7-mavzu. Sotsial munosabatlar reja
Download 82.62 Kb.
|
7 ÌÀÂÇÓ ÌÀÐÓÇÀ ÌÀÒÈÍÈ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy struktura
Ijtimoiy tizim - murakkab ichki tuzilishga ega bo‘lib, tartibli, bir butun, o‘ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi. Har qanday ijtimoiy tizim tarkibiy tizimlar, masalan, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, ijtimoiy turmush, fan va boshqa shu kabi sohalarida to alohida olingan insongacha bo‘lgan ijtimoiy tizimlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy struktura - jamiyatning ijtimoiy asosidir. Sotsiologiya nazariyasida barcha ijtimoiy tizimlar ikki xil munosabatda mavjud bo‘ladi: 1. Sotsiental munosabatlar. 2. Ijtimoiy munosabatlar.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu o‘zgarishlarning dastlabki natijalari aholimiz hayoti va kundalik turmushida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda, el-yurtimizning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi o‘sib bormoqda. Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda.
Qisqa muddatda ana shu qabulxonalarga bir yarim milliondan ziyod fuqaro murojaat qilgani va qancha-qancha odamning yillar davomida hal etilmagan muammolari ijobiy echilgani O‘zbekistonda xalq hokimiyati nomiga emas, amalda joriy etilayotganini ko‘rsatmoqda. Joylarda rahbarlarning yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan shaxsiy javobgarligi kuchaygani mazkur tizimning muhim natijasi bo‘ldi. Aynan xalqimiz manfaatlarini hisobga olib, ijtimoiy adolatni ta’minlash bo‘yicha eng muhim institut bo‘lgan sud-huquq sohasida, prokuratura va ichki ishlar organlari tizimida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda atroflicha so‘z yuritilgani uchun, o‘ylaymanki, bugun bu mavzuda ortiqcha to‘xtalib o‘tirishga zarurat yo‘q. 2017 yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etish, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari ishini yanada faollashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bo‘lmagan 1100 dan ortiq shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi. O‘ylaymanki, bu inson huquq va erkinliklarini amalda ta’minlashga qaratilgan ishlarimizning yana bir tasdig‘idir. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan) Download 82.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling