«Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulte dekani A. Turakulov 202-yil
Download 215.67 Kb.
|
YUSUPOVA XOLIDA XURRAMOVNA 888
Turobboev (Namangan shaxri, 29-maktab), K. Mansurov (Toshkent viloyati, 27- maktab), P. Mustafoev ( SHaHrisabz shaHri, 6-maktab), A. Mannopjonov (Namangan viloyati, 12-maktab) va boshqalar shular jumlasiga kiradi. SHuningdek, Respublika pedagogik o'qishlariga qatnashayotgan muallimlar soni Ham ortadi. Masalan, 1963 yilgi Respublika pedagogika o'qishlarida bironta Ham tasviriy san'at o'qituvchisi qatnashmagan bo'lsa, 1970 yilga aloHida estetik tarbiya sho''basi tashkil etildi. 1972 yilda esa “Estetik tarbiya” sho''basida “ Tasviriy san'at” kichik sho''basi ish olib bordi va unda 17 ma'ruza tingladi. Keyingi pedagogik o'qishlarda ma'ruzachilarning soni yana Ham ko'payib bordi. Ta'lim- tarbiya jarayonida yaxshi natijalarga erishib, pedagogik o'qishlarda muvaffaqiyatli qatnashganliklari uchun bir qator taniqli o'qituvchilar vazirlikning mukofotlariga Ham sazovor bo'ldilar. Tasviriy san'at o'qituvchilarining maHoratini oshirish va ilg'or pedagogik tajribalarni tashviqot qilishda Respublika miqyosida o'tkazilayotgan seminar va konferensiyalar katta rol o'ynadi. 1969 yilda estetik tarbiyaga bag'ishlangan Respublika seminar-kengashi 1970 yilga kelib an'anaviy Respublika konferensiyaga aylandi va u Har yili galma-galdan Respublikamizning viloyatlarida o'tkazib turildi. Samarqand, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Namangan, Andijon konferensiyalarida o'qituvchi, tarbiyachi, xalq maorifining raHbar- xodimlari bilan bir qatorda ilmiy xodimlar, metodistlar Ham ma'ruzalar bilan ishtirok etdilar. Ma'ruzalarda dolzarb masalalarni ko'tarib chiqdilar. Bunday ilmiy- amaliy konferensiyalar faqat Respublika miqyosida emas, balki viloyat, shaHar, tuman miqyosida Ham o'tkazib turildi. O'zbekiston vazirlar mahkamasining 1966 yil 31 dekabr qaroriga muvofiq, O'zbekiston Vazirilar kengashining 1967 yil 22 martidagi farmoyishi asosida O'zbekiston maktablaridagi ta'lim mazmunini aniqlash bo'yicha komissiyalar tuzildi. Boshqa fanlar qatori maktablarda tasviriy san'at bo'yicha Ham komissiya ishladi. Bu komissiyaga maktab o'qituvchilari, xalq maorifining xodimlari, metodist, ilmiy xodim, rassom, san'atshunoslar jalb etildi. “Tasviriy“ san'at deb nomlangan yangi dastur loyiHasi shu vaqtgacha amalda qo'llanib kelingan “Rasm” predmeti asosida O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida yaratildi.
Download 215.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling