’ul bo‘lgan xodimlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga quyilgan malaka talablarini ishlab chiqib, tasdiqlasin va mazkur lavozimni malakali kadrlar bilan ta’minlash chorasini ko‘rish, Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ni bajarish yuzasidan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish xamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishini ta’minlash vazifalari qo‘yilganligi, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini to‘liq joriy etish talabi bekor qilinganligini ma’lumot uchun aytib o‘tdi. Shu bilan birga bu borada o‘zi astoydil mehnat qilishini ham ta’kidladi va ushbu qaror ijrosi yuzasidan maktabning buyrug‘ini chiqarib, tadbirlar rejasini tuzish, ish taqsimoti qilib, ishga kirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Abduhalilova so‘z olib u o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘grisida”gi 558-sonli qarorida maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish, o‘quvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik, maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishlarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishi nazarda tutuvchi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan “yo‘l xaritasi” qarorning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlanganligi haqida gapirib, Uchinchi Renessans poydevori barpo etilayotgan hozirgi tarixiy jarayonda sog‘lom ma’naviy muhit barkarorligini ta’minlash asosiy shartlardan biri ekanligi, hozirgi paytda xalk ta’limi tizimida “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan ezgu g‘oya asosida ta’lim-tarbiyaga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o‘quvchilarning bilimi va iqtidori, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi, shu bilan birga, o‘quvchilar tarbiyasi va ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik va boshka tahdidlar tobora kuchayib borayotganligi, buning oqibatida sohadagi ishlarni zamonaviy va ta’sirchan yondashuvlar, samarali usullar asosida yanada takomillashtirish extiyoji yuzaga kelayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi Ma’ruzachi N.Abduhalilova o‘z so‘zini davom ettirib, “Yangi O‘zbekistonning yangi maktabi” g‘oyasi asosida Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi maktablardagi ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutishini ta’kidlab, Konsepsiyaning maqsadi va asosiy vazifalariga to‘xtalib o‘tdi. Download 151.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling