Tasdiqlayman” Maktab direktori: A. Xoliqov “Sinf soati” mashg‘ulotlarining o‘quv-mavzu rejasi


Mavzu: Maxsus transport vositalari va turlari (Yo‘l harakati qoidalari)


Download 2.79 Mb.
bet18/33
Sana04.10.2023
Hajmi2.79 Mb.
#1691840
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
2-sinf Sinf soati

Mavzu: Maxsus transport vositalari va turlari (Yo‘l harakati qoidalari).
ta’Iimiy: o’quvchilarnimaxsus transport vositalari bilan tanishtirish;
tarbiyaviy: ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Dars jihozi: АКТ, yo’l harakati qoidalariga oid ko‘rgazmalar, rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O’quvchilar davornatini aniqlash.
III.Yangi mavzuni tushuntirish:
Yong'inlarni o'chirish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, militsiya xodimlarini hodisa ro‘y bergan joyga yetkazish va transport vositalarining haydovchilari tomonidan yo‘l qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish uchun avtomobil, mototsikl va vertolyotlardan foydalaniladi.
Avtomobil va mototsikllar ,,Sirena“ turidagi maxsus tovush signali bilan jihozlanadi. Bunday avtomobil kuzovining tomiga qizil yoki havo rangli pirpirovchi (yoki miltillovchi) chiroq o'rnatiladi.
Bundan tashqari, militsiya mashinalariga, shu jumladan DYHXX avtomobillariga radiokarnay o’rnatiladi. O’t o’chiruvchi mashinalar qizil rangga bo'yaladi.
Militsiya mashinalari kuzovining yon tomonlariga zarur hollarda qo‘ng‘iroq qilish uchun olti yoki yetti raqamli telefon raqamlari yoziladi.
“Tez yordam” mashinalarining kuzoviga esa 03 raqami tushirilgan bolib, bu telefon orqali tez tibbiy yordam chaqiriladi.
Maxsus avtomobillar hodisa ro‘y bergan joyga borayotganda ,,Sirena“ tovush signalini ulaydilar va kuzov tepasidagi pirpirovchi chiroqniyoqadilar.
Bunday vaziyatlarda bu avtomobillar svetoforning har qanday ishorasida ham to‘xtamasdan harakatlanish huquqiga egalar va boshqa transport vositalari haydovchilari ularga darhol yo‘l berishlari shart.
Piyodalar ,,Sirena“ tovushini eshitishlari bilan yo'lni bo‘shatishlari va maxsus mashinalar o'tib ketmaguncha yo'lkadan tushmasliklari kerak.
Agar yo'ldan ,,Sirena“ tovush signali bilan jihozlangan avtomobil kuzatuvidagi avtomobillar kolonnasi harakatlanayotgan bo'lsa, piyodalar ularning o‘tib ketishini kutishi va shundan keyingina yo'lni kesib o‘tishlari mumkin.
Darsni yakunlash.
Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantirish.


Download 2.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling