SAVOL-JAVOBLARGA O‘TILDI:
Dissertantga quyidagi savollar berildi:
Professor A.Utamuradov tomonidan berilgan savol:
O’tkazilgan satsiologik tadqiqotlar natijangizga ko‘ra yoshlarning jamiyatdan begonalashuviga sabab bo‘layotgan qanday omillar ko‘rsatdingiz ?
Javob: savol uchun rahmat. O‘tkazgan satsilogik tadqiqotimiz natijasidan ko‘rishimiz mumkin hozirgi davrda yoshlar jamiyatdan begonalashuviga ta’sir qilayatgan omillarni faqatgina bitta deb bo‘lmaydi, balki bir nechta omillarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Bular:
giperproteksiya(ota-ona farzandining har bir qadamini nazorat qilishadi, unga nisbatan ko‘p talablar qo‘yishadi )
gipoproteksiya(ota-ona farzand, uning muammolari bilan umuman qiziqmaydi
Otasiz farzand
Onasiz farzand
Otaning ichkilikbozligi
Onaning ichkilikbozligi
Xo‘rlash kabi omillar bugungi kunda yoshlarning jamiyatdan begonalshuviga sabab bo‘layatgan omillardan deb ko‘rsatishimiz mumkin
Siyosiy fanlar doktori professor., B.Omonov tomonidan berilgan
Savol: Mamalakatimizdagi aql markazlarini bilasizmi?
Javob: savol uchun rahmat “Aql markazlari” — ijtimoiy-siyosiy muammolarni oʻrganish bilan shugʻullanuvchi va mustaqil fikr hamda tavsiyalar beruvchi ekspertlik-tahliliy tashkilotlardir. Ular dunyoning rivojlangan mamlakatlarida siyosatni shakllantirishda yetakchi rol o‘ynaydi, turli vaziyatlarda ekspertlik fikrlarini tavsiya qiladi: global iqtisodiy inqirozga qarshi kurashishdan tortib jangavor harakatlarning tahliligacha.
-Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi
-Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
-Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
-Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
-Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |