Tasdiqlayman” Maktab direktori: Traqov F. P


Download 191 Kb.
bet2/2
Sana11.12.2020
Hajmi191 Kb.
#164239
1   2
Bog'liq
5 sinf adabiyot fanidan hamid olimjon(1)


Balladalari.

Jangchi Tursun” (1942)

Roksananing ko‘z yoshlari” (1944)

Dramalari.

Ozbekiston qilichi (1941)

Muqanna” (1943)

Jinoyat” (1944)

Tarjimalari.






1. H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni haqida nazariy bilamlar beriladi, ertak-doston o‘quvchilarga ifodali o‘qitiladi va tahlil qildiriladi.

Bolalik kunlarimda,

Uyqusiz tunlarimda

Ko‘p ertak eshitgandim,

So‘ylab berardi buvim…

Shoir «Oygul bilan Baxtiyor» ertagini onasidan eshitganini aytsa-da, bugun Siz o‘qiyotgan ertak-dostonning chuqur mazmun-mohiyati, go‘zal satrlari uni badiiy qayta ishlagan shoir mahoratining mevasi ekanini unutmasligimiz kerak.

Juda qadim zamonda, Jambil degan yurtda nihoyatda og‘ir ahvolga tushgan xalq o‘zini qul qilgan xon zulmiga qarshi bosh ko‘taradi. Bunday qo‘zg‘alonlar dunyo xalqlari tarixida ham, bizning yurtimiz o‘tmishida ham ko‘p marotaba bo‘lgan. Ozodlikka, hur va erkin yashashga bo‘lgan intilish bizning xalqimiz ruhini hech qachon tark etgan emas.

Jambildagi qo‘zg‘alonga esa keksa qul Darxon va uning mardona qizi Oygul boshchilik qilardi. Kuchlar teng bo‘lmagani tufayli qo‘zg‘alonchilar mag‘lubiyatga uchrab, Darxon, qizining ko‘z o‘ngida, zolim xon tomonidan qatl etiladi.

Saroyda xizmat qiladigan, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan Tarlon ismli keksa qul zindonda yotgan Oygulni qutqarishga jazim etadi. Qizni sandiqqa solib daryoga oqizib yuboradi. Sandiqqa Oygul uchun yetadigan non ham solib qo‘ygan edi.

Bolalar, bundan oldingi darslarda Siz ertaklarning sehrli olamiga sayohat uyushtirgan edingiz. Hamid Olimjon ham onasi aytib bergan ertaklar ichida «Tohir va Zuhro»ni eslaydi. Yodingizda bo‘lsa, o‘sha ertakda ham bosh qahramonlardan biri Tohir Amudaryoda sandiqda oqib ketadi. Bundan ko‘rinadiki, ertaklar orasida o‘xshash manzaralar tez-tez uchrab turar ekan.

Go‘zal yurt Susambilda

Bir podachi bor edi.

U mashhur edi elda,

Nomi Baxtiyor edi.

Go‘zal edi va chinor

Qomatiga edi zor.

Ko‘kraklari butun bir

Oftobni yashirardi.

Tanlarida bir umr

O‘t lovullab turardi.

Qilichday o‘tkir edi,

Rustam kabi zo‘r edi.

Ammo elda xor edi,

Kambag‘al, nochor edi...



Shu tarzda ertak-doston o‘quvchilarga tahlil qildirib boriladi.


2. Hamid Olimjonning she’rlari va qo‘shiq bo‘lib kuylangan she’rlari o‘quvchilarga eshittiriladi.

III. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)

1. O‘quvchilar o‘rtasida guruhlararo “Omadli sovrin” o‘yini o‘tkaziladi. Bunda har bir guruhdan 3 tadan o‘quvchi navbatma-navbat doskaga chiqib, dollarli o‘yinchoq pullar orqasiga yashiringan savollarni olib ularga javob beradilar. Agar kimgadir “Omadli sovrin” deb yozilgan qog‘ozcha tushsa, o‘sha guruhga bitta rag‘bat kartochakasi beriladi.



2. Guruhlararo “SWOT-tahli” metodi ham o‘tkaziladi. O‘quvchilar “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidagi qahramonlarga shu usul asosida tahlil yozadilar.

SWOT-tahlil

S – kuchli tomonlari


O - imkoniyatlar

W – ojiz tomonlari


T – tahdid, xavf-xatar

IV. O‘quvchilarni baholash. (3 daqiqa)

Darsning yakunida o‘quvchilarning va guruhlarning olgan ballari izohlanadi, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.



V. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash. (2 daqiqa)

  1. Darslikda berilgan savol va topshiriqlarga javoblar topish hamda ularni daftarga yozish. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidan parcha yod olish.

2. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni asosida rasm chizib kelish.

O‘quvchilarga uyga vazifa beriladi va dars yakunlanadi.



O‘qituvchi: Nig‘monova Aziza ___________

(F.I.Sh.) (Imzo)

Nazariy darsning texnologik xaritasi

T/r

Mashg‘ulot bosqichlari

Ajratilgan vaqt

Mashg‘ulot mazmuni

Ta’lim metodlari va texnologiyalari

Ta’lim vositalari

1.

Tashkiliy qism

5 daqiqa

O‘quvchilar bilan salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. Davomatni aniqlash. Dars shiorini va kun hikmati e’lon qilish.

Suhbat

Jurnal, doska, o‘quv qurollari

2.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. H.Olimjonning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar jadvalga joylashtiriladi.

Suhbat, ko‘rsatish, tushuntirish

Darslik, tarqatmalar

3.

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

O‘quvchilarga mavzu bo‘yicha qo‘shimcha nazariy ma’lumotlar beriladi. Mavzuga mos holda tayyorlangan slaydlar o‘quvchilarga ko‘rsatiladi va mazmuni izohlanadi. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni ifodali o‘qitiladi hamda tahlil qilidiriladi. Video va audio materiallar ko‘rsatilib, eshittiriladi.

Suhbat, kichik guruhlarda ishlash, tushuntirish, ko‘rsatish, eshittirish, tarmoqlash, bahs-munozara


Kompyuter, proyektor, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar, darslik

4.

Mustahkamlash (Qo‘llash)

10 daqiqa

Mavzuni mustahkamlash uchun “Omadli sovrin” o‘yini, “SWOT-tahlil” metodi o‘tkaziladi. O‘quvchilar guruhlar asosida berilgan topshiriqni bajaradilar. Ularning javoblari umumlashtiriladi.

Kichik guruhlarda ishlash, “SWOT-tahlil” metodi

Tarqatma materiallar

5.

Yakuniy qism

5 minut

Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi. Uyga vazifa beriladi.

Rag‘batlantirish, topshiriq berish

Rag‘bat kartochkalarijurnal, darslik

O‘qituvchi: Nig‘monova Aziza ____________


(F.I.SH.) (Imzo)
Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling