« TASDIQLAYMAN»
________-MTTdirektori
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KICHIK GURUHIDA TA’LIM JARAYONINI REJALASHTIRISH JADVALI
2022-2023 o‘quv yili.
MARKAZLARDAGI FAOLIYAT
|
TARBIYACHI O‘TISHI LOZIM BO‘LGAN UMUMIY GURUHDAGI FAOLIYAT
(FRONTAL MASHG‘ULOTI)
|
MUTAXASSISLAR O‘TADIGAN UMUMIY GURUHDAGI FAOLIYAT
(FRONTAL MASHG‘ULOTI)
|
Dushanba
|
1. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi
2. Syujetli rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi
3.Til va nutq markazi
4. Ilm, fan va tabiat markazi
5. San’at markazi
|
Nutq, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish
|
1.Musiqa
|
Seshanba
|
1. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi
2. Syujetli rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi
3.Til va nutq markazi
4. Ilm, fan va tabiat markazi
5. San’at markazi
|
Xoreografiya____Chorshanba'>Elementar matematika
|
1.Xoreografiya
|
Chorshanba
|
1. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi
2. Syujetli rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi
3.Til va nutq markazi
4. Ilm, fan va tabiat markazi
5. San’at markazi
|
|
1.Jismoniy tarbiya
|
Payshanba
|
|
|
1. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi
2. Syujetli rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi
3.Til va nutq markazi
4. Ilm, fan va tabiat markazi
5. San’at markazi
|
|
Jismoniy tarbiya(sayrda)
Xoreografiya
|
Juma
|
|
|
1. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi
2. Syujetli rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi
3.Til va nutq markazi
4. Ilm, fan va tabiat markazi
5. San’at markazi
|
|
1.Musiqa
|
Izoh: Sensor tarbiya, konstruktsiyalash /applekattsiya, fan va tabiatshunoslik asoslari /ekologiya, loy, rasm ta’limiy faoliyatlari markazlarda tashkil etiladi.
badiiy adabiyot- tarbiyachining ish jurnalining kunning ikkinchi yarmi deb nomlangan bo‘limida “Badiiy adabiyot” qismi berilgan. Ushbu qism xaftaning har kuniga qo’yilgan. Demak, tarbiyachi har kuni kunning ikkinchi yarmida bolalarga ertak, hikoya aytib berishi, ertakni sahnalashtirishi, stol, soya, qo‘g‘irchoq, barmoq teatrlari qo‘yib berish orqali ularni mustahkamlashi, mavsumga o‘tilayotgan mavzularga mos she’rlarni yodlatishi kerak. Bundan tashqari turli viktorinalar o‘tkazish, kitob burchagini doimiy yangi adabiyotlar bilan to‘ldirib borilsa, ertaklar asosida rasm chizish, “She’r sevuvchi bolalar” tanlovlarini o‘tkazish bolalarni badiiy adabiyotg aoshno qiladi.
fan va tabiatshunoslik asoslari /ekologiya – ushbu mashg‘ulot har kuni ertalabki soatlarda, “Ilm, fan va tabiat ” rivojlanish markazida, sayrda, kechki sayrda bolalar bilan suhbatlar, kuzatishlar, mehnat orqali amalga oshiriladi. Alohida mashg‘ulot qilib o‘tish uchun ehtiyoj yo‘q. Chunki bola bilan ertalabki suhbat jarayonida u tomonidan kim bilan birga kelganligi (oila), nimada kelganligi(transport), yo‘lda nimalarni, kimlarni ko‘rganligi (kattalar mehnati bilan tanishtirish), ob-havo qandayligi, odamlarning kiyimlari qanday, shamol, sovuq, qor, yomg‘ir yog‘ishi, yaxmalak, hayvonot olami va qator boshqa mavzulardagi suhbatlar atrofimizdagi olam va tabiat haqidagi bolalarning bilimlarini mustahkamlaydi va yangi bilimlarni o‘rgatadi.
loy, rasm, applikatsiya – bu 3 ta mashg‘ulotni bir vaqtning o‘zida “San’at” rivojlanish markazining stoliga rasm, applikatsiya, loy ishi uchun materiallarni bir vaqtning o‘zida joylashtirishni o‘rganishimiz kerak, chunki bolalarda turli qiziqishlar bor. Ular rasmda chizib chiqarib berolmagan mavzularini loyda juda o‘xshatib beradilar, applikatsiyani ham eplaydilar. Ba’zida bolalar rasm chizishda applikatsiyadan, plastilindan ham foydalanib predmetni tasvirlashlari mumkin. Masalan mashinani bo‘yoqda tasvirlasalar, mashinaning oynasini, g‘ildiraklarini qog‘ozda qirqib yopishtirishlari mumkin. Demak, bu markazimiz bir vaqtning o‘zida 3 ta mashg‘ulotni o‘z ichiga oladi.
Sensor tarbiya- “Qurish, yasash, konstruksiyalash + matematika” rivojlanish markazida, ertalabki, kechki soatlarda ta’limiy o‘yinlar sifatida amalga oshiriladi.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining 1-nashrida berilgan ayrim mavzularning 2- nashrda o‘zgarganligi sababli markazlardagi faoliyatlarga yangi mavzular topish va ularga ham markazlardagi ta’limiy faoliyatlarni ochib yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |