MMIBDO`: ______________
Sinf rahbar: ______________
Sana _____________________
Mavzu Yoz – o`tadi soz!
I.Kirish qismi:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga yozgi fasli,yozgi ta`til vazifalari haqida tushuncha berish..
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
O`qituvchi:
II.Asosiy qism:
Yoz fasli iyun oyidan boshlanadi.Ammo bizning Vatanimizda may oyining o`rtalaridan havo yozdagidek issiq bo`ladi.Yozda yomg`ir kam yog`adi.Maktablarda o`qishlar yakunlanib,o`quvchilar yozgi ta`tilga chiqadilar.
Bu vaqtda bolalar dam olish maskanlari,sog`lomlashtirish oromgohlarida dam oladilar. Mamlakatimizda bolalar oromgohlari juda ko`p.Ular tabiati chiroyli,havosi toza joylarda qurilgan.
Tabiat qo`yniga sayohatga chiqilganda yurishning,kiyinishning,suvda cho`milishning o`z qoidalari bor.
Oftobda вosh kiyimsiz yurish,gullar,o`tlarni yulish,hasharotlarga,hayvon va qushlarga teginish,katttalar nazoratisiz suvga tushish,cho`milish mumkin emas.
Bu qoidalarga albatta rioya qilish kerak.Shunda turli ko`ngilsiz hodisalar yuz bermaydi.
III.Yakuniy qism:
O`quvchilar fikri umumlashtiriladi, rag`batlantiriladi
MMIBDO`: ______________
Sinf rahbar: ______________
Do'stlaringiz bilan baham: |