Tasdiqlayman” Maktab direktori: A. Irgashev 2020-yil
Download 468.74 Kb.
|
1-sinf Tarbiyaviy soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch kompetensiya elementlari
MMIBDO`: ______________
Sinf rahbar: ______________ Sana _____________________ Mavzu: Men sevgan ertak qahramoni I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda ertaklarni o`qishga qiziqish tuyg`usini tarbiyalash.Ertak qahramonlari timsolida o`quvchilarni kamtar,insonparvar,yaxshilarni qadrlashga,kattalarni hurmat qilishga o`rgatish. Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti. II.Asosiy qism: O`qituvchi:“Bir bor ekan,bir yo`q ekan,qadim-qadim zamonda…”.Bolajonlar,bu nima? O`quvchi: Bu ertak. O`qituvchi:Qanday ertaklarni bilasiz? O`quvchilar: ”Bo`g`irsoq”,”Echki bolalari va Bo`ri”,”Sholg`om”,”Zumrad va Qimmat”,”Uch og`a-ini botirlar” va boshqalar ertak nomlarini aytishadi. Ertaklar doimo yaxshilikka yetaklaydi.Ertakda xalq og`zaki ijodining xususiyatlari to`laligicha namoyon bo`ladi.O`tmishda ham,hozirgi zamonda ham ertaklar yozma adabiyot vakillari tomonidan ham yaratilgan.Demak,ularning barchasi og`zaki tarzda yaratilgan desak xato bo`ladi Ertaklarda asosan,hayvonlar,turli afsonaviy jonzotlar qahramon sifatida qatnashadi.Aksariyat o`zbek ertaklarida mardlik,halollik,va`daga vafo,adolat,ota-onaga,katta-kichikka hurmat,Vatanga muhabbat,jasurlik kabi tushunchalar va fazilatlar ilgari tushuniladi. III.Yakuniy qism: 1-topshiriq:”Tarmoqlash” metodidan foydalaniladi O`quvchilarga varoqlar tarqatiladi.Ularga o`zlari yoqtirgan ertak nomi va uning qahramonlarining nomlarini yozish topshiriladi 2-topshiriq. O`zingiz yoqtirgan ertak qahramonining ijobiy va salbiy fazilatlarini yozing: “T”sxemasi asosida yozishadi O`quvchilar fikri umumlashtiriladi. Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi. Download 468.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling