«tasdiqlayman» Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B. B. Sobirov 2022-yil “ ”
Mamlakatimiz yoshlarinipg Internetdan foydalanish xolatini
Download 0.78 Mb.
|
Mediasavodxnlik majmua 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi
- Uchinchi
- E. Toffler “Uchinchi to’lqin” asarida “Insoniyat ortda qoldirgan yo’l uch bosqichdan iborat”
Mamlakatimiz yoshlarinipg Internetdan foydalanish xolatini tahlil qilib ko’rsak: ularning 421 ming nafari «Odnoklassniki.ru», 129 mingga yaqini «Fasebook» saytida, 165 mingdan ortigi «Moy mir», 250 mingdan ziyodi esa «Vkontakte.ri» saytining doimiy foydalanuvchilari xisoblanadi. Vaxolanki, Rossiya IIV tomonidan «Vkontakte.ru» sayta Runetdagi bolalar pornetrafiyasini saqlovchi ijtimoiy tarmoq sifatida tan olingan, «Odnoklassniki.ru» va boshka ijtimoiy tarmoqlarda ham pornografiya va shafqatsizlikni targ’ib etuvchi resurslar mavjud.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko’ra, bugun butunjaxoi Internet tarmog’ida o’z joniga qasd qilishning oson yo’llarini targ’ib qiluvchi 9 mln, erotik mazmunga ega 4 mln.dan ziyod saytning mavjudligi har birimizni mushohada qilishga undashi tabiiy. Mutaxassislar e’tiroficha, dunyodagi bolalar va o’smirlarning 42 foizi «onlayn-pornografiya» ta’siriga tushayotgan ekan. YOki kompyuterlarga kiritilgan o’yinlarniig 49 foizi zo’ravonlik va yovuzlikni, beshafqat urushlar, otishmalar, portlashlarni targ’ib qilishi nimadan dalolat beradi? Bu kabi tahdidlar, avvalo, yoshlarniig ongini egallashga yo’naltirilgan bo’lib, xalkimizning ma’naviy xazinasi bo’lgan odob, axloq, sharm-hayo, iffat-andisha kabi yuksak fazilatlarimizga tajovuz qilib, ko’p ming yillik milliy qadriyatlarimizning ildiziga putur yetkazayotgani ham, taassufki, bor gap. Evropa mamlakatlarida internet ham umumevropa qonunchiligi, ham har bir davlatning o’z huquqiy-me’yoriy xujjatlari bilan tartabga solinadi. Masalan: “Kiber jinoyatlar to’g’risida”gi Konvensiya, “Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet to’g’risida”ti yevropa Itgafoqi parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya kabi ilg’or davlatlarda voyaga yetmagan va yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar shular jumlasidandir. Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammo hal bo’lmaydi. Bu hususda yana prezidentimiz “… yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida, balki radio – televidiniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang – barang axborot va ma’lumotlarni olmoqdalar. Jahon axborot maydoni toboro kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab – chirmab, uni o’qima, buni ko’rma deb, bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokartik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’lda hech qachon qaytmaymiz”4. XXI asr boshida hayot suratlarining beqiyos darajada tezlashuvi, axborot oqimining kuchayishi oqibatida avtoritar – nufuz masalasi ham yangicha ma’no kasb etayotir. Ba’zi yoshlar o’zining bilim olish va hayotga munosabatini belgilashda ota – ona, ustoz – murabbiyini emas, OAV hamda internetni avtoritar sifatida e’tirof etishi, ulardagi axborot va ma’lumotlarni mutloq chin deb ishonishi tashvishlanarli holdir. Bugun xaqiqatni uydirmadan ajrata olmaydigan, bu boradagi hali tajribasi ham bo’lmagan yoshlarning hayotiy tushuncha va tasavvurlarini asosan ta’lim – tarbiya muassasalarining ish faoliyatini qiyinlashtirib qo’ymoqda. Sir emaski, internet tez va arzon axborot yoki ma’lumot olish, yetkazish hamda qayta ishlashda beqiyos manba sanaladi. Kundan – kun safi kengayib, foydalanuvchilar soni ortayotgan mazkur tizim dunyo hamjamiyatining axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirmoqda. “Uzoqni yaqin qiladigan” manba sifatida qaraladigan internetning ko’proq yoshlar kiradigan saytlarini tubdan yangilash zarur. Sababi — sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yuksak ma’naviyat, pok axloq asosida o’g’il–qizlarni tarbiyalash vazifasi ana shuni taqazo etadi. “Ommaviy ma’daniyat” niqobi ostida g’arbona kiyinish, g’arbona muomala singari milliy – ma’naviy qadriyatlarimizga zid g’oyalar yoshlarimiz ongini zaharlashiga loqayd qarab turib bo’lmaydi. SHuning uchun, ayniqsa, ta’lim tizimidagi saytlarning ma’lumotlar bazasini sog’lom tarzi talablariga mos ravishda giyohvandlik, kashandalik, ichkilikbozlikka qarshi kurashga oid axborotu ma’lumotlar bilan boyitish, yangilash zarur. YOsh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishiniig oldi olinadi. Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi. Dunyoda yoshlar kamoli haqida qayg’urmaydigan millat, ularning kelajagi uchun jon koyitmaydigan davlat topilmasa kerak. YOshlar har bir millatning davomchilari bo’lishi barobarida, davlatning tayanchi, kelajagani hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo’ladilar. Ammo, shunday kuchlar ham borki, ular o’z qarashlarini singdirish yo’lida har qanday usullardan ham voz kechmaydi. Vunday kuchlarning ko’lida insoniyat ongining mahsuli bo’lgan eng yuksak texnologiyalar, usullar ham qurol vositasini o’tayotganligi barchani tashvishga soladi. Ayniksa, hozirgi davrda internet saytlarida yoshlar dunyokarashiga ijobiy ta’sir kiluvchi axborotlar oqimidan tashkari buzgunchi g’oyalar asosida shakllantirilgan materiallar ham uchrab turadi. Internet saytlarida yoshlarga kuchli ta’sir etuvchi axborotlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Birinchi toifadaga axborotlar sirasiga yot, buzg’unchi g’oyalar (diniy ekstremizm va terrorchilik g’oyalari, millatchilik, irqchilik, sadizm kabilar)ni kiritish mumkin. Ikkinchi toifadagi axborotlar esa g’arb hayot tarziga xos, o’zbek mentalitetiga zid odatlar va ko’nikmalarni targ’ib etadi. Bu ayniksa, g’arb yoshlarining kiyinishi, odatlarini targ’ib qiluvchi maqolalar, kliplar, filmlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Uchinchi toifaga esa pornografik axborotlarii kiritish mumkin. To’rtinchi toifaga esa hali tekshirilmagan, o’z isbotiga ega bo’lmagan turli xujumkor axborotlarni kiritish mumkin. Internet saytlaridan tarqatilayotgan bu kabi yot g’oyalar va axborotlarni yoshlar tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari jaxondagi barcha mamlakatlari halqini ham tashvishga solmokda. YOsh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uiing taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishining oldi olinadi. Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi. Kelgusida yoshlarning axborot muxitidagi ijtimoiy ongini monitoring qilish tizimini shakllantirish, “virtual” axborot hududida ularning ustuvor nuktai-nazarlarini o’rganiig, kelajak avlodning axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotdan aholini himoya qilish, o’sib kelayotgan avlodning media-savodxonligini muntazam oshirib borish, yoshlarning ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatuvchi “ommaviy madaniyat” tahdidi va yot oqimlarning haqiqiy moxiyatini ochib beruvchi ma’lumotlarni yetkazish tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha faoliyatni yanada rivojlantirish kabi masalalar jamiyatimiz oldida turgan vazifalardan bo’lib qoladi. Teletomosha hamda radio tinglash madaniyati, internet, ayniqsa, mobil telefondan foydalanish madaniyati — barchasini umumlashtirib aytganda, axborot madaniyati asri odamlarni chin ma’noda shoshirib qo’ymoqda. Zamonaviy axborot ilmi asoschilaridan bo’lgan mashhur Marshall Maklyuen (Kanada) o’tgan asrning 70-yillarida “Har bir yangi axborot vositasi o’sha zamon kishilarini imtihondan, sinovdan o’tkazadi”, deganida, hali kompyuter, internet, mobil telefon odamzod xayoliga kelmagan edi. Lekin ushbu dono bashorat naqadar to’g’riligini bugungi hayot, turmush tarzi har qadam, har lahzada ko’rsatmoqda, isbotlamoqda. Haqli savol tug’iladi: o’z ixtiyorimizdagi axborot vositalaridan foydalanish madaniyati me’yorlarini nechog’li o’zlashtirganmiz? Ularni amalda qo’llayapmizmi? O’sha jonsiz buyumlar har birimizni imtihondan, sinovdan o’tkazayotganini — fe’l-atvorimizda yangi axborot madaniyatiga ehtiyoj orta borayotganini yetarli darajada his etyapmizmi? Mo’’jizakor axborot vositalaridan zararli maqsadlarda foydalanish, farzandlarimizning noto’g’ri yo’llarga chalg’ishi, oldi-qochdilarga umrni sovurish, ayniqsa, mobil telefon bois kelib chiqayotgan ko’plab noroziliklar, ko’ngilsizliklar bu borada qilinadigan ishlar nihoyatda ko’pligidan darak beradi. Taraqqiy topgan davlatlarda axborot madaniyati (infoetika, mediaetika, mediata’lim va hokazo) alohida fan, alohida muammo, alohida pedagogika, alohida siyosat darajasiga chiqdi. Ilmiy markazlar, olimu mutaxassislar ushbu muammolar tevaragida ixtisoslashgan holda, yuz berayotgan holatni o’rganishmoqda, tahliliy asarlar yaratishyapti. Bu bejiz emas. -Amerikalik olim E. Toffler “Uchinchi to’lqin” asarida “Insoniyat ortda qoldirgan yo’l uch bosqichdan iborat”, degan fikrni ilgari suradi. YA’ni qishloq xo’jaligi, sanoat hamda hozirgi axborot tamaddunlari. Tabiiy savol tug’iladi: xo’sh, keyin-chi? Insoniyat to’rtinchi to’lqin davrini ham boshdan kechiradimi? Unga qanday nom beriladi? Taraqqiyot shiddati bashariyatni qayerlarga olib boradi? O’zimiz yaratgan, erishgan va erishayotgan taraqqiyot cho’qqilarida omon qolish hamda yashash epini topa bilamizmi? Sog’lom aql-idrok va mantiqdan kelib chiqilsa, hozirdanoq to’rtinchi to’lqin axborot odobi, madaniyati tamadduni, deb nomlanishi birdan-bir to’g’ri hamda oqilona chora ekanligini ko’rsatadi. Ha, endilikda odamlarning, oilalarning, milliy qadriyatlarning — insoniyatning rivoji, farog’ati va istiqboli mazkur xaloskor madaniyatga bevosita bog’liq bo’lib qoladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling