Tasdiqlayman” Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori


Download 138.29 Kb.
bet2/10
Sana10.11.2023
Hajmi138.29 Kb.
#1761213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xakimov D Kafedra bayonomasi

Ilmiy rahbar: R.Ruziyeva – f.f.d., prof. (rahbar ilmiy xulosasi ilova qilinadi).
Taqrizchilar:
1. B.Tuychiyev – f.f.d., prof
2. A.Turg’unov – (PhD)
Ilmiy-nazariy seminar raisi: s.f.d. (DSc), dots. U.X.Bo‘tayev tadqiqotchi Xakimov Dilmurod Abdulbokiyevichning “Yoshlarning jamiyatdan begonalashuvini oldini olishning ijtimoiy-axloqiy asoslari” mavzusida 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi muhokama qilinishi yuzasidan qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Dissertatsiya Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti «Huquqiy fanlar» kafedrasida bajarilgan.
Mazkur tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida aprobatsiyadan o‘tkazilgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 9 ta ilmiy ish chop etilgan. Shulardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta va impakt faktori yuqori xorijiy jurnallarda 2 ta maqola chop etilgan. Mavzu OAK jurnalining 2021-yil 2-sonida e’lon qilingan. Malakaviy imtihonlar topshirilgan, guvohnomalar mavjud. Dissertatsiya natijalarining amaliyotga tadbiqi yuzasidan tegishli ma’lumotnomalar mavjud. So‘z tadqiqotchiga berildi. Tadqiqotchidan belgilangan reglamentga (15 daqiqa) amal qilgan holda, qisqa va lo‘nda chiqish taklif etildi.
Eshitildi. tadqiqotchi Xakimov Dilmurod Abdulbokiyevichning “Yoshlarning jamiyatdan begonalashuvini oldini olishning ijtimoiy-axloqiy asoslari” mavzusida 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi ishi yuzasidan taqdimot qildi.
Taqdimotda tadqiqotchi dissertatsiyaning mazmuni, mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqot maqsadi, vazifasi, ob’ekti, predmeti, tadqiqot usullari, ishning ilmiy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, himoyaga olib chiqilayotgan holatlar, tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi hamda dissertatsiyaning hajmi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Dissertatsiya ishi kirish, uch bob, yettita paragraf, xulosa, sotsiologik so‘rovnoma, adabiyotlar ro‘yxati, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati hamda ilova qismlaridan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 130 betni tashkil qiladi. Tadqiqot o‘zbek tilida bajarilgan.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, muammoning o‘rganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi asoslangan, tadqiqotning respublika innovatsion rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi, ob’ekti, predmeti, metodlari, maqsad va vazifalari aniqlangan.Olingan natijalarning ilmiy va nazariy xulosalarning ahamiyati, amaliyotga joriy qilingani, aprobatsiyasi, nashr etilgan ishlar, dissertatsiyaning tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Jamiyatdan begonalashuv jarayonlarini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari” nomlanadi. Unda falsafaning azaliy va abadiy mavzularidan hisoblangan inson faoliyatida begonalashuv va uning namoyon bo‘lish xususiyatlari, jamiyatdan begonalashuvning tarixiy genezisi va falsafiy qarashlar evolyutsiyasi hamda hozirgi davrda yoshlarining ma’naviy begonalashuvi va mehnatdan uzoqlashuvining o‘zaro aloqadorligi bilan bog‘liq masalalar ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan.
Dissertatsiyada Begonalashuv - bu o‘z insonni mohiyatidan uzilib, uning teskari tomoniga o‘tish jarayonidir. Ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida bunday qarama-qarshiliklar doimiy ravishda ishlab chiqariladi, bu esa begonalashuv jarayonidir. Falsafiy nuqtai nazardan, u quyidagilarni nazarda tutadi: sub’ekt ma’lum bir bosqichga o‘tganda, u o‘z qarama-qarshiligidan ajralib chiqadi va tashqi begona kuchga aylanadi. Jamiyatdan begonalashuv – bu ijtimoiy-falsafiy tushuncha bo‘lib, kishining jamiyatda belgilangan mehnat munosabatlarida, ularni boshqarishdan, o‘zi yaratgan munosabatlar va ob’ektivlashtirilgan narsalardan chetlanganligini bildiruvchi ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Demak, jamiyatdan begonalashuv negizida moddiy va ma’naviy manfaatdorlik bilan bog‘liq omillar tashkil etishi xaqida ta’riflar berilgan.
Begonalashuvning rivojlanishiga ta’sir qilayotgan faktorlar ommaviy munosabatlar, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy va texnologik yondashuvlar, madaniyat va mehnat sohasidagi ommaviy o‘zgarishlar, shaxsiy xususiyatlar va boshqa faktorlar bo‘lishi mumkin. Begonalashuvning ommaviy munosabatlardagi o‘zgarishlarga ta’sir qilayotgan faktorlar orasida media, suhbatlar, ijtimoiy tarmoqlar, boshqa muassasalar ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Texnologik yondashuv esa begonalashuvni o‘zgartirishga uzoq muddatli ta’sir qiladi, masalan, internet va smartfonlardan foydalanish begonalashuvni o‘zgartirishi mumkin. Shaxsiy xususiyatlar begonalashuvni ta’sir qilishi mumkin, masalan, insonning o‘ziga ishonchsizligi, muxitdagi turmush, yoshlarda turli o‘zgarishlar bo‘lishi orqali ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Boshqa faktorlar orasida iqtisodiy yondashuv, siyosiy munosabatlar va tarixiy hodisalarda aks etadi.
Dissertatsiyada Jahon falsafiy tafakkur taraqqiyotida insonni jamiyatdan begonalashuvi muammosiga xam e’tibor qaratilgan. Jumladan, bu boradagi dastlabki falsafiy g‘oyalar Qadimgi Misr, Hindiston, Yunoniston va Rimda vujudga kelgan. Misrda miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda falsafiy fikrlar shakllanganligi haqida muhim tarixiy dalillar mavjud. Bu davrda inson jamiyatdan begonalashuvining ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-madaniy hayotdagi muammolar bilan bog‘langan jihatlari afsonaviy, diniy va falsafiy qarashlar asosida ifodalanganligini kuzatishimiz mumkin. Qadimgi Yunon falsafasi namoyandalari Suqrot, Aflotun, Arastu ta’limotlarida insonni jamiyatdan begonalashuvi jiddiy ma’naviy-ruhiy va axloqiy muammo ekanligi har tomonlama asoslab o‘tilgan.
Yoshlarni begonalashuvini oldini olishda Sharq madaniyati va falsafiy ana’analarini tadqiq etish yo‘nalishida sharq mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom G‘azzoliy, Jaloliddin Rumiy ijodida insonni jamiyatdan begonalashuvi ma’naviy-axloqiy va diniy qarashlar orqali asoslangan. Bunda, avvalo, Abu Nosir Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida «Ruhan kasal odamlar, - deb yozadi mutafakkir, - ham yomon istaklari va odatlari tufayli buzilgan tasavvurlariga qarab, yomon (axloqsiz) fe’l-harakatlardan huzurlanadilar va go‘zal qiliqlarni, ishlarni yoqtirmaydilar yoki umuman go‘zallikni tasavvur qilmaydilar» deb takidlaganini ko’rishimiz mumkin.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Yoshlar ma’naviy-axloqiy begonalashuvining ijtimoiy omillari” ga bag‘ishlangan. Unda yoshlarning mehnat bozoridagi begonalashuvining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, yoshlarning ma’naviy-axloqiy begonalashuvini oldini olishda milliy ta’lim va tarbiya tizimining o‘rni hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy begonalashuvini oldini olishda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning ahamiyati ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan.
Yoshlar tushunchasiga “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunga tayangan holda jamiyatning eng nufuzli va dinamik qatlam sifatida qaralgan. 2023-yil 1-oktabr holati ko‘ra, aholi soni 36 599 764 kishi bo‘lib, shundan, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 27.4 % (9 675 024) ni tashkil etadi. Respublikamizda yoshlar bandligini ta’minlash siyosati ustuvor ahamiyat kasb etgan holda amalga oshirilayotgan konkret konstruktiv islohotlar yoshlar bandligini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu sohada “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Bir million dasturchi”, “Yoshlar -kelajagimiz”, “IT-park”dasturlari, “Temurbek maktabi”, “Prezident maktablari” va taniqli yozuvchi, shoirlar nomiga bilan tashkil qilingan maktablar hamda iqtidorli yoshlarni tanlab olinishi va o‘qitilishi mamlakatimizda yoshlar salohiyatini yanada oshirish orqali uning taraqqiyotiga xizmat qilishi muqarrar. Bunday ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkori” g‘oyasini amalga oshirishda muhim strategik ahamiyatga ega ekanligi tuzilmaviy-funksional jihatdan o‘rganilgan va asoslangan.
Zamonaviy jamiyatda ma’naviy begonalashuvni bartaraf etish uchun huquqiy, ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy (moddiy-ishlab chiqarish) sohalarda va ijtimoiy rivojlanishning barcha ijtimoiy darajalarida: shaxsiy, ijtimoiy-guruh, ijtimoiy, davlat, sivilizatsion va global miqyosdagi ustuvor yo‘nalishlar tizimini amalga oshirish zarurligini xam takidlab o’tilgan.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasida ta’lim sohasidagi siyosat va unda yoshlarning faol munosabati bilan bog‘liq tendentsiyalar aniqlangan. Tadqiqot ishi yoshlar faolligi bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar hamda tadqiqotchi tomonidan amalga oshirilgan so‘rovnoma natijalariga tayangan holda tuzilmaviy-funksional o‘rganilgan.
Tadqiqotning uchinchi bobi “Yoshlar ma’naviy - axloqiy begonalashuvini oldini olish: muammolar va yеchimlar” deb nomlangan bo‘lib, unda kibermakonda yoshlar ma’naviy-axloqiy begonalashuvi va uni bartaraf etishning ustuvor yo‘nalishlari, yoshlar o‘rtasida begona g‘oyalar, zararli illatlar va radikal qarashlarga qarshi kurashning ma’naviy-axloqiy mazmuni, shakli, usul va metodlari hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy begonalashuvini oldini olishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar va ularning samaradorlik darajalari ochib berilgan.
XXI asr boshidan boshlab kibermakondagi barcha global jarayonlar dunyo mamlakatlari o‘rtasida ushbu makonni nazorat qilish uchun kurash boshlanishiga olib keldi. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa masalalar hal etiladigan kiber makon uni nazorat qiluvchilar manfaatlariga xizmat qiladi va hayotning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruvda axborotdan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat va fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, mamlakatning axborot jamiyatiga o‘tishi uchun sharoit yaratish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat hayotining ko‘plab sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
Kibermakonning asosiy tarkibiy qismlaridan biri Internet bo‘lib, u dunyoning istalgan nuqtasidan tezkor va arzon ulanish vositasi sifatida axborot almashinuvi va operatsiyalari moslashuvchan va qulay tarzda amalga oshiriladigan joydir. Internet butun dunyo bo‘ylab hukumat, tijorat, harbiy va boshqalar tomonidan qo‘llaniladi. Internet TCP/IP protokoli asosida kompyuterlar, turli muhokama guruhlari, axborot resurslari, elektron pochta xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ishonch bilan aytish mumkinki, kibermakonda amalga oshirilayotgan tranzaktsiyalarning aksariyati internetda amalga oshiriladi. Xalqaro elektraloqa ittifoqi hisobotiga ko‘ra, 2023-yilda dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 6 milliardga yaqinlashgan bo‘lib, ularning 66 foizi rivojlangan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Veb-resurs tomonidan chop etilgan har qanday turdagi materiallar foydalanuvchilar tomonidan Internetda hech qanday senzurasiz osongina o‘qiladi va tomosha qilinadi. Forumlarda, ijtimoiy tarmoqlarda (facebook, twitter, vkontakte va h.k.) munozaralar shaklida yozilgan interfaol matnlar kiber makonning xarakterli elementlari hisoblanadi.
Yoshlarni jamiyatdan begonalashuvi aniqlash maqsadida “Yoshlar ma’naviy - axloqiy begonalashuvini oldini olish: muammolar va yechimlarining sotsiologik tadqiqi va tahlili” mavzusida sotsiologik tadqiqot o‘tkazildi. So‘rovnomada O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat agrar universitet, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti va Namanagan muhandislik texnalogiyalari instituti talabalari ishtirok etdilar.
Sotsiologik so‘rovnomada jami 1431 nafar respondent qatnashdi, jumladan, yigitlar – 747 kishi (52,6%), qizlar – 685 kishi (47.8%) ni tashkil etdi. Respondentlarni yosh tuzilmasi: 14-18 yosh – 249 kishi (17,3%), 19-25 yosh – 783 kishi (54.6%), 26-30 yosh – 287 kishi (20.1%), 31yoshdan kottalar – 113 kishi (7.8%), kishi tashkil qildi. Shunisi etiborga loyiqki, so‘rovnoma ishtirok etgan respondentlardan “Sizningcha yoshlarning zararli odatlarga odatlanishida qaysi omillarni ustuvor deb hisoblaysiz?” degan savolga respondentlarning Ota-onaning "o‘rnak" bo‘lishi, Tengdoshlarining ta’siri, yoshlarni borgan sari erkalatib yuboryapmiz, Tarbiyasiga e'tibor pas, Borib-borib o'zini ota-onasini ham mensimay qo'ymoqda, Milliy va xorijiy kinofilmlar, Oila va ta’lim muassasasidagi muhiti, Hammasi tarbiyaga bog'liq kabi o’zlarinig javoblarini berib o’tishgan.
Siz kundalik hayotda zamonaviy gadjetlardan foydalanasizmi? Degan savolga respondentlar tomonidan quydagicha javob oldik. Respondentlarning kata qismi bugungi kunda zamonaviy gajedtlardan 875 (61.1%) doimiy foydalanishini tasdiqlagan, 513 (35%) nafar yoshlar esa ba’zan foydalanishini ko’rishimiz mumkin. Qolgan 44 nafar (3.9%)yoshlar esa bugungi kunda zamonaviy gadjetlardan foydalanmasligini tasdiqlashgan.
Amaliy taklif va tavsiyalar:
- yoshlarning jamiyatdan begonalashuvining oldini olishni ijtimoiy-ahloqiy asoslarini yaxlit o‘rganish doirasida turli ijtimoiy-gumanitar fanlar xususan falsafiy bilimlar (falsafa, ijtimoiy falsafa, ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika, ) doirasida integrativ – tadqiqotlarni amalga oshirish kerak;
- yoshlarning jamiyatdan begonalashuvining oldini olishni ijtimoiy-ahloqiy asoslarini tadqiq qilishda qiyosiy - tadqiqot ob’ektlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘xshash, lekin bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar bilan taqqoslash lozim;
- tarixiy va genetik nuqtai-nazardan yoshlarning jamiyatdan begonalashuvining oldini olishni ijtimoiy-ahloqiy asoslarini tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilish muhim;
- yoshlarning jamiyatdan begonalashuvining oldini olishni ijtimoiy-ahloqiy asoslarini fenomenologik jihatdan ya’ni o‘rganilayotgan hodisalarning mazmuni va semantik mazmunini aniqlash imkonini beruvchi ilmiy qarashlardan kelib chiqib ish tutish lozim;
Dissertant kafedra a’zolariga va muhokama qatnashchilariga minnatdorchilik bildirgan holda o‘z chiqishini yakunladi.


Download 138.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling