7-MAVZU. SOTSIAL MUNOSABATLAR
REJA:
7.1. Sotsial munosabatlar tushunchasi va uning turlari.
7.2. E.Dyurkgeym konsepsiyasida hamfikrlik tushunchasi
7.3. Begonalashuv va tanazzul haqidagi g‘arb olimlarining ta’limotlari hamda begonalashuv turlari va ularning ijtimoiy oqibatlari.
1. Sotsial munosabatlar. Sotsial munosabatlar tushunchasi, strukturasi, mohiyati
2.Sotsial munosabat turlari.
3. Bеgonalashuv turlari va ularning ijtimoiy oqibatlari
Tayanch so‘z va iboralar: Murojaatnoma, Harakatlar Strategiyasi, Sotsial munosabatlar, sotsial munosabat turlari: hamfikrlik, koopеrasiya, konfliktlar, kurash, bеgonalashuv, bеfarqlik, krizis, kamsitish, notеnglik, plyuralizm, bеgonalashuv va tanazzul, milliy goya va milliy mafkura.
7.1. Sotsial munosabatlar tushunchasi va uning turlari
Sotsial munosabatlar–jamiyat, ijtimoiy tizim tushunchalari bilan uzviy bo‘g‘liq bo‘lib, ularning har biri sotsial munosabatlarning tarkibiy elementini tashkil qiladi.
Ijtimoiy tizim - o‘zaro bog‘langan individlar, ijtimoiy guruhlar va institutlarni o‘z ichiga oluvchi, murakkab tashkil bo‘lgan va tartiblangan ijtimoiy yaxlitlik. Alohida shaxs ham uning tashqi dunyo bilan munosobatlarining serqirraligi va o‘z -o‘zini tashkil qilishining yaxlitligi nuqtai nazaridan ijtimoiy tizim hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |