Tasdiqlayman maydalash sexi boshlig`i B. U. Sadulloyevga


III. Ish vaqtidagi xavfsizlik


Download 102.5 Kb.
bet2/6
Sana23.12.2022
Hajmi102.5 Kb.
#1045478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tVR-22

III. Ish vaqtidagi xavfsizlik 9. Yakka tartibda himoyalanish vositalaridan toʻgʻri foydalanish. 10. E'tiborli bo'lish, chalg‘imaslik va boshqalarni chalgʻitmaslik. 11. Ishlarning bajarilishiga aloqasi boʻlmagan shaxslarni ish joyiga qoʻymaslik. 12. Jihozlar, elektr priborlari, asboblar, moslamalarning ishga yaroqliligini hamda ish joyining yoritilganligini doimiy ravishda nazorat qilib turish 13. Elektr toki ta'siri ostiga tushib qolishga yoʻl qoʻymaslik uchun uzilib tushgan, osilib turgan simlarni oyoq bilan bosish yoki ularga teginish, shuningdek kuchlanish ostida boʻlgan tok uzatuvchi qismlarga, hattoki izolyatsiyalanganlariga ham teginish taqiqlanadi.
IV. Avariya vaziyatlaridagi xavfsizlik talablari 14. Avariya vaziyatida yoki baxtsiz hodisa ro'y berganda xodim zudlik bilan ishni to'xtatishi, ishda foydalanilayotgan elektr asbob-uskunalarini o'chirishi, mavjud boʻlgan aloqa vositalaridan foydalangan holda shaxsan oʻzi yoki boshqa shaxs orqali xodimlarni va bevosita ishlar rahbarini yoki boshqa mansabdor shaxsni xavf toʻgʻrisida xabardor qilishi va xavfsizlikning kerakli choralariga amal qilgan holda uni bartaraf etish choralarini ko'rishi shart. 15. Agarda baxtsiz hodisa xodimning oʻzi bilan roʻy bergan bo'lsa, u iloji boricha sog'lomlantirish punktiga murojaat qilishi, roʻy bergan hodisa haqida ishlar rahbarini xabardor qilishi yoki bunday qilishni atrofdagi kishilarning birortasidan iltimos qilishi kerak V. Ish tugaganidan keyingi xavfsizlik talablari 16. Stanokni to'xtatish hamda elektr asbob-uskunalarni toksizlantirish, stanokni paraxa ya gipiqlardan tozalash. Paraxa va qipiqlarni yig'ishtirishni uzun dastali maxsus choʻtkalar bilan amalga oshirish kerak. Ish joyini koʻzdan kechirish va tartibga keltirish, keraksiz chiroqlarni, shamollatishni o'chirish, ish joyini yigʻishtirib olish, ishlab chiqarish va maishiy qoldiqlardan tozalash. Materiallar, chala mahsulotlar hamda tayyor detallarni batartib joylab qo'yish.
Ishlab chiqdi:Gravitatsiya bo`limi boshlig`I T.K. Ibragimov


Download 102.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling