Tasdiqlayman” Maktab direktori: Traqov F. P
Download 191 Kb.
|
1 2
Bog'liq5 sinf adabiyot fanidan hamid olimjon(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2018-2019-o‘quv yili “Tasdiqlayman”
- Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar
- Dars tipi
- Ta’lim shakllari
- Dars turi
- Dars shiori
- Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim Vatan tuprog‘in. Hamid Olimjon
- “Oygul”
- III. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa)
- Oygul bilan Baxtiyor” (1937)
“Tasdiqlayman” Maktab direktori: Traqov F.P. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ shaharchasidagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nig‘monova Azizaning adabiyot fanidan 5-“A”sinfida o‘tadigan bir soatlik dars ishlanmasi 2018-2019-o‘quv yili “Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari: Ro‘ziboyeva Z. _______ (F.I.Sh.) (Imzo) 15-oktabr 2018- yil
O‘quv fanining nomi: Adabiyot Mavzu nomi: Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni Darsning maqsadlari: a) ta’limiy maqsad: Hamid Olimjonning hayoti va ijodi bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarga Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish. b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, yaxshilik, kamtarlik tuyg‘ularini singdirish, ona Vatanimizga, oilasiga va ota-onasiga cheksiz mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash. v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, ertak-dostonlarni tahlil qilish hamda ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, mavzu asosidagi bilim, ko‘nikmalarini boyitish. Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar: 1. Avvalgi darsda o‘rgangan bilimlari asosida Hamid Olimjonning hayoti va ijodiga oid to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. 2. Hamid Olimjon tomonidan yaratilgan adabiy asarlarni bilib oladilar. 3. Hamid Olimjonning adabiyotimizdagi o‘rni haqida ma’lumot oladilar. Vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida yozilgan ertak-dostonini tahlil qilishni, uni ifodali o‘qishni o‘rganadilar. 4. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni yuzasidan mustaqil fikrlarini bildiradilar va mavzu doirasida turli topshiriqlarni bajaradilar. 5. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonining qahramonlariga tavsif beradilar. Dars tipi: aralashgan dars Ta’lim metodlari va texnologiyalari: suhbat, “Jadvalni to‘ldiring” usuli, tushuntirish, ko‘rsatish, namuna, og‘zaki va yozma bayon qilish (debat), eshitish, “Omadli sovrin” o‘yini, “SWOT-tahlil” metodi Ta’lim shakllari: slaydlar asosida kichik guruhlarda ishlash Ta’lim usuli: o‘yin va topshiriqlar, bahs-munozara asosida Baholash metodlari: rag‘batlantirish va baholash Axborot manbalari va texnik vositalari: kompyuter, proyektor, ekran, slayd, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, videolavhalar, H.Olimjon qalamiga mansub she’rlar va qo‘shiqlarning audio MP3 varianti, rag‘bat kartochkalari Dars turi: nazariy-amaliy, bahs-munozara. Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 daqiqa. Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. (5 daqiqa) a) o‘quvchilar bilan salomlashish; b) o‘quvchilarni darsga hozirlash; d) o‘quvchilar davomatini aniqlash; e) dars shiori hamda kun hikmatini e’lon qilish va uni muhokama qilish. Dars shiori: Birlashgan –o‘zar, birlashmagan –to‘zar. O‘zbek xalq maqoli. Kun hikmati: Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda… Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim Vatan tuprog‘in. Hamid Olimjon II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa) 1. O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi va ularga H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni qahramonlarining nomlari beriladi. I guruh: “Oygul” II guruh: “Baxtiyor” III guruh: “Qul Tarlon” 2. “Jadvalni to‘ldiring” usuli asosida o‘quvchilarga topshiriq beriladi. Jadvalni to‘ldiring
III. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa) 1. Hamid Olimjon hayoti va ijodi bo‘yicha o‘quvchilarga qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi. Buyuklar xazinasidan. Akademik Oybek: “Otashin vatanparvar va talantli shoir”; Uyg’un: “Shodlik va baxt kuychisi” Mirtemir: “Hamid Olimjon tug’ma va nodir iste’dod edi” Dostonlari. “Oygul bilan Baxtiyor” (1937) “ Semurg‘” (1939) “Zaynab va Omon” (1938) Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling