Tasdiqlayman” Maktab direktori E. Saidov


-“V” SINF OTA-ONALARINING 5-SONLI YIG’ILISH BAYONNOMASI


Download 29.67 Kb.
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi29.67 Kb.
#1594053
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OTA-ONA YIG\'LISH BAYONNOMA

4-“V” SINF OTA-ONALARINING 5-SONLI YIG’ILISH BAYONNOMASI
20– may 2023- yil. 24-maktab
Jami ota- ona: 18 nafar.
Qatnashdi: 10 nafar.
Kun tartibidagi masalalar.
1. Yil yakunlari to’g’risida.
2. O’quvchilarning yozgi ta’til davrida xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ota-onalarning faoliyatini kuchaytirish .
ESHITILDI:
1-masala yuzasidan sinf rahbari S.Mardonova so’zga chiqdi. U o’z so’zida 2022-2023-o`quv yilida erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida ma’lumot berdi. O`quv yili davomida sinf o`quvchilari fanlarni puxta o`rganib bordilar. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. Abduzoirova R, Turdiyeva M, Ashurmahmatova R, Murodova M, Turdiyeva M , Ismatov I a`lo o`qishi hamda namunali xulqi bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalgan o`quvchilardan bo`ldi. Sinf sifat o`zlashtirishi 99, 1% ni, umumiy o`zlashtirish 99% ni tashkil etdi. Yil davomida bir o`quvchilar sababli soat dars qoldirdi. Sinf davomati 99,8% ni tashkil etdi.
Sinfdagi 5 nafar o`quvchi 5 bahoga o`zlashtirishga erishgan bo`lsalar , qolgan 9 nafar o`quvchi ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. 4 nafar o`quvchi 3 bahoda o`zlashtirdilar. Bu ko`rsatkichlarga qarab biz yil yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, IV chorak keyingi o`quv yilidada ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarning ota -onalariga rahmatnoma e`lon qilaman . Ta`til davomida ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlariga yordam berishlaringizni kutib qolaman yil davomida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish rejalari bilan tanishtirildi va ota-onalarning fikrlari so’raldi.
2-masala yuzasidan sinf rahbari so’zga chiqdi.
Yozgi dam olish kunlarini maroqli o’tkazish uchun maktabdagi to’garaklarga qatnashishlarini aytib o’tdi. Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rishlari, kitoblar o’qishlari, kitoblardan ko’chirib yozishlarini, misol, masalalar yechishlarini uqtirdi. Maktab kutubxonasidan foydalanishlari aytildi. Noqonuniy diniy ta’lim olmasliklarini, ochiq suv havzalarida cho’milmasliklarini aytib o’tdi. Muntazam to’garaklarga, hunar o’rganishlarga qatnashishlarini ta’kidlandi.
YUQORIDAGILARGA ASOSLANIB YIG’ILISH QAROR QILADI:

  1. Barcha o’quvchilar o`quv yilini yaxshi va a’lo baholarga yakunlashlariga erishilgani axborot uchun qabul qilinsin

  2. Yozgi ta`til davomida o`quvchilarning tartib-intizomlarini nazorat qilib borish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.

  3. Ta`til vaqtida o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yozgi oromgohlarga jalb qilish vazifasi ota-onalar va sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin

  4. Sinf rahbari: S.Mardonova

Download 29.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling