Tasdiqlayman” Matematika va informatika fakultet dekani: U. Berdiyev
Download 0.94 Mb.
|
1 2
Bog'liqochiq dars bayyoonomasi mirkamol
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBI
“Tasdiqlayman” Matematika va informatika fakultet dekani:________ U.Berdiyev “___”_________2022 y. TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI “INFORMATIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI O’QITUVCHISI Alimov Mirkamol MengiboyevichNING “Ta`limiy interaktiv infografik vositalarni yaratish” FANIDAN O‘TKAZGAN OCHIQ DARSINI MUHOKAMA QILISHGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH BAYONNOMASI 2.12.2022 y. Termiz shahri Qatnashdilar: E.Xoliyarov – f.m.f.n., “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri S.Sattorov – “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi T.To’rayev –“Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi S.Amonov –“Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi M.Alimov– “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi M.Jo’rayev - “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi M.Mamayusupov - “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi N.Xudoyberdiyev - “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi M.Karimova - “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi M.Madayeva - “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi KUN TARTIBI: 1. “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi M.Alimovning Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo’llash fanidan “Ta`limiy interaktiv infografik vositalarni yaratish (Prezi dasturi misolida)” mavzusidagi ochiq laboratoriya dars tahlili. “Informatika va uni o’qitish metodikasi” mudiri f.m.f.n. E.Xoliyarov kirish so‘zi bilan ochib, o‘tkazilgan ochiq laboratoriyaga qatnashgan barcha professor-o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Yig‘ilish qatnashchilarini ochiq laboratoriya uchun tayinlangan taqrizchilar va ular tomonidan berilgan tashqi va ichki taqrizlari bilan tanishtirib o‘tdi. O‘tkazilgan ochiq laboratoriya bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirish uchun so‘zni ochiq laboratoriya darsi o‘tkazgan o‘qituvchi va ishtirok etgan professor o‘qituvchilarga berdi. 1.M.Alimov– 2- bosqich Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 206 guruh uchun ochiq darsda qatnashgan barcha professor – o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va ulardan dars tahlili davomida o‘tkazilgan darsga va o‘qituvchiga nisbatan o‘z fikrlarini bildirishlarini hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ochib berib ularni bartaraf etish bo‘yicha qimmatli maslahatlarini berishlarini so‘radi. Darsni 1992 yil 10 dekabr “O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Munosabati bilan madhiya bilan dars boshlandi. 2. S.Sattorov – Lobaratoriya darsi “Ta`limiy interaktiv infografik vositalarni yaratish (Prezi dasturi misolida) mavzusi reja asosida tashkil etilgan. O‘qituvchining amaliy vazifalarni kompyuterda bajarish salohiyati yuqori, o‘zini tutishi erkin, har bir amaliy topshiriqlarga to‘xtalib yetarli vazifalar berdi, mavzuni ravon va tizimli tartibda tushuntirdi. Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan zamonaviy axborot texnalogiylari yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Institutimizdagi mavjud internet tizimi va kompyuter sinflaridan unumli foydalanildi. Mavzu rejalari oldindan elektron taqdimot yozilgan bo‘lib, vaqtdan unumli foydalanish imkonini berdi. Umuman olganda, o‘tilgan dars yuqori saviyada, zamonaviy pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanilgan holda o‘tkazildi deb hisoblayman va namunali den baholayman. 3. To’rayev Toxir – ochiq dars o’tkazildi, dars reja asosida boshlandi. Dars mavzusi va 3 ta rejasi aytildi, har bir rejaga alohida to’xtalib o’tdi. Mavzu katta va dolzarb. Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. Barcha tushunchalarni talabalarga etkazdi. Darsda “Ta`limiy interaktiv infografik vositalarni yaratishda Prezi dasturidan unumli foydalandi va namunali baholayman. 4. N.Xudoyberdiyev – ochiq dars yuqori saviyada chiroyli tashkil etilgan, o‘qituvchining bilim darajasi va pedagogik mahorati yuqori. Fanga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlari OTM talablari darajasiga javob beradi. Mavzu fan o‘quv va ishchi o‘quv dasturlari hamda kalendar tematik rejasiga mos keladi. O‘tilgan mavzu “Ta`limiy interaktiv infografik vositalarni yaratish (Prezi dasturi misolida)” tegishli asosiy terminlar va tushunchalarni aniq tushuntirib berdi. Dars jarayonida yangi zamonaviy internet texnalogiyalaridan foydalanildi. O’qituvchi o’z maqsadiga erishdi deb hisoblayman. O‘tilgan mavzu OTM talablariga javob beradi va darsni namunali deb hisoblayman. 5. M.Karimova–ochiq laboratoriya dars tashkiliy jihatdan yuqori saviyada OTM talablariga mos ravishda tashkil etilgan. Mavzu, fan o‘quv va ishchi o‘quv dasturlari hamda kalendar tematik rejasiga mos keladi. O‘qituvchining Prezi va Fosusku dasturlarida ishlash bo’yicha intellektual salohiyati yuqori, o‘zini tutishi erkin, mavzuni ravon va tizimli tartibda tushuntirdi hamda o‘tilgan mavzuda yortilgan ma’lumotlar inglizcha terminlarni to’g’ri talafuz etibgina qolmay to’g’ri tushuntirdi. Juda aniq va tushunarli va ko’rgazmali o’tdi. O‘tilgan ochiq laboratoriyani namunali deb baholayman. 7. M.Jo’rayev – ochiq laboratoriya dars tashkiliy jihatdan yuqori saviyada OTM talablariga mos ravishda tashkil etilgan. Mavzu, fan o‘quv va ishchi o‘quv dasturlari hamda kalendar tematik rejasiga mos keladi. O‘qituvchining intellektual salohiyati yuqori, o‘zini tutishi erkin, mavzuni ravon va tizimli tartibda tushuntirdi hamda o‘tilgan mavzuda yortilgan ma’lumotlarni laboratoriya darslarida qo‘llanilishi bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi. Taqdimot va Borland C++ dasturidan takrorlanuvchi dastur tuzishda foydalanildi. Dars bo‘libgina qolmay hozirgi zamon talablariga mos keladi deyish mumkin. O‘tilgan ochiq laboratoriyani namunali deb baholayman. 8. M.Madayeva – ochiq dars yuqori saviyada chiroyli tashkil etilgan, o‘qituvchining bilim darajasi va pedagogik mahorati yuqori. Fanga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlari OTM talablari darajasiga javob beradi. Mavzu fan o‘quv va ishchi o‘quv dasturlari hamda kalendar tematik rejasiga mos keladi. O‘tilgan mavzu formulalar aniq, tushunarli, izohli tartibda o‘qituvchi tomonidan tushuntirildi, 9 ta topshiriq amaliy dasturlarni kompyuterda natija olindi. Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanildi. O‘tilgan mavzu OTM talablariga javob beradi va darsni namunali deb hisoblayman. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling